Fizik fakulteti



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə8/23
tarix31.12.2021
ölçüsü200,5 Kb.
#49937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Kurs ishi. Shermaxmatov Akbar

Ko’chish. Ko’chish tushunchasi VII sinf fizika kursida birinchi marta o’qitiladi. VI sinfda mexanika elementlarini o’rganishda bosib o’tilgan yo’l tushunchasi kiritiladi. Ko’chish tushunchasini kirita turib uni yo’l uzunligi tushunchasidan aniq ajrata olish kerak.

Ta‘rifga ko’ra, ko’chish-bu harakatlanayotgan jismning oldingi A vaziyati bilan keyingi B vaziyatini tutashtiruvchi yo’naltirilgan vektor. Yo’l uzunligi esa bu harakatlanayotgan jism tarektoriyasining uzunligi. Fizikada vektor kattaliklar va ular ustida amallar bajarish ko’chishdan boshlanadi. O’quvchilar yo’l va ko’chish tushunchalarini mustahkam o’zlashtirib olishlari juda muhim, buning uchun ular yo’l va siljishni aniqlab beruvchi misollardan foydalanishlari lozim.



Tezlik. O’quvchilar tezlik tushunchasi bilan VI sinfda harakatning muhim xarakteristkasi sifatida tanishadilar. Bu tushuncha VII sinfda oydinlashtiriladi va rivojlantiriladi. Tezlik tushunchasini o’rganish o’quvchilardan mavhum fikrlashni talab qiladi. Fizik va matematik tushunchalarni shakllantirish jarayonida bu tushuncha katta rol o’ynaydi. O’quvchilar tomonidan tezlikning to’g’ri tushunilishini, keyinchalik matematik analizning asosiy tushunchalarini shakllantirishda fizikada esa har qanday fizik kattalikning, ya‘ni quvvatdan tortib to elektr va magnit maydonlarining vaqt bo’yicha o’zgarish tezliklarini tushuntirishda katta rol o’ynaydi. Ayni vaqtda, o’quvchilarning politexnik saviyasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun tezlik tushunchasini shakllantirish metodikasi jiddiy e‘tibor talab qiladi. O’quvchilarning kundalik kuzatishdan olgan dastlabki tasavvur-lariga qaramay bu tushunchani shakllantirishda albatta sinfda bajariladigan tajribalar juda zarur. (Masalan, bolalar o’yinchoq aravachalarning tezligini aniqlash). Shundan so’ng mavhum fikrlash borasida dastlabki qadam qo’yilishi mumkin. Masalan quyidagi ikki jismdan qaysi biri katta tezlikda harakatlanadi: 5 sekundda 20 metr yo’l yuradiganimi yoki 2 sekundda 10 metr yo’l yuradiganimi, degan savol berish kerak.

Tezlik tushunchasini shakllantirishda muhim qadam uni birligini aniqlash. Aniq masala yechishda tezlik ya’ni tezlik birligi soatiga necha km bo’ladi. Tezlikni boshqa birliklarda ham ifodalash mumkinligini aniqlashtirib tezlikning asosiy birligi 1 m/s ekanligini aytiladi. Shuningdek, o’quvchilar ongida o’rtacha va oniy tezlik tushunchalarini ham shakllantirish lozim.




Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin