40
Sonlar va matnlar. Formuladagi hisoblashlarda qatnashayotgan sonlar va
matnlar boshka yacheykalarda joylashgan bo`lishi mumkin bo`lsada,
ularning
ma‘lumotlarini oson almashtirish mumkin. Masalan, Excel boshlang`ich
ma‘lumotlar o`zgartirilsa, formulalarni qayta hisoblab chiqadi.
Formula quyidagi elementlardan ixtiyoriysini o`z ichiga olishi mumkin:
- Operatorlar. Bittadan oshiq operatordan tuzilgan formulani tuzishda Excel
bu operatorlarni tahlil qiladi. Bunda standart matematik qoidalarga asoslanadi.
(Arifmetik amallarni bajarish tartibi saqlanib qoladi)
Exce1da formulalarni hisoblash va bajarish quyidagi tartib asosida amalga
oshiriladi.
Birinchi bo`lib, qavs ichidagi ifodalar qarab chiqiladi. Undan keyin amallar
bajarish tartibi saqlangan xolda operatorlar bajariladi.
Agar formulalarda bir xil tartibli bir necha operatorlar bo`lsa, ular ketma- ket
chapdan o`ngga qarab bajariladi.
Quyidagi jadvalda formulalarda qo`llaniladigan operatorlar bajarilishi tartibi
bilan ko`rsatilgan.
Belgilar
Operatorlar
Bajarilish tartibi
^
Darajaga ko`tarish
1
*
Ko`paytirish
2
/
Bo`lish
2
+
Qo`shish
3
-
Ayirish
3
&
Konkatenatsiya
4
=
Tenglik
5
>
Dan katta
5
<
Dan kichik
5
- Diapozon va yacheykalarga yuborish - kerakli ma‘lumotlarni
saqlovchi
diapozon va yacheykalar nomi yoki manzili ko`rsatiladi: Masalan D10 yoki A8
41
- Sonlar
- Ishchi jadval funksiyalari. Masalan. СУММ
Agar formula yacheykaga kiritilsa, unda yacheykada kiritilgan formula
asosidagi hisob kitob natijasi ko`rinadi. Lekin formulaning o`zi tegishli
yacheyka
faollashtirilsa formulalar qatorida paydo bo`ladi. Formulalar har doim «=» belgisi
bilan boshlanadi. Ushbu belgi yordamida Excel matn va formulalarni farqlaydi.
Yacheykaga formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud.
1.Formulani klaviatura orkali kiritish. «=» belgisini ko`yib, keyin formulalar
kiritiladi. Kiritish paytida belgilar formulalar qatorida, hamda faollashgan
yacheykada
paydo
bo`ladi.
Formulalarni
kiritishda
odatdagi
tahrirlash
tugmalaridan foydalanish mumkin.
2.Yacheykalar manzilini ko`rsatish yo`li bilan formulalar kiritish. Bu usulda
ham formulalar
klaviaturadan kiritish orqali, lekin kamroq foydalangan xolda
amalga oshiriladi. Ushbu usulda yacheykalar manzilini kiritish o`rniga, ular
ko`rsatiladi xolos. Masalan. A3 yacheykaga =A1+A2 formulasini kiritish uchun
quyidagini bajarish kerak
• jadval kursori A3 yacheykaga o`tkaziladi.
• «=» belgisi kiritiladi. Formulalar qatori yonida «kiritish» (Ввод) yozuvi
paydo bo`ladi;
• Sichqoncha ko`rsatkichi A1 yacheykaga olib
boriladi va chap tutmachasi
bosiladi. Natijada yacheyka ajratib ko`rsatiladi, ya‘ni uning atrofida
harakatlanuvchi ramka (Rom) paydo bo`ladi. A2 yacheykasi formulalar qatorida
— A1 yacheyka manzili ko`rinadi. Holat qatorida esa, «Укажыте» (Ko`rsating)
yozuvi paydo bo`ladi;
• «+» belgisi kiritiladi. Natijada harakatlanuvchi rom yo`qolib yana «Ввод»
(Kiritish) so`zi chiqadi;
• Sichqoncha ko`rsatkichini A2 yacheykaga o`tkaziladi
va tugmachasi
bosiladi. Formulaga A2 yacheyka qo`shiladi;
• Enter tugmasini bosish bilan formulani kiritish yakunlanadi.
42
Yacheyka manzilini ko`rsatish usuli klaviatura yordamida kiritish usulidan
oson va tez bajariladi. Formulalarni boshqa ishchi jadvallar yacheykalariga ham
yuborish mumkin, boshqacha aytganda, formulalar bir
necha joyda takrorlanishi
mumkin. Xattoki, boshqa ishchi kitobdagi ishchi jadvallarda ham. Buning uchun
Excelda maxsus yozuv ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: