2.3. Mexanika bo’limiga oid mavzularni pedagogok texnologiyalar asosida o’qitishning metodikasi
FSMU metodi: Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir.
Bu metod talabalar(o’quvchi)ni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.
FSMU metodining umumiy sxemasi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating;
M – ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
“Arximed qonuni” mavzusiga qo’llash:
Dostları ilə paylaş: |