Tinish belgilari va ularning yozma nutqdagi ahamiyati



Yüklə 19,99 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü19,99 Kb.
#147281
TINISH BELGILARI


TINISH BELGILARI VA ULARNING YOZMA NUTQDAGI AHAMIYATI
Yozuv madaniyatini takomillashtirish va savodxonlikni ta’minlashda tinish belgilari alohida ahamiyatga ega. Siz bilasizki, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limi punktuatsiya deb nomlanadi. Tinish belgilari tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir.
NUQTA VA VERGULNING ISHLATILISHI Nuqta o‘zbek tilida, odatda, his-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplar, atov gaplardan so‘ng qo‘yiladi. Vergul uyushiq bo‘laklar, undalmalar, kirish so‘z va birikmalar, ajratilgan bo‘laklar, tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘zlardan keyin qo‘yiladi. Qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida, ko‘chirma gap bilan muallif gapini ajratishda ham vergul qo‘llanadi.
SO‘ROQ VA UNDOV BELGILARINING QO‘LLANISHI So‘roq belgisi so‘roq gaplarning oxiriga qo‘yiladi. Shuningdek, gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga so‘roq belgisi qo‘yilishi mumkin. Undov belgisi kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi. Shuningdek, so‘z boshida kelib, kuchli hishayajon bilan aytilgan undalmalar, ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan aytilganda ham undov belgisidan foydalaniladi. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli hishayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchtagacha undov belgisi qo‘yilishi mumkin.
IKKI NUQTA VA NUQTALI VERGULNING ISHLATILISHI Ikki nuqta shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda, shuningdek, ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapi, uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ishlatiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda, uyushiq bo‘laklar guruhlanib,
o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, nuqtali vergul qo‘llanadi.
TIRE VA QO‘SHTIRNOQNING QO‘LLANISHI Tire dialoglardagi har bir gapning boshida, bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida, uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin, muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida, ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida, zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida ishlatiladi. Shuningdek, ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida ham undan foydalaniladi. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi. Iqtiboslar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kir ma gan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq ichida beriladi. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)larning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifoda lovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.
KO‘P NUQTA VA QAVSNING ISHLATILISHI Kiritma gaplar, remarkalar, izoh ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalari, shuningdek, shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil shakli berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida, matn (jumla) qisqartirilsa; fikr bo‘libbo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa, suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa, tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida ko‘p nuqta ishlatiladi.
Undovlar gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelgandaesa undan oldin vergul qo‘yiladi: Ajabo, sening qismating biznikidan farqli emasmidi? (Isajon Sulton) Voy, muncha ochilib ketibsan! (O.Yoqubov) Shu tobda bir g‘aram bedaning ustiga chiqib cho‘zilsang bormi, oh, buning gashtiga nima yetsin! (Murodjon Mansur) Vaqt-soati yetganga o‘xshayapti, uff! (Xurshid Do‘stmuhammad) Ammo gapda undalmalardan oldin kelgan undovlar odatda undash, murojaatni kuchli darajada ifodalash uchun xizmat qiladi, shuning uchun undalmalar oldidan kelgan undovlardan so‘ng odatda vergul qo‘yilmaydi: Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil. (Furqat) Ey qotil, nega shunday azim terakni nobud qilding? («El desa Navoiyni» kitobidan) Kunlar g‘animat, e og‘a, bu davr-u davron qaytmagay. (Anvar Obidjon) «O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari» kitobidan
Yüklə 19,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin