Fizika fanidan 4 referat optik tolali tizimlar Topshirdi: Otajonov a guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Roziqov J


Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari



Yüklə 128,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.10.2023
ölçüsü128,46 Kb.
#160584
növüReferat
1   2   3   4
optik-tolali-tizimlar

1.2. Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari. 
Optik aloqada axborotlarni yorug‘lik yoki optik signallar ko‘rinishida uzatish 
va qayta ishlash amalga oshiriladi[8]. Optik aloqa uchun yorug‘lik nurlanishi va 
to‘lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteriga, shuningdek 
nurlanish hosil qilish imkoniyalariga, undan signal shakllanishiga, yorug‘lik 
to‘lqinini uzatish va qayta ishlashga va nihoyat, axborotga ega signalni qabul 
qilishga bog‘liq.
Optik aloqa tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi 1.1 – rasmda 
keltirilgan. Sxema optik aloqning turlari tolali optik aloqa va ochiq optik aloqa- 
ga xos standart bloklardan (elementlardan) tashkil topgan. 
Axborotlar manbaidan uzluksiz yoki raqamli signallar beriladi. So‘ng 
signallar yorug‘lik oqimi-tashuvchi chastotaning elektromagnit tebranishlarini 
modulyatsiyalaydi. 
Intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalangan optik signalni bevosita 
fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini saqlagan elektr 
signaliga aylantirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotodetektorlash usuli deyiladi. 
Hozirgi kunda optik aloqaning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish 
tizimlari (RUT)dan foydalanilmoqda. Chunki RUT analog uzatish tizimlariga 
qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqinga bardoshliligi, yuqori signalni 
uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog‘liq, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
yuqori va boshqalar. Kanallari chastota bo‘yicha bo‘lingan analog uzatish 
tizimlarining bir qancha kamchiliklari tufayli, ularning optik aloqada qo‘llanilishi 
chegaralangan. 


Vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko‘ra tolali optik aloqa tizimlari 
magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo‘linadi. 
Magistral tolali optik aloqa tizimlari signallarni 1000 km ga, zona tolali optik 
aloqa tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shahar tolali optik aloqa tizimlari 
shahar telefon tarmog‘ini bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Chastota bo‘yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki , signallarni 
bunday qabul qilish hisobiga regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 200 km gacha 
uzayadi va optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi. 
Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyentini
oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri spektr bo‘yicha (to‘lqin bo‘yicha) 
zichlashtirishdir. Bunda har xil tezlikli va raqamli, analog turli modulyatsiyali 
(telefon, televideniye, telemetriya, EXM boshqarish signallari) signallarni uzatish 
imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini 
tashkil etishni ta’minlaydi[10]. 
Optik tolaning spektral o‘tkazish oralig’idan bir muncha to‘liq foydalanish bu 
usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda 0,8....1,8 mkm 
diapazon oralig‘i o‘rganilgan. Agarda spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil 
etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish 
mumkin. 

Yüklə 128,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin