Fizik fakulteti


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə2/23
tarix31.12.2021
ölçüsü200,5 Kb.
#49937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kurs ishi. Shermaxmatov Akbar

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.

Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o’qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalari asosida talabalarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud pedagogik jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan pedagogik ta’lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarini o’zlashtirishga, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlashga yo’naltirishni taqozo etadi.

Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborotkommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi fizika fanini o’qitishda pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, o’quv jarayoniga komp’yuterli o’qitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qo’yadi.

Mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirib kelayotgan zamonaviy komp’yuterlardan foydalanish, elektron darsliklar yaratish, fizika darsi jarayonini virtuallashtirish, o’qitishda virtual va mul’timedia vositalaridan foydalanish, ta’limning virtual bazasini yaratish kabi vazifalarni qo’ymoqda. Pedagogik va innovatsion texnologiyalarning ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyosdir. Fizika darslarida komp’yuter vositalari: mul’timediyalar, virtual laboratoriyalar va virtual ko’rgazmalarning qo’llanilishi dars samaradorligini oshirishning yana bir omili bo’lib xizmat qiladi.

Pedagogik va innovatsion ta’lim jarayonida hozirgacha bo’lgan davrdagi fizika fani bo’yicha yaratilgan elektron qo’llanmalarni tahlil qilgan holda o’quvchilar uchun qulay bo’lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy ko’nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni boyitadigan, o’z-o’zini sinab ko’rish imkoniga ega bo’lgan elektron qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin