Fitratning hayot yoʻli
Abdurauf Fitrat bu ism bizga XX asr oʻzbek madaniyatining eng yorqin
vakillaridan biri ayni paytda u siyosiy arbob ham edi, Turkiston ozodlik harakatining
tan olingan fidokorlaridan, Buxoro inqilobi buyuk nazariyotchisi hamda amaliyotchisi
edi ayni zamon uning barcha orzulari roʻyobiga imkon bermagan fidoyi shaxsni
gavdalantiradi. 1917-yil Rossiya Rus imperiyasi Qizil imperiya bilan almashgach
Toshkentda Bolsheviklar hukumati oʻrnatilgan, Buxoro va Xivada esa qoʻgʻirchoq
hukumatlar tuzildi ushbu hokimiyatni haqiqatga aylantirish maqsadida Abdurauf Fitrat
bir necha yillar mobaynida Nozir, Nozir shoʻrosining oʻrinbosari sifatida maorif
madaniyat sohasida katta ishlarni amalga oshiradi. Oʻsha paytlarda u atrofiga
Choʻlpon, Gʻulom Zafariy, Domla Halim Ibodov kabi isteʼdodlarni toʻpladi. 1921-yili
Buxoroda Turk tili davlat tili deb eʼlon qilindi va xorijiy davlatlar bilan aloqa oʻrnatilib
buxorolik 60 talaba Germaniyagaa oʻqishga yuborildi Sovet hukumati buni kechirmadi
va natijada 1923-yil Abdurauf Fitratni ishdan olib Buxorodan badargʻa qilishdi.
Fitrat 16-17 yoshlaridayoq oʻz sheʼrlari bilan tillarga tushgan edi, u 22 yoshida
Turkiyaga oʻqishga ketib u yerda" Munozara" "Sayyohi hindi" "Sayha""Rahbari najot"
asarlarini aynan shu yerda yozib xalqqa havola qildi. Asarlarda xalq dardi qaygʻusi
bayon etilgan edi. 1914- yilda yurtiga qaytgach matbuot adabiyotga zoʻr berib ijod etdi
"Oila""Abo Muslim" kabi asarlari bilan omma eʼtiboriga tushdi. 1918- yilda
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
647
hukumatga shoʻrolar kelgach Toshkentga kelib atrofida ziyolilarni yigʻib “chigʻatoy
gurungi” nomli jamiyat tuzadi 1920-1030-yillar Buxorodagi faoliyatidan soʻng
Leningraddagi Sharq universitetida professorlik qildi aynan oʻsha yillar Fitrat oʻnlab
kitoblar yuzlab maqolalar yozdi va yangi oʻzbek tilshunoslik ilmiga asos soldi, soʻngra
hukumatda kommunistik tartib oʻrnatilgach jadidchilik taqib ostida qoldi, natijada
Abdurauf Fitrat Samarqandga qochib ketishga majbur boʻldi va yigirmanchi yillar
qatagʻonidan omon qoldi. U Samarqandda pedagogik universiteti hozirgi SamDU da
faoliyat olib bordi. 1937-yil xalq dushmani deb eʼlon qilindi va 1938- yil otib
oʻldiriladi.
METODOLOGIYA
Ushbu maqolani yozishda Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiga doir koʻplab
elektron va yozma manbalar oʻrganilib, tahlil qilindi va mutaxassislar tomonidan
berilgan xulosalar asosida yozildi.
“Abdurauf Fitratning Oʻzbek milliy musiqa sanʼatidagi hizmatlari”
Sanʼatshunoslikka oid xizmatlari esa Fitratning 1921-yildada “Sharqmusiqa”
maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori boʻlgan. Maktabga mumtoz musiqa
bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V.A.Uspenskiy singari
musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab "Shashmaqom" kuylarini
toʻplash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol
va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi V.Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib
nashr etildi. [Shest muzikalnix poem (makom), Buxara M., 1924]. F. “Shashmaqom”,
“Oʻzbek musiqasi toʻgʻrisida” maqolalari va “Oʻzbek klassik musiqasi ham uning
tarixi” (1927) risolasi bilan XX asr oʻzbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.
NATIJA MUHOKAMA
Abdurauf Fitratning musiqashunoslik ilmiga kirib kelishi
Buxoro Kompartiyasining 1923 yil iyun oyi Fitratning ilm yoʻlida qilayotgan
ishlari Buxoro Kompartiyasi tomonidan qoralandi - Ushbu qarorga muvofiq Buxoro
hukumati tarkibidan Fitratning chiqishi, barcha lavozimlardan chetlatilishi va uning
Buxorodan haydalishi Fitratni siyosiy faoliyatiga qaysidir maʼnoda yakun yasadi.
Shundan soʻng Fitrat oʻzini ilmiy hamda oʻqituvchilik faoliyatiga bagʻishladi.
Moskvaga ketgach Lazarev nomidagi institutda (Sharqshunoslik instituti), 20-
yillarning oʻrtalarida esa Toshkentga koʻchib kelgunga qadar (30-yillarning oʻrtalari)
Samarqandda Pedagogika akademiyasida ishlaydi.
Aynan oʻsha davrda Fitratning oʻzbek musiqa sanʼati sohasidagi ishlari
Samarqandda milliy musiqa sanʼatini rivojlantirish va uni ommalashtirish boʻyicha
faol ishlarni amalga oshiradi. Fitratning tashabbusi bilan 1928 - yilda yuqorida aytib
oʻtilganimizdek Musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan boʻlib,
unga birinchi marta (N.N.Mironov direktor etib tayinlanishidan oldin) Fitratning oʻzi
rahbarlik qila boshlaydi. Ayni Abdurauf Fitrat rahbarlik qilgan davrni Institut
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
648
bitiruvchilaridan biri M.Burxonov Fitratning institutdagi oʻqish, imtihonlarda
qatnashganini iliq xotira sifatida eslaydi. Oʻsha davrlarda institutda Oʻzbekistonning
turli viloyatlaridan koʻplab taniqli sozandalar - cholgʻuchilar va xonandalar faoliyat
yuritgan. Abramovskiy bulvaridagi Fitrat uyida esa (sovet davrida - M.Gorkiy bulvari)
sozandalar, yozuvchilar, shoirlar, madaniyat arboblari ishtirokida musiqiy
uchrashuvlar boʻlib oʻtgan. Fitrat boshchiligidagi bunday musiqiy kechalar ham oʻzbek
milliy musiqasining avloddan avlodga saqlanishi uni ommalashtirishga qaratilgan
maqsad yoʻlidagi amallaridan biri edi. Bunday kechalarda asosan milliy cholgʻularda
musiqalar, sheʼrlar yangragan va turli badiiy muammolar muhokama qilingan.
Bunday musiqiy kechalar Fitratning musiqa sanʼati borasidagi ijodiy bilimlarini
yanada yuksaltirib borardi va nihoyat Fitrat 1926-yilda musiqaga oid yagona va yirik
tadqiqoti boʻlmish “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” (“Oʻzbek klassik
musiqasi va uning tarixi”, arab yozuvida oʻzbek tilida, Samarqand-Toshkent, 1927)
kitobni oʻz nihoyasiga yetkazdi. Ushbu kitobda oʻzbek milliy musiqasiga boʻlgan
ehtiyoj uning qadr qimmati va uni millatning qadriyati sifatida qadrlash zarurati,
oʻzbek milliy musiqasining kelib chiqishi haqidagi aniq maʼlumotlar, XX asr musiqa
madaniyati, milliy musiqada paydo boʻlgan yangicha yoʻnalishlar haqida batafsil yozib
qoldirgan edi. Shuningdek kitobda Fitratning tashvishga solayotgan bolshevik balosi
haqidagi fikrlari ham yashiringan edi. Yuqorida keltirilgan sabablar asosida ushbu
kitobni nashr qilinishi ham shubhali edi goʻyo va kutilganidek 30-yillar oxirida kelib
ushbu kitob ilmiy manbalar safidan olib tashlanib, muomaladan butkul chiqarildi.
Uning ushbu kitobi keyinchalik oʻziga qarshi dalil sifatida ishlatiladi, kitobda
millatchilik gʻoyalarini targʻib qilganligi yuzasidan Fitrat ayblanadi.
Fitratning musiqa ilmini oʻrganish yillarida musiqiy kechalardan olgan turli
qarashlarning, ilmiy yondashuvlarning birga butunligi va ular haqidagi erkin
muhokamalar Fitratning musiqa sanʼati gʻoyalarini shakllantirgan edi. Bunday Ijtimoiy
muhitda esa Oʻzbekistonda musiqa madaniyatini yanada rivojlantirishga doir turli
qarashlar shakllangan boʻlib, ular orasida ikkita asosiy yoʻnalishlar aniq ajralib turar
edi. Birinchi yoʻnalish vakillari tarafdorlari sof milliy musiqa anʼanalarini asrab-
avaylash tarafdori boʻlib, bu anʼanalar Yevropa musiqasining aralashuvisiz oʻzining
asl shakllarida rivojlanishi kerak degan gʻoyani ilgari surardi. Ikkinchi yoʻnalish
vakillarining fikricha - anʼanaviy mumtoz va xalq musiqasini, yuqori badiiy qiymatga
ega boʻlgan Yevropa polifonik shakl va janrlarini oʻzlashtirishning asosi deb bilishar
edi. Shu bilan birga, 1931 - yilda Mironov yozganidek, “yuqorida keltirilgan
qarashlarning har biri mavjud boʻlish huquqiga ega va maʼlum bir oʻrta chiziq oʻz-
oʻzidan belgilanadi, goʻyo bu ikkala qarashni birlashtiradi”.
❖ 1920-1930- yillar oraligʻida bu ikki yoʻnalish oʻrtasida ekstremalliklar qarama-
qarshiliklar vujudga kela boshladi. Ammo koʻpchilik ziyolilar orasida lingvistik
pozitsiya tarafdorlari asosiy qisimni tashkil qilar edi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
649
Ammo ushbu qarama qarshiliklar tobora keskinlashib bordi, Oʻzbek ziyolilarning
oʻrtasida ham oʻz anʼanaviy madaniyatiga nisbatan nigilistik pozitsiyani egallagan,
mumtoz musiqaning ichki qadriyatini bilmagan va uni “monofonik ibtidoiy” darajasiga
targʻib qiladiganlar ham koʻpchilikni tashkil qilar edi. “Milliy mumtoz musiqa”
tushunchasining oʻzi sanʼat olami uchun yangicha boʻlib, ushbu tushuncha ilmiy
ishlanmani, maʼlum ijtimoiy "moslashishni" talab qilardi. Hayot tarzi va turmush
tarzida, anʼanaviy madaniyat sohasida boshlangan inqilobiy oʻzgarishlar jarayoni
chalkashlik, noaniqlik va noaniqlik holatini keltirib chiqar edi, bu esa, aftidan, oʻsha
davr musiqa madaniyatining koʻplab vakillariga ogʻirlik qildi. Masalan, 1931-yilda
Oʻzbekiston musiqa madaniyatining atoqli arbobi M.Qori-Yoqubovning maʼruzalarida
tipik kayfiyatlar oʻz ifodasini topgan: “Bugungacha proletar kompozitorlari kadrini
yaratish boʻyicha hech narsa qilinmagan edi. Maorif xalq komissarligida milliy
shovinistlar edi. Milliy yangi musiqa madaniyatini qanday yuksaltirish kerakligi ham
aniq emas. Oʻzbek milliy texnikumida chet el unsurlari oʻqitiladi. Moskva yordam
berishi, musiqa texnikumini munosib darajaga koʻtara oladigan rahbarlar bilan
taʼminlashi kerak. Biz milliy opera yaratishimiz kerak. Nihoyat, Yevropa simfonik
orkestriga oʻtish kerakmi yoki unison bilan cheklanishda davom etishimiz kerakmi, bir
qarorga kelishimiz kerak” kabi fikrlari yaqqol koʻzga tashlanib turadi.
Mana shunday vaziyatda Fitrat kitobida milliy madaniyatning aniq tushunchasi
berilgan va aslida uning taraqqiyotida yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlar orasida oʻrta
chiziqni ifodalagan. Bu mutanosib yoʻnalishdan Oʻzbekistonning partiya va davlat
rahbarlari (A.Ikromov, F.Xoʻjaev va boshqalar) ham manfaatdor edilar. Garchi uning
tushunishida juda muhim tomonlar bor edi. Musiqa madaniyati rivojida Fitrat, uning
tarafdorlari pozitsiyasi va yoʻnalishlar oʻrtasidagi tafovutni aynan ular tashkil qildilar.
❖ Fitrat kitobidagi asosiy nuqta aynan “oʻzbek mumtoz musiqasi”
tushunchasining asoslanishi edi. Lekin oʻtgan davrlar musiqa sanʼati bebaho yodgorlik
yoki yangi musiqa madaniyatini barpo etish uchun material sifatida zarurati terisidagi
qarashlar bir tomonlama emas edi. Uning fikricha bu tabiiy ravishda rivojlanayotgan
milliy musiqa madaniyatining oʻzi, uning poydevori va oʻzagi qanday boʻlsa
shundayligicha saqlash zarur ekanligini taʼkidlangan. Bu milliy madaniy oʻziga
xoslikni targʻib qilishga javob boʻla oldi.
Ushbu tushunchalar asta sekin kirib kela boshladi va vaqt oʻtgach oʻzgarib,
oʻzgarib bordi, uzoq yillar davomida Oʻzbekiston musiqashunosligi va madaniyat
siyosatini egallab oldi. Tabiiyki, sinfiy dunyoqarashning jamiyatda “dastlabki
tarqalishi” davrida, u qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan qattiq choralar davrda
Fitratning qarashlari oʻrinli boʻlib chiqdi. Ular hatto 1930-yillar boshida Oʻzbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Akmal Ikromovning
“Oʻzbekistonda madaniy qurilish” maqolasida (1930-yillar boshlarida) shakllantirgan
ancha muvozanatli va hali ham oʻsha davr uchun nisbatan moslashuvchan partiya
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
650
pozitsiyasiga qarama-qarshi edi. Oʻsha davrda “Izvestiya” gazetasi, 1932 yil 24 avgust
“Musiqa yigʻlaydi, koʻz yoshlari, qaygʻu” nomli maqola chop etildi. Unda bugungi kun
talablariga javob bermaydigan musiqalar va ikki tarafga ajralgan tarafdorlar fikri aks
etgandi. Oʻng tomonda yillar davomida saqlanib kelgan oʻzbek milliy musiqasini
saqlash uni takomillashtirish yoʻllarini izlab millat koʻzgusiga aylantiruvchi
tarafdorlari va bugungi mumtoz musiqa kun talabiga mos emas zerikarli undan
toʻlaqonli voz kechish zarurati toʻgʻrisidagi fikrlarni targʻib etuvchilar haqida
mulohaza keltirilgan edi.
Umuman olganda Oʻzbekiston musiqashunosligida Abdurauf Fitratning kitobiga
munosabat, u toʻgʻrisida mulohaza qilishni alohida bir mavzu sifatida yoritish mumkin.
Sababi 1930-yillardagi "insoniy va ilmiy munosabatlarning fojiali toʻqnashuvlari"
aynan uning Fitrat bilan "kesishuvlarida" aks etgan. Belyaev Fitrat kitobi haqida hali
nashr etilishidan oldin Ouspenskiy xabaridan bilib olgan edi. Fitratning bu kitobi bilan
qiziqib qolgan Belyaev unga bir nechta nusxalarini yuborishni soʻraydi. U bittasini
Angliyaga sharq musiqasi boʻyicha mashhur mutaxassis G.J.Fermer ha yuboradi.
Belyaev rus musiqashunoslari orasida birinchi boʻlib 1920-yillarning oxiridan 30-
yillargacha boʻlgan davrda oʻzining maqola va kitoblarida Fitrat ijodidan faktik
maʼlumotlardan keng foydalanar edi. Bundan tashqari, Ouspenskiy, Mironov va
boshqalar Fitratning musiqa borasidagi kitoblariga murojaat qilishardi. Ammo
Fitratning barcha gʻoyalari Belyaev tomonidan ijobiy qabul qilinmagan. U sof ilmiy
mavzudagi polemikalar bilan bir qatorda, kitobni siyosiy-mafkuraviy nuqtai nazardan
ham tanqid qildi. Shuningdek u “Oʻzbekiston musiqa asboblari” tadqiqotining hali
nashr etilmagan qoʻlyozmasini ham tanqid ostiga olgan. Bu asarning tanqidga uchrashi
va asl nusxasi yoʻq qilinishi sababi Fitratning oʻzbek musiqa sanʼatining mumtoz
merosi va tarixiy oʻtmishi bilan bogʻliq uning kelajak uchun ayrim koʻrsatmalar
keltirilgani sabab boʻlgan, deb taxmin qilish mumkin.
Abdurauf Fitrat ushbu tanqidni Belyaev kitobining qoʻlyozmasini taqrizchi
sifatida oʻqib yoki Sanʼatshunoslik institutida muhokama qilinayotganda bilib oldi. U
Belyaevga boʻlgan qaygʻu va noroziligini shaxsan Uspenskiyga bildirdi. Ouspenskiy
darhol Belyaevga suhbat haqida xabar beradi, u oʻz navbatida doʻstini voqea
allaqachon hal qilinganiga ishontiradi. "Fitratga kelsak, aytishingiz mumkinki, oʻzbek
cholgʻu asboblari haqidagi kitobning soʻnggi nashrida men uning nomini eʼlon qilib,
ilmiy masalalar boʻyicha kichik bir munozara qoldirganman" (Belyaevning 1933 yil 2
martdagi maktubi). Bu savol Uspenskiyni qanchalik xavotirga solganini oʻsha kuni
(1933-yil 2-mart) u Belyaevga yana maktub yoʻllab, Fitrat bilan boʻlgan vaziyatni yana
bir bor esga olgani shundan dalolat beradi:
“Bugun Fitrat men bilan edi, u sizdan uni shovinizm uchun bosma nashrda
yashirishingizni kutmagan edi va Belyaev oʻzining asl qarorini yana tasdiqlaydi: "Men
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
651
sizga Fitrat haqida yozganman, u haqida hamma narsani chop etganman, ilmiy
polemikadan tashqari.”
Haqiqatdan ham, “Oʻzbekiston cholgʻu asboblari” kitobida Fitrat pozitsiyasiga
oid gʻoyaviy gaplar yoʻq, tanqid ilmiy masalalarga qisqartirilib, Mironov qarashlari
bilan uygʻunlashgan edi xolos. Ammo bu borada Belyaev oxirigacha izchil boʻlganmi
yoki yoʻqmi nomaʼlum, chunki oʻsha yilning noyabr oyidagi xatida Ouspenskiy
Fitratning jinoyati haqida yana xabar beradi. Belyaevning javobi shundan dalolat
beradiki, bu davrga kelib Fitrat va uning ilmiy va adabiy faoliyati atrofidagi vaziyat
tahdid xarakterini olgan edi.
Fitrat Belyaevning “Oʻzbekiston cholgʻu asboblari” kitobiga ham oʻz fikrlarini
bildirgan. Biroq, Belyaevdan farqli oʻlaroq, u ular haqida bosma nashrlarda gapirishni
niyat qilmadi, lekin u bilan shaxsiy suhbatda Ouspenskiy orqali muallifga xabar
berishni afzal koʻrdi.
“Fitrat bilan soʻnggi kitobingiz haqida suhbatda cholgʻu asboblari borasida tarixiy
noaniqliklar borligini aytdi, men javob berdimki, bu shu mazmundagi birinchi ish, bu
asarda asosiy eʼtibor faqat tarozilarning nazariy asoslanishiga qaratilgan. asboblar,
boshqa hamma narsa Belyaevga tegishli edi va shubhasiz, sogʻlom va ilmiy asoslangan
tanqid bu masalaga oydinlik kiritadi.” (Belyaevga 1933 yil 25 iyundagi xat).
Shu bilan birga, Fitrat kitobi oʻsha davrda muhim birlamchi manba sifatidagi
qadriyat edi (hali ham saqlanib qolmoqda): u tadqiqotchilarga juda koʻp qimmatli
faktik maʼlumotlar va samarali gʻoyalarni taqdim etgan. Belyaev buni juda yaxshi
tushunardi va shuning uchun, qaysidir maʼnoda chekinishiga majbur boʻldi.
Fitratning muomaladan chiqarilgan kitoblari atrofidagi avj olgan adovat muhiti
haqida u oʻzining 1936 yildagi “Oʻrta Osiyoda milliy musiqa madaniyati
rivojlanishining baʼzi masalalari” nomli dasturiy maqolasida bu haqda gapirib oʻtadi.
Bu oʻrinda eʼtiborli jihati shundaki, Belyaev Fitrat kitobini Oʻzbekistondagi cholgʻu
asboblariga oid tadqiqotlari yoniga qoʻygan va bu haqda ham oʻzini tanqidiy ohangda
fikrlarni keltirgan. Bu "uslub" maʼlum darajada Fitrat kitobiga nisbatan jamoatchilik
muhitida shakllanib qolgan bir maʼnosiz salbiy munosabatni yoʻq qildi. Darhaqiqat,
Belyaev Fitrat kitobiga oʻzbek musiqashunosligida musiqa tarixiga bagʻishlangan
dastlabki asarlardan biri sifatida mutanosib xolis ilmiy baho beradi.
XULOSA
Abdurauf Fitrat umumiy mafkuraviy vaziyat keskinlashganiga va oʻz shaxsiga
boʻlgan munosabat oʻzgarganiga qaramay, musiqashunos Oʻzbekistonda
musiqashunoslik fanining rivojlanishi haqidagi oʻz fikrini saqlab qolishga intiladi.
SSSR Oliy Sudi tomonidan Fitratga oʻlim jazosini berish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror,
1938-yil 5-oktyabrda imzolandi.
Fitrat kitobining ijodiy ishlari Oʻzbekiston musiqashunosligiga qaytishi 1980-
yillarning oʻrtalarida boshlanib, yangi nashri faqat 1993- yilda nashr etilgan.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
652
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1991-yil 25 sentyabrda Fitratga (vafotidan keyin)
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti berildi. Buxoro
shahrida Fitrat bogʻi va muzeyi tashkil etildi. Buxoroda Fitrat haykali oʻrnatilgan.
Respublikadagi bir necha maktab, koʻcha va xoʻjaliklar Fitrat nomi bilan ataldi. Bugun
ham Fitratning ibratli hayoti oʻqtuvchilarda keng qiziqish uygʻotib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |