16
«Добавыть…» - hujjatga yangi varaq qo‘shadi.
«Удалить» – joriy varaqni o‘chiradi.
«Переименовать» – varaq nomini o‘zgartiradi.
«Переместить / скопировать» – joriy varaq nusxasini hosil qiladi.
«Выделить все листы» – hujjatdagi xamma varaqlarni belgilaydi.
Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column) dan iborat.
Qatorlar 1dan 16384gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa
lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , 2, AA, AV, ... , IV) bilan belgilangan.
Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi -
yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi
ma‘lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham
mumkin. Yacheyka- bu ishchi jadvaldagi adresli element bo`lib unda sonli qiymat,
matn va formula turishi mumkin. Yacheyka o`z adresi bilan aniqlangan bo`lib, u
adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo`ladi.
Maydon deb yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi. Maydonning
adresini ko`rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o`ng kataklarining adresini
ikki nuqta bilan ajratib ko`rsatish kerak. Bundan tashqari, Excel dasturi
ma`lumotlar ombori (MO) bilan ishlash, Visual Basic for Applications dasturlash
tilida Makroslar yaratish kabi imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har
tomonlama mukammal bo`lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: