5
II. ASOSIY QISM
2.1. Fizika fanining rivojlanish tarixi
Bizni o’rab turgan makon bepoyon va xilma – xildir. Bu olamdagi – tabiatdagi
har bir hodisa fazo va vaqtda voqelikka aylanadi. Boshqacha aytganda, fazo va
vaqtda ro’y beruvchi har bir narsa hodisadir. Tabiatdagi hodisalar xilma – xil bo’lib,
ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi, ya’ni tabiatdagi barcha moddiy va maydon
ko’rinishidagi borliq – materiya harakat tufayli o’zgarib turadi va bu o’zgarishlar
ma’lum qonuniyatlar asosida ro’y beradi. Materiya o’zgarishining asosi bo’lgan
harakat xilma – xil va doimiydir. Bu qonuniyatlarni o’rganish va aniqlash tabiiy
fanlarning vazifasidir. Jumladan modda va maydon ko’rinishidagi borliq – materiya
harakatiga oid qonuniyatlarni o’rganish fizika fanining asosiy vazifasidir.
Tabiat hodisalari va qonunlarini o’rganish juda qadimdan boshlangan. Tabiat
sirlarini o’rganish asosida insoniyat o’zining turmush sharoitini, yashash
imkoniyatlarini yaxshilab bordi. Natijada tabiat sirlarini o’rganish kundalik
ehtiyojga aylanib qoldi.
Yunonistonda tabiat hodisalarini o’rganish ( fan rivojlanishi ) bilan
tabiatshunoslik fani vujudga keldi. Yunoncha ,, Fyuzis “ so’zi tabiat degan ma’noni
bildiradi. Fizika fani XVIII asrdan boshlab tez rivojlandi. Italiya olimi Galiley
mexanika qonunlarini aniqlagan bo’lsa, ingliz olimi Nyuton bu qonunlarni uzil –
kesil ta’riflab berdi. XVIII asrga kelib sanoat, transport, texnika rivojlandi va issiqlik
hodisalarini o’rganish asosida molekulyar fizika – termodinamika fani rivoj topdi.
XVIII asr ohiri XIX asr boshlariga kelib, elektr hodisalari kashf qilina
boshlandi va elektromagnetizm nazariyasiga asos solindi. Hozirgi atom asri,
kosmonavtika, kibernetika asrida fizika fani yutuqlarini birma – bir sanab berish
juda qiyin.
1954- yili dunyoda birinchi marta atom elektrostantsiya ishga tushirildi. 1957-
yili birinchi marta Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirildi. 1961- yili jahonda birinchi
marta inson kosmosga parvoz qildi. 1970- yili astronavtlar Oyga borib qaytishdi.
Hozirgi vaqtda termoyadro energiyasidan yaqin yillar ichida foydalanishning real
tadqiqotlari amalga oshmoqda.
6
Tabiat qanday va nimalardan tuzilganligi haqidagi savol har doim dolzarb
masala bo’lib kelgan. Hozirgi zamon fani tabiatni elementar zarralar – yadro – atom
– molekula – makrojism – planeta – yulduzlar – Olam ko’rinishida tasavvur qiladi
va tabiat ma;lum qonuniyatli bog’lanishga ega bo’lgan , masalan , elementar zarralar
yanada kichik zarralardan, yadro proton va neytronlardan, atom yadro va
elektronlardan,
makrojism
atom
va
molekulalardan,
Quyosh
sistemasi
planetalardan, Galaktika yulduzlardan, Olam galaktialardan tuzilgan deb hisoblaydi.
Inson faqat makrojism ( gaz, suyuq, qattiq ) jismlar bilan muomalada muloqotda
bo’ladi. Lekin mikro va makro olamdagi hodisalarning borishini ham kuzatishlar,
tekshirishlar, izlanishlar bilan o’rganib boradi.
Fizika tabiat qonunlarini, tabiat hodisalarini o’rganar ekan bosqichma –
bosqich, masalan, dastlab mexanik harakatlar (planetalar harakati), issiqlik
hodisalari, (molekulalar harakati), jism xossalari qanday, atom, yadro va elementar
zarralar (mikroolam) qanday tuzilgan, nimalardan tuzilgan degan savollarga javob
oladi.
Zarralar, yadrolar, atomlar, makro jismlar va Olamni tashkil qilgan har bir
sistemani o’zi ham bir butunlikni ta’minlovchi asosiy o’zaro ta’sirga ega. Hozirgi
vaqtda bunday asosiy o’zaro ta’sirlarni tabiatda 4 xil bo’lishini aniqlagan. Bundan
tashqari tabiat ikki xil ko’rinishda modda va maydon ko’rinishida bo’lishligini
aniqlagan bo’lib, tabiat faqat moddiy borliq – moddiy jism va maydon ko’rinishida
namoyon bo’ladi.
Tabiatning eng muhim ajralmas xususiyati fazo va vaqt (makon va zamon)
hisoblanadi. Tabiat biz yashayotgan dunyoni faqat uch o’lchovli fazo va bir
o’lchovli vaqt ko’rinishida tanlab olgan bo’lsa, ajab emas. Fizika fanining
muhimligiga sabab, u materiya harakatining eng sodda shakllaridan tortib eng
umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Tabiatni bilishda biz sezgi organlarimizga
asoslanamiz. Bu sezgi organlarimiz orqali obyektiv dunyoni bilishga harakat
qilamiz.
Fizika fanining o’rganish obyekti materiya harakatidir. Materiya, harakat
umuman olganda falsafiy tushunchalardir. Materiya – sezgi organlarimizga ta’sir
7
etib, sezgi uyg’otadi, bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan obyektiv reallikdir.
Harakat umuman o’zgarishdir. Harakat materiyaning yashash shaklidir. Harakatning
eng sodda shakli mexanik harakatdir. Fizika eng oddiy mexanik harakatdan tortib
murakkab harakat shakllari, atom ichki dunyosigacha bo’lgan harakat ko’rinishidagi
o’zgarishlarni o’rganadi.
Mexanik harakat deb, jism va jism qismlarining ko’chishiga aytiladi. Bunday
ko’chish albatta biror jismga nisbatan sodir bo’ladi. Shning uchun jism harakatini
tekshirishda bu jism harakatini biror harakatsiz jismga nisbatan hisoblash haqida
shartlashib olishimiz kerak. Bunday harakatsiz jism bilan bog’langan ihtiyoriy
koordinatalar sistemasini sanoq sistemasi deb olishimiz mumkin. Amalda ko’pincha
shunday sanoq sistemasi sifatida Dekart koordinatalar sistemasi ishlatiladi. Jism
harakatini tekshirish uchun umuman olganda, birinchidan, unga nisbatan biron
harakatsiz jism – sanoq sistemasi bilan berilgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan,
harakatdagi jism bilan harakatsiz deb olingan jism orasidagi masofani o’lchash
usuliga – masshtabga ega bo’lishimiz kerak. Uchinchidan, harakatning
davomiyligini o’lchash usuliga – vaqtni o’lchash usuliga ega bo’lishimiz kerak.
Fanning rivojlanishida tajriba muhim ahamiyatga ega. O’tkazilgan tajriba
(kuzatishlar, eksperiment, amaliyot) yordamida tabiat hodisalarining ma’lum bir
sohasi bo’yicha juda ko’p ma’lumotlar yig’iladi, to’planadi. Bu ma’lumotlar,
bilimlar asosida ilmiy tahmini (gipoteza) yaratiladi. Agar farazlar to’g’riligi yangi
tajribalarda tasdiqlansa, nazariya vujudga keladi. Bu nazariya esa hodisalarni yagona
nuqtayi nazardan, ham sifat jihatdan, ham miqdor jihatdan to’g’ri tushuntiriladi,
ba’zi hodisalarni oldindan aytib beradi.
Tabiat hodisalarini o’rganish jarayonini soddalashtirish uchun bu hodisalarni
o’zida tahminan to’g’ri aks ettiruvchi aniq tasviri, nusxasi, modeli yaratiladi.
Modellardan foydalanib, nazariya juda ko’p hodisalarni to’g’ri tushuntiradi.
Fizikada ana shunday modellardan juda ko’p foydalaniladi. Masalan: moddiy nuqta,
mutlaq qattiq jism, elastik sharcha, mutloq qora jism va hokazolar.
Agar jism deformatsiya hisobga olinmasa, ya’ni deformatsiyalanmaydigan
jism mutloq qattiq jism deyilad. Bizga ma’lumki mutloq deformatsiyalanmaydigan
8
jism tabiatda yo’q. Lekin unga yaqin bo’lgan jismlar mavjud. Bazan jism harakatini
tekshirishda uning o’lchami hisobga olinmaydi. O’lchami hisobga olinmaydigan
jism moddiy nuqta deyiladi. Masalan, snaryad harakatini tekshirishda uni moddiy
nuqta deb hisoblash mumkin. Lekin snaryad harakati umuman olganda porox
sifatiga, miqdoriga, to’p tuzilishiga, snaryad o’lchamiga, shakliga, havo
qarshiligiga, snaryadni o’z o’qi atrofida aylanishiga va boshqalarga bog’liq. Yerning
o’z o’qi atrofida harakatini kuzatishda uni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin
emas. Quyosh atrofidagi harakatida Yerni moddiy nuqta deyishimiz mumkin.
Miqdoriy ifodalanishi mumkin bo’lgan fizik tushuncha kattalik deyiladi, ya’ni
materiyaning fizik xossalarini tavsiyalovchi kattaliklar fiizik kattaliklar deyiladi.
Masalan: vaqt, uzunlik, tezlik, tok kuchi va hokazo.
Fizik hodisalarni va ulardagi qonuniyatlarni o’rganish hamda ulardan
texnikada va hayotda foydalanish jarayonida fizik kattaliklarni o’lchash zaruriyati
tug’iladi.
Umuman fizik kattalilar o’lchov birligini tanlash mumkin ahamiyatga ega
bo’lib, (bu birliklarni ihtiyoriy qabul qilish mumkin) dastlab fransuz olimlari taklif
qilgan o’lchov sistemasiga asosan asosiy birliklar sifatida metr, kilogramm, sekund
qabul qilindi.
Biror kattalikni o’lchash bu shartli ravishda birlik qilib olingan jismga,
masalan, etalon – na’muna deb olingan jismga berilgan jismni taqqoslash,
solishtirishdir. Boshqacha aytganda, o’lchash deb o’lchanilishi kerak bo’lgan
kattalikda u bilan bir jisnli va birlik deb olingan kattalik necha marta borligini
aniqlashdan iboratdir. Bunda etalon qilib olingan jism o’lchov birligi deyiladi [2].
Dostları ilə paylaş: |