Fizika -matematika fakulteti



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix10.09.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#142404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash

 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH. 
Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan izchil
siyosat natijasidagi rivojlanish ta‘lim tizimida ham o`qitishning yangi
shakllarni joriy etishni taqoza etmoqda. Shu sababli, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida ta‘lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil etish
hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan
davlatlar tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, har bir mamlakatning dunyodagi
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mavqeini, uning iqtisodiy o`sishda asosiy omili 
bo`lib borayotgan intellektual boyligi ta‘minlamoqda. Bu borada mustaqillik
yillarida mamlakatimizda qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan aholining
intellektual salohiyati ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan 
ekanligi hisobga olgan holda ―Ta‘lim to`g`risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi‖ qabul qilindi.
Jamiyat rivojining yangi shart-sharoitlari axborotlashgan jamiyat talablariga 
javob beruvchi zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan foydalanib, yangi
mutaxassislarni tayyorlashni vazifa qilib qo`ymoqda. Axborot texnologiyalarini
hayotimizning turli jabhalariga keng va jadal kirib borishi axborotlashgan
jamiyatni shakllantirishga zamin yaratmoqda. ―Elektron ta‘lim‖, ―Elektron
hukumat‖, ―Elektron boshqaruv‖, ―Masofaviy ta‘lim‖, ―Ochiq ta‘lim‖,
―Axborotlashgan iqtisodiyot‖ kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi. 
Axborotlashgan jamiyatning tashkiliy-texnologik asosini global informatsion
tarmoq -Internet tashkil etadi. Ana shunday texnologiyalarda biri masofaviy 
o`qitish texnologiyasidir.
Hozirgi kunda turli sohalarda masofali o`qitishga turlicha munosabat
kuzatilmoqda. Masalan, u bugungi kunda korporativ sohada an‘anaviy
treninglarni almashtirishda va ta‘lim sohasida alohida kurslarni o`rganishda
eng ko`p talabalarga ega. 
Yaqin davrlar mobaynida texnologiya taraqqiyot jadal rivojlana boshladi. Bu 
rivojlanish davri qisqa muddatni o‘z ichiga olgan bo‘lsada, lekin bu butun dunyoni 



o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘ldi. Bu dunyoni bir necha yillarga oldinga 
yetakladi. Ushbu rivojlanish o‘z ichiga ko‘plab bo‘limlarni oladi.
Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi ham, insoniyatning rivojlanish 
tarixida erishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib 
kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo‘yicha yig‘ilgan misli ko‘rilmagan 
katta hajmdagi informatsiyalarni insoniyat tomonidan foydalanilishiga imkon 
beradigan va uning intelektual imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko‘taruvchi juda 
ham kuchli vositaga aylandi. 
Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi butun jahonda shov-shuv 
yangilik bo‘lib eng katta kashfiyotga aylandi. Kibernetika va informatika sohasida 
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo‘jaligiga joriy etish maqsadida 1956 
yilda akademik M.T. Urozboev tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 
tarkibida V. I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash 
texnikasi bo‘limi ochildi. Unga V. K. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda 
Respublikamizda ilk bor «Ural-1» rusumli EHM o‘rnatildi. 
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda 
esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining 
ajralmas bir qismi bo‘lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan 
informatsiyalarni, apparat-programma vositalari va usullari yordamida qayta 
ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Bu ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, 
informatika va informatsion texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin. 
O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun 
talay intellektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar Akademiyasi, oliy 
va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, 
aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali xodimlar 
ishlamoqda. 



O‘zbekiston Respublikasining ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish 
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida‖gi PF-3080-
sonli Farmoni 2002 yil 30 mayda ishlab chiqilgan. 
Bugungi kunda Respublika ta'lim muassasalarida minglab kompyuterlar 
mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismini Pentium rusumli zamonaviy kompyuterlar 
tashkil etadi. Bu kompyuterlar zaruriy dasturiy maxsulotlar bilan ta'minlangan. 
Navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida dunyoda mavjud bo`lgan ilg‘or va zamonaviy 
informatsion-pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, ularni o‘quv jarayoniga tadbiq 
etish, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari o‘rtasida 
yagona muassasalarida tayyorlanayotgan elektron darsliklar bilan boyitish kabilar 
belgilangan. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
avtomatlashtirilgan 
axborot 
tizimlarini 
rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyasini rivojlantirish, davlat 
muassasalari va xo‘jalik subektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar 
uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish. 
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta‘lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini 
shakllantirishga ko‘maklashish.
Uchinchidan, Respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga 
ulanishni ta‘minlash. 
Respublikamiz 
mustaqillikka 
erishgandan 
so‘ng 
axborotlarni 
kompyuterlashtirish soxasida juda katta ishlar qilindi. Ijtimoiy xayotning barcha 
soxalarida axborotlar bilan ishlashni jadallashtirish rejalari «Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi» da xam ko‘rsatib o‘tilgan.
Xususan, 1999 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «Ma‘lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon 
axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida» gi qarori qabul 
qilindi. Biroz vaqtdan so‘ng 1999 — 2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasida 



ma‘lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish 
dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida korporativ foydalanuvchilar (vazirliklar 
tarmoqlari, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, maxaliy va mintaqaviy 
boshqarish tizimlari va x.k.) uchun xalqaro milliy mintaqaviy ko‘lamda 
uzatiladigan axborotlar hajmining uzluksiz ko‘payishi, ma‘lumotlarni uzatish 
milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi.
Ma‘lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini vazifalariga quyidagilar kiradi:
• 
Mulkchilik shaklidan qat‘i nazar davlat, jamoat organlari, fuqarolar, 
tashkilotlar, muassasalar, jamoalarning axborotlarga talabini qondirish uchun 
elektron axborot almashishni amalga oshirish.
• 
Respublikada transport-kommunikatsiya asoslarining yagona axborotli 
muxitini yaratish va uning dunyo axborot almashish tizimiga kirishini ta‘minlash.
• 
Respublikada ma‘lumotlarni uzatish provayderlar tarmog‘ining dunyo 
ma‘lumotlarini uzatish tarmog‘iga, jumladan, internetga markazlashgan xolda 
ulanishini ta‘minlash.
• 
Davlat boshqarish va xokimiyat organlarida markazlashgan elektron xujjat 
almashishni ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Ushbu BMIda ―Excel dasturini o`rgatish uchun qo`lanma‖ dasturi tuzilgan, bu 
dasturning qulayligi shundaki, dastur korxona hisob-kitob ishlarini osonlashtiradi 
va ishlashda qulaylik yaratib beradi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin