kerak. Undan tashqari quyidagilarga ham e’tibor berish kerak : kvadrat tenglamaning yechimi bo’lgan ikkala ildiz xamma vaqt masalaning shartini qanoatlantirmirmasligi mumkin : grafikni analiz qilish real tartiblarda egri chiziqning chegaralanganligini ko’rsatish mumkin.
Turli bosqichdagi masalalarning yechimining yozganda, o’quvchi masala yechishning borishidagi o’z fikr va maulohazalarini qisqacha bayon qilishi tavsiya etiladi. Bunday yozish masala yechimining dasturiga muvofiq yaxlit ko’rinishda bo’lishi yoki har bir amalga qisqacha tushuntirishlar berish orqali bo’lishi mumkin. Shuning uchun fizika o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarni yechimlari batafsil yozilgan fizikadan ba’zi masalalar to’plami bilan tanishtirib borishdan iboratdir. Bu bilan esa o’quvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmalari shakllanib boradi.