Fizika-matematika fakulteti “fizika o’qitish metodikasi’’



Yüklə 197,18 Kb.
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü197,18 Kb.
#116501
1   2   3   4
dilnur kurs ishi

2.O’tilganlarni eslash
1) Elektr yoy razryadi qanday hosil qilinadi?
2) Elektr yoy razryadidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
3) Uchqun razryad qanday hosil qilinadi?
4) Tabiatda chaqmoq qanday hosil bo’ladi?
5) Uchqun razryaddan qandya maqsadlarda foydalaniladi?
6) Miltillama razryad qanday hosil qilinadi?
3. Yangi mavzu bayoni:
So'ngra, magnit strelkasi, doimiy magnitlar bilan tajriba namoyishlar ko'rsatiladi.Bu tajribalar darslikdagi rasmlarda keltirilgan.
Doimiy magnitlarning temir va uning birikmalari bilan ham ta'sirlashishlari ko'rsatib o'tiladi.
Magnit strelkasini doimiy ravishda shimoliy tomonga qarab turishini namoyish qilib, o'quvchilarga savol tashlanadi.
Nima sababdan magnit strelkasi bir tomonga qarab turadi?
O'quvchilar boshlang'ich geografiya kursi, tabiatshunoslik fanlaridan magnitlar haqida qisman eshitganliklari sababli, Yerning ulkan magnit ekanligiunda ham Shimoliy va Janubiy qutblari borligi aytiladi. Darslikda bu qutblarning geografik koordinatalari keltirilgan.
Yerning magnit qutb­lari, geografik qutblari bilan ustma-ust tushmasligi aytiladi.
«Magnit» so'zi Kichik Osiyodagi qadimiy Magnesiya shahri nomidan kelib chiqqan.Bu yerda topilgan temirni tortuvchi toshni «magnesiya toshi» deb atashgan.
Buyuk yurtdoshimizAbu Rayhon Beruniy (973-1047) o'z asarlarida magnitni “Ohanrabo” - “temirni tortuvchi”- deb atagan. Beruniy qum aralash oltin zarralari orasidan temir zarralarini ajratib olishda magnitdan foydalanilishi haqida yozib qoldirgan. U magnitning bir xil nomli qutblari o'zaro itarilishi, turli qutblari esa tortilishi, magnitga ishqalangan po'lat ham magnitlanib qolishini tajriba orqali asoslab bergan.
Hozirgi paytda elektrotexnika va radiotexnikada, asosan, sun'iy magnitlar qo'llaniladi.
Tabiiy magnit uzoq vaqt ta'sir ettirilganda magnitlangan po'lat boiaklarisun’iу magnitlardeb ataladi.
Sun'iy magnitlarning xossalari tabiiy magnitlarning xossalari kabi bo'ladi. Tabiiy va sun'iy magnitlarning barchasi doimiy magnitlardir.
O'zining magnitlangan holatini uzoq vaqt yo'qotmaydigan jismdoimiy magnit yoki oddiygina qilib magnit deb ataladi.

Yüklə 197,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin