Fanning maqsad va vazifalari Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.
Metrologiya va standartizasiya fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi: Talabalar “Metrologiya va standartizasiya” fanini o’rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:
- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish.
- o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o’rganish.
- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va mukammal bilib olish
- Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish
- Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish.
- Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash
- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish
Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak.
Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart.
O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish soќalari va o’lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak.
Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak.
Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak.