Universal grafika - Windows dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys - Windowsda foylalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOSning barcha amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.
Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
Mavjud operativ xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati - Windows mavjud operativ xotiradan to’la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi.
Ma’lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatlariga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki DDE (ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.