«fizika» kafedrasi «UMUMIY KIMYO VA fizika»


LABORATORIYA ISHLARINI O`TKAZISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO`YICHA



Yüklə 43,8 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü43,8 Kb.
#208883
1   2   3
Техника хавфсизлиги

LABORATORIYA ISHLARINI O`TKAZISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO`YICHA QISQACHA QOIDALAR
Talaba laboratoriya ishini bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak:

  1. Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, saranjomlikka, tinchlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.

  2. Mashg’ulot paytida talaba yakka o`zi tajriba o`tkazish mumkin emas.

  3. Tajribani o`qituvchining ijozati bilan boshlash lozim.

  4. Har bir laboratoriya ishi uchun lozim bo`lgan o’lchagich va asboblar shu ishga tegishli joyda bo`lishi kerak.

  5. Laboratoriya ishini bajarishda elektr quvvati zarur bo`lganda undan foydalanish qoidalariga amal qilish lozim.

  6. Har bir laboratoriya ishiga tegishli qurilma, asboblar laborant va o`qituvchi tomonidan tekshirilishi kerak.

  7. Har bir talaba o`ziga topshirilib bajarilishi lozim bo`lgan ish yonida bo`lishi kerak.

  8. Tajriba ishi tugatilgandan so`ng talaba olingan natijalarni o`qituvchiga ko`rsatishi shart va laboratoriya ishiga tegishli bo`lgan asbob va buyumlarni laboratoriya o’qituvchisiga topshirishi kerak.



LABORATORIYA XONASIDA DARSLARNING O`TKAZILISH TARTIBI

Laboratoriyada ishlash uchun talaba mustaqil holda asosiy darslik, ma`ruza materiallari va laboratoriya ishlari uchun belgilangan qo’llanmalardan foydalanib, tayyorgarlik ko`radi.


Ishni boshlashdan oldin talaba o`qituvchiga ish tartibini va shu ishga doir nazariy ma`lumotlarni aytib berishi kerak. Talabaning javobi qoniqarli deb topilgach, o`qituvchi unga tajribani bajarishga ruxsat beradi. Laboratoriya ishi uchun alohida laboratoriya daftari va o`qituvchining jurnali tutiladi. Daftarga tajriba davomida olingan ish natijalari o`z vaqtida qayd qilinib boriladi. Laboratoriya daftari asosan quyidagi tartibda tutiladi:
a) mashg’ulot o`tkazilgan kun,ishning tartib raqami va uning nomi;
b) laboratoriya ishiga ta`luqli qisqacha nazariy qismi;
v) laboratoriya ishni bajarishning qiskacha tafsiloti;
g) ish bajariladigan qurilmaning chizmasi;
d) topiladigan fizik kattalikning formulasi;
g) olingan natijalar jadvalda qayd qilingan bo`lishi kerak.
Barcha o`lchashlar etarlicha yuqori aniqlikda o`tkazilib,tajriba natijalarini oxirigacha hisoblab, o`qituvchiga ko`rsatiladi va o`qituvchi o`z jurnaliga hamda talaba daftariga tegishli belgini qo`yadi.
K I R I SH
Tabiat qonunlarini, tabiatda sodir bo`ladigan turli-tuman hodisalarni, garchi ularning tabiati xilma-xil bo`lsada (mexanika, elektr va atom-fizikasi) bu ko`rilgan hodisalarini fizika fani o`rganadi.
Bu fanni o`rganishning turli uslublari (ma`ruza, amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlari) mavjuddir.
Asosiy o`qitish usullaridan biri bo`lgan laboratoriya mashg’ulotlarida:
1.Talabada nazariyaning to`g’riligiga ishonch hosil qilinadi.
2.Talaba turli laboratoriya o`lchov asboblari bilan tanishib, ularning tuzilishini, ishlash jarayonini o`rganadi.
3.Bajariladigan laboratoriya ishining mohiyatini bilgan holda shu ishni o`lchov asboblari yordamida bajarishga hamda qanday natija olishni o`rganadi.
4.Talabada tajriba o`tkazish ko`nikmasi hosil qilinadi.
Berilgan laboratoriya ishini bajarish asosida talaba fizik jarayon, hodisalar, qonuniyatlar va ularni xarakterlaydigan fizik kattaliklar to`g’risida tasavvurga ega bo`ladi.



Yüklə 43,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin