D - Darcha nomi Ye - Darchaning ish maydoni
J - Darcha hoshiyalari Z - Kichraytirish tugmasi
I - Kattaltirish tugmasi K – Sichqoncha belgisi
M - Gorizontal o’tkazgich N - Vertikal o’tkazgich
Sistemali menyu - darcha o’lchamlarini o’zgartirish, joyni almashtirish, yopish va masalalar ro’yxatiga o’tish imkonini beradi.
Sarlavxa satrida - dastur yoki xujjat nomi sistemali menyu, kichraytirish-kattalashtirish tugmachalari joylashadi. Agar ekranda bir necha darcha bo’lsa, joriy darcha sarlavo’a satri rangi va tusi bilan farqlanadi.
Darcha nomi - uning turiga bog’liq bo’lib, dastur yoki xujjat nomi, guruh, katalog nomidan iborat bo’lishi mumkin. Agar xujjat xotiraga yozilmagan bo’lsa, odatda unda «Bez imeni» (nomsiz) yozuvi turadi.
Menyu satrida mavjud menyu ro’yxati keltiriladi. Odatda dasturlar Fayl, Pravka yoki Redaktirovaniye (taxrirlagich), ? yoki Spravka (Yordam yoki ko’rsatma) va boshqa maxsus menyularga ega.
O’tkazgich-xujjatning darchaga sig’magan qismlarini ko’rish imkonini beradi.
Kichraytirish va kattalashtirish tugmalari yordamida joriy darcha o’lchamini piktogrammaga kichraytirish yoki yoyish mumkin.
Darcha xoshiyasi - darchaning tashki cheti. Uning yordamida darchani eniga yoki bo’yiga kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin.
Darcha burchagi - darcha yuzasini kichraytiradi va kattalashtiradi.
Darchaning ish maydoni - ekranning dastur ishlayotgan qismi.
Kursor - ayni daqiqada ishlash mumkin bo’lgan joyni ko’rsatadi. Belgilangan joyga matn kiritiladi yoki rasm chiziladi.