Fizika-matematika fakulteti



Yüklə 279 Kb.
səhifə2/12
tarix22.06.2020
ölçüsü279 Kb.
#32139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Lobachevskiy geometriyasi


Yechish. Izlanayotgan aylana markazi aylananing markazi O nuqtadan AB to`g`ri chiziqqa tushirilgan perpendikulyar va OA to`g`ri chiziqqa A nuqtasidan o`tkazilgan perpendikulyarlar kesishgan nuqtada bo`ladi (1-chizma). Agar perpendikulyarlar kesishsa yechim yagona bo`ladi. Yechimga ega bo`lmaydigan holat bu A va B nuqtalar diametral qarama-qarshi nuqtalar bo`lganida ya`ni AB to`g`ri chiziqning o`zi berilgan aylanaga ortogonal bo`lgan hollar tushuniladi.

2-masala. aylana va bu aylana tashqarisida O1 nuqta berilgan. O1 markazli va berilgan aylanaga orthogonal aylana o`tkazing.

Yechish. A nuqta OO1 diametrli aylananing berilgan aylana bilan kesishgan nuqtalaridan biri bo`lsin. U holda (O1,│O1A│) – aylana izlangan aylana bo`ladi.

Puankare modelini o`rganishda iversiya va uning xossalarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.


2.2. Inversiya va inversion almashtirishlar
(O,r) inversiya deb (yoki O markazli r radiusli aylanaga nisbatan simmetriya) tekislikning istalgan M nuqtasiga OM nurda yotuvchi va

shartni qanoatlantiruvchi M/ nuqtani mos keltiruvchi almashtirishga aytiladi. O - nuqta inversiya markazi (tekislikda obrazi aniqlanmagan yagona nuqta), r - inversiya radiusi, (O,r) – inversiya aylanasi deyiladi.



Inversiyaning asosiy xossalari:

  1. aylana ichidagi nuqtalar aylana tashqarisidagi nuqtalarga va aksincha aylana tashqarisidagi nuqtalar aylana ichidagi nuqtalarga akslanadi;

  2. inversiya aylanasiga tegishli nuqtalar o`z-o`ziga akslanadi;

  3. inversiya markazidan o`tuvchi to`gri chiziq oz-oziga akslanadi;

  4. inversiya markazidan o`tuvchi aylana to`g`ri chiziqqa akslanadi;

  5. inversiya markazidan o`tmagan aylana aylanaga akslanadi;

  6. inversiyada chiziqlar orasidagi burchak kattaligi saqlanadi;

  7. inversiya tekislikdagi boshqa simmetriyalar singari uni ikki marta bajarish bilan ayniy almashtirishga aylanadi.

Yuqorida aytib o`tilgan xossalar isboti to`g`ridan-to`g`ri hosil qilinadi. Bu xossalar isboti pedagogika oliy o`quv yurtlari Geometriya kursida o`rganiladi.

  1. istalgan inversiya aylanasiga ortogonal aylana o`z-o`ziga akslanadi.

Yüklə 279 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin