O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
guliston davlat universiteti
Fizika-matematika fakulteti
fizika kafedrasi
Mirzaeva Barchinoyning 5140200-“Fizika” ta’lim
yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
“ YaRIMO’TKAZGIChLI FOTOELEMENTLARDAN MUQOBIL ENERGIYa MANBALARI SIFATIDA FOYDALANISh“
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi
Raxbar: Dots.Risboev T.,
fizika matematika fanlari nomzodi.
Fizika kafedrasinig _______ yig’ilishi bilan
himoyaga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri: katta o’qituvchi Davlatov O’.T.
fizika matematika fanlari nomzodi.
Guliston – 2018 y.
M U N D A R I J A
K I R I Sh
ASOSIY QISM,
1-BOB. YaRIMO’TKAZGIChLAR VA ULAR ASOSIDAGI QUYoSh FOTOELEMENTLARI TO’G’RISIDA UMUMIY TUShUNChALAR.
1-§. Yarimo’tkazgichli kristallarning optik va elektrik xususiyatlari.
2-§. Yarimo’tkazgichli quyosh fotoelementlari va ularning tuzilishi.
11-BOB. QUYoSh FOTOELEMENTLARINING XARAKTERISTIKALARI.
1-§. Quyosh fotoelementining voltamper xarakteristikasi..
2-§. Quyosh fotoelementining foydali ish koeffitsienti
111-BOB. SAMARADORLIGI YuQORI BO’LGAN QUYoSh FOTOELEMENTLARI.
1-§. Kremniy asosidagi qori samarali QFE lari.
2-§. Kremniy asosida yupka qatlamli QFE tayyorlash usullari.
3-§ Quyosh elementlari tayyorlashda ishlatiladigan materiallar.
4-§. Geteroo’tishlar asosidagi quyosh fotoelementlari.
IV-BOB. QUYoSh FOTOELEKTRIK BATAREYaLARI VA ULARNI TAYYoRLASh TEXNOLOGIYaSI
1-§ Fotoelektrik batareya tushunchasi.
2-§. Quyosh batareyalarining quvvatini hisoblash.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
K I R I Sh
Mavzuning dolbzarbligi. Quyosh elementlari (QE), batareyalari va fotoelektrik qo’rilmalar xaqidagi bugungi tushunchalar tarixan 40 yillar oldin paydo bo’lib, so’nggi 10-15 yil davomida ular energiya manba’i sifatida xalq xo’jaligiga va oddiy kishilar turmushiga kirib keldi.
Hozir yarimo’tkazgichlar qo’llanilmaydigan soha topilmaydi. Yarimo’tkazgichlardan tayyorlangan asboblar endilikda avtomatika, radioelektronika, televideniya, kompyuter texnikasi kabi turmushimizning ravnaqi va muhtashamligini belgilab berayotgan sohalardagi ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Yarimo’tkazgich asboblar ishlatilgan va qishloq xo’jaligida temperaturani aniq o’lchashda, tuproqning namligini aniqlashda, o’simlik va hayvonlarning eng muhim xususiyatlarini baholashda va boshqa ishlarni bajarishga yaroqli qurilmalardan foydalanish ko’lami kengayib bormoqda.
Yarimo’tkazgichlardan tayyorlangan fotoelementlar (quyosh batereyalari) quyoshdan kelayotgan yorug’lik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib borishiga imkon tug’dirgan bo’lsa, termoelementlar (termogeneratorlar) quyoshning issiqlik energiyasi hisobiga elektr energiyasi olishga yordam bermoqda. Ular atrof-muhitni ifloslantirmay, zahiralari tugab borayotgan qazilma boyliklardan olinayotgan yonilg’ilardan foydalanmasdan, tuzilishi jihatidan sodda bo’lgan elektr energiyasi manbalari hisoblanadi.
Bu qo’rilmalarning ishlash mohiyati yarimo’tkazgichli materiallarda quyosh nurlanishining yutilishi va uning natijasida hosil bo’lgan zaryad juftliklarining yarimo’tkazgichda hosil qilingan potentsial to’siqlarda ajratilishi va tashqi elektr zanjiriga uzatilish jarayonlariga asoslangan.
Maazuning ilmiy yangiligi shundaki, hozirgi paytda quyosh energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish masalalari jahondagi deyarlik barcha davlatlarning kundalik ish rejalariga kiritilmoqda. Bu borada aniq dasturli vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Prezidentining 1 mart 2013 yilda “ Muqobil energiya vositalaridan foydalanishni rivojlantirish to’g’risidagi ” Farmoni e’lon qilindi. Bu farmonda muqobil energiya vositalari, shu jumladan, kuyosh energiyasidan foydalanish zarurati va bu borada bajariladigan ishlar ko’lami ko’rsatib berilgan. Shu bilan birga bu farmonda Toshkentda Xalqora “ Quyosh instituti” tashkil etilishi va bu institutda muqobil energiya vositalaridan foydalanish masalalarini nazariy, ham amaliy bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan. Shu jihatdan olganda qtsyosh fotoelementlarining imkoniyatlarini o’rganish borasida olib borilgan har qanday tadqiqot ishi muhim ahamiyatga ega bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: |