Isbot. 1-xossaga ko`ra berilgan aylana inversiya aylanasini (2-xossa asosida) o`z-o`ziga akslanuvchi A va B nuqtalarda kesib o`tadi. Inversiya markazi O va A nuqtadan OA to`g`ri chiziq o`tkazamiz. Agar A nuqta OA va aylanalarning yagona umumiy nuqtasi bo`lmasa, ularning yana qandaydir D umumiy nuqtasi mavjud bo`lib, D nuqtaning obrazi D/ nuqtasida ham kesishishi kerak bo`ladi. Ammo to`g`ri chiziq va aylana uchta umumiy nuqtaga ega bo`la olmaydi. Demak, A nuqta aylana va OA to`g`ri chiziqning yagona umumiy nuqtasi bo`ladi va OA to`g`ri chiziq aylanaga A nuqtada urinar ekan.
2-chizma
Inversiya puakare modelida siljitish vazifasini bajaradi. Shuning uchun model mohiyatini o`rganish uchun inversion yasashga doir masalalarni bilish muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |