3
I. KIRISH
Fizika tabiiy fanlar orasida bilimlarni boshqaruvchi soha bo’lib qoldi.
Fizik
nazariyalar va fizik tekshirish usullari boshqa tabiat fanlari orasida borgan sari kira
boshladi. Shu bilan birga fizika hozirgi zamon texnikasining nazariy, asosiy rolini
o'ynay boshladi. Ko’p sohalar (elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, yadro
energetikasi va shu kabilar) fizik kashfiyotlar asosida paydo bo'ldi. Shu bilan birga
fizikaning tabiatshunoslik sohasi sifatidagi ahamiyati va o'rni belgilanadi.
Fizika asosini fundamental nazariyalar tabiat qonunlari, ilmiy tushunchalarni tashkil
etgan fan hisoblanadi.
Fizika mikroolam va kosmos, zaryadlangan zarrachalar va
elektromagnit maydondan hamda shunga o'xshash xossalarga tegishli eksperimental
dalillarga, hajmi jihatdan ko'p manba, faktlarga tayanadi.
Fizikaning fan sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari fizikaning o'quv predmeti
sifatidagi muhim belgisi va xususiyatini ham aniqlaydi.
O'qitishning maqsadlari fizika kursining tuzilishiga, uning tuzilish elementlarining
o'zaro munosabatlariga va shu bilan birga o'quvchilarda shakllantiradigan fikrlash
uslubiga muhim ta'sir ko'rsatish imkoniyatlari qaraladi. Shuningdek, fizika o'qitish
uslublarining nazariy asoslari va fizikadan o'quv eksperimentlari
turlari va uning
vazifalari, fizikadan masalalar yechish uslublaridan iboratdir. Bu kurs nazariy va
amaliy mashg'ulotlari tarzida amalga oshiriladi.
Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur
integratsiyalashgan iqsodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga
kirgan holda kelajak sari shahdam qadamlar bilan bormoqdamiz.
Bu anchagina
tayyorgarlikni, bilimini , saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz
qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo’lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida
ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir [1].
Bizlarni o’rab turgan borliq Yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir etib
sezgi uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib xisoblanadi. Tabiatdagi jismlar
va bu jismlar tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga har xil
ta‘sirlar ko’rsatib o’zini borligini namoyon etadi.
4
Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini namoyon etib turadi,
moddiy dunyoda yuz berayotgan materiyaning xilma–xil o’zgarishlari
tabiat
hodisalari deb ataladi.
Fizika – tabiat to’g’risidagi fanlaridan biri bo’lib, u tabiat hodisalarini ya‘ni
materiyaning xossalarini, shu o’zgarishlarni ifodalay oladigan qonun va qoidalarni
o’rganadi.
Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shuki, u tabiat qonunlarini jismlar
harakatini o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini
o’rganishda, moddiy olamni idrok
etishda asosan matematika, ximiya, biologiya,
astranomiya fanlarining qonunlaridan foydalanadi.
Tabiat qonunlarining ko’p qismi, moddiy olamni idrok qilish mumkin
bo’lmagan tabiat hodisalarining qator qismi hali ochilmagan.
Moddiy olamnibilishga boshqa fanlar bilan bog’langan ravishda intilish fizika
fanining asosiy xususiyatidir.
Fizika fanini o’rganish insoniyat madaniyatining muhim bir qismi bo’lib
hisoblanadi. Fizika qonunlarini bilish kelajakni oldindan bilishgina emas,
balki
o’tmishda bo’lib o’tgan tabiat hodisalarning sabablarini ochib berishga ham imkon
beradi. Fizika fani ma‘lumotlariga asoslanib tabiatda sodir bo’ladigan har bir
jarayonning sabablari tahlil etiladi. Hozirgi zamon texnikasining yaratilishi,
zamonaviy texnalogik mashinalarning ishlash harakteristikalari fizika faning
qonunlariga asoslanib oldindan loyihalashtirilgan.
Moddiy
olamni idrok etish, Dunyo manzarasini tasavvur eta bilish, tabiat
hodisalaridan foydalana bilish uchun fizika qonunlarini chuqur bilmoh kerak.
Moddiy olam bo’linmas bir butun bo’lib, undagi hamma narsa bir–biriga
bog’liq Fizika kursini o’rganishda uni alohida qismlarga ajratib har bir qismga
tegishli hodisa va qonunlarni sinflarga ajratib o’zlashtirish qulay bo’ladi.
Bunday
hodisalardan biri bu mexanik harakatdir. Fizikaning mexanika bo’limida mexanik
harakatlarning umumiy tavsiflari va ularning sodir bo’lish sabablari o’rganiladi va
harakatdagi jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlash masalasi o’rganiladi [4].