Nazorat ishi mavzusi: Doimiy tok qonunlari
Nazorat shakli: Yozma ish
1. EYuK 12 V bo'lgan batareya ulangan zanjirdagi tok kuchi 2 A va ba`tareya qisqichlaridagi kuchlanish 8 V ekanligi ma'lum bo'lsa, batareyaning ichki qarshiligini hamda zanjirning tashqi qarshiligini aniqlang.
2. Qarshiligi 1000 Ω bo'lgan voltmetrga 500 Ω qo'shimcha qarshilik ketma-ket qilib ulanganda asbobning o'lchash chegarasi qanday o'zgaradi ? Agar u 24 V kuchlanishni o'lchashga mo'ljallangan bo'lsa, endi u bilan qancha kuchlanishni o'lchash mumkin ?
3. Tok manbayining EYuK 2 V. Qisqa tutashuv toki 25 A bo'lishi uchun manbaning ichki qarshiligi qanchaga teng bo'lishi kerak ?
Javoblar: 1.
2.
3. 8 – NAZORAT ISHI SANA______________
Nazorat ishi mavzusi: Turli muhitlarda elektr toki
Nazorat shakli: Test
1. Elektronlar otilib chiqadigan elektrod qanday ataladi ?
A) katod B) kation C) anod D) diod
2. Gapni to'ldiring: " …. larning qizishi tufayli ulardan elektronlarning uchib chiqish hodisasi termoelektron emissiya deb ataladi." A) O'tkazgich B) Dielektrik C) Metallar D) Modda
3. Uch elekrtrodli lampa qanday ataladi ?
A) anod B) diod C) triod D) katod
4. Metall o'tkazgichlar qizdirilganga ularning elektr o'tkazuvchanligi qanday o'zgaradi ?
A) kamayadi B) avvaliga o'zgarmay keyin keskin ortadi
C) ortadi D) avvaliga o'zgarmay keyin keskin kamayadi
5. O'ta o'tkazuvchanlik kim tomonidan kashf etildi ?
A) Kuper B) Bogolyubov C) A-B javoblar to'g'ri D) Kamerling-Onnes
6. O'ta o'tkazgichlarning elektr qarshiligi temperaturaga qanday bog'liq ?
A) temperatura ko'tarilsa, keskin kamayadi B) temperatura ko'tarilsa, chiziqli ortadi
C) temperatura pasaysa, chiziqli kamayadi
D) T=0 ga yaqin temperaturada keskin pasayadi.