Fizika ta’lim yo’nalishida “Lazerlar” mavzusini o’qitish metodikasini takomillashtirish



Yüklə 348,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.09.2022
ölçüsü348,54 Kb.
#63594
1   2   3   4
3577-Article Text-7056-1-10-20220528

3+
, samariy, uran U, neodim Nd
3+ 
va boshqa elementlardan tuzilgan lazerlar 
kiradi. Rubin (yoqut) lazerda 0, 05% gacha xrom Cr
3- 
ionlari qo’shilgan alyuminiy 
oksid Al
2
O

dan tayyorlangan kristall ishlatiladi (1-rasm). Lazerlarda asoslari parallel 
bo’lgan silindrik sterjen ishlatiladi. Impulsli lampadan chiquvchi yorug’lik faol 
muhitda tebranish hosil qiladi. Lazer nurlanishini hosil qilishda bir nechaming 
joulgacha energiyali zaryadlangan kondensatorlar batareyasi lampa orqali 
razryadlanadi. Lampa qisqa muddatlar yorug’lik oqimi bilan yoqut o’qini yoritadi. 
Impulsli lampaning kuchli yorug’lik oqimi yoqutga tushganda, xrom ionlari lampadan 
chiqayotgan nuolanish spektrining yashil va sariq qismlarini yutib, “uyg’ongan” 
holatga, ya’ni uchinchi energetik sathga o’tadi. Xrom ionlari qisqa vaqt turgach
spontan holda nurlanishsiz ikkinchi (metastabil) holatga o’tadi. bu nurlanishga tayyor 
faol muhitni hosil qiladi.
2-Rasm. Yarim o’tkazgichli lazer. 
p,n- yarim o’tkazgichli diod. Lampa nurlanishidan turtki olib, lazer nurlanishi 
hosil qilinadi. Lazerning nurlanish quvvati 2 Kvtgacha etadi. Uning foydali ish 
koeffitsienti 0, 1-10% ni tashkil etadi. Suyuqlikli lazerlar organik bo’yagichlar 
eritmasida ishlaydigan lazerlardir. Bu lazerlarda “optik tazyiq” ni yoqutli lazer yoki 
neodim shishali lazer bajaradi (2-rasm). Gazli lazerlarda faol muhit sof gaz yoki gazlar 
aralashmasidan iborat bo’ladi. Geliy-neonli lazer bunga misol bo’la oladi (3-rasm). 
Gaz arlashmasi elektr razryadi bilan “uyg’ongan” holatga keltiriladi. Bu lazer 
rezonatori gazli nay o’qiga tik joylashtiriladi. Bu lazer nurlanishi λ= 0,633 mkm 
bo’lgan kogerent to’lqindir yoki λ= 1,15 mkm infraqizil nurni generatsiyalaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1342


3-Rasm. 
4-Rasm. 
Yarimo’tkazgichli lazerlarda faol muhit p-n o’tishli yarimo’tkaz-gichdir. Yarim 
o’tkazgichli lazerlarda faol muhit optiq tazyiq va elektr toki ta’sirida uyg’ongan 
holatga keltiriladi. Yarimo’tkazgichli diod qalinligi 0, 1 mm va yuzasi bir necha mm
2
bo’lgan kristall plastinkadan iborat (4-rasm). Plastinkaning ikki tomoniga elektrodlar 
ulanadi. Bu lazerlar nurlanish diapazoni infraqizildan ultrabinafshagacha bo’lishi 
mumkin. Bu lazerlar tuzilishi sodda, o’lchamlari kichik va uzoq vaqt davomida 
ishlaydi. Ionli va kimyoviy lazerlar ham gazli lazerlar hisoblanadi. Ionli lazerlarda faol 
muhit ionlar bo’lsa, kimyoviy lazerlarda esa kimyoviy reaksiya natijasida uyg’ongan 
holatga o’tgan atomlar bo’ladi 
Lazerlarning boshqa sohalarda qo’llanilishi. Lazer nuri energiyasini fazoda va 
vaqt bo’yicha to’plash mumkinligi, maʼlum spektral intervalda yig’ishning mumkinligi 
ularni: 
❖ Impuls va uzluksiz rejimda turli moddalar bilan o’zaro ta’sirini, amalga 
oshirish ( lazer texnologiyasi, lazer termoyadro sintezi, lazer spektroskopiyasi ); 
❖ Atom, molekula, ionlar va molekulyar sistemalarga tanlab ta’sir etishi 
fotoionizatsiya, fotoximik reaksiya, keltirib chiqarish lazer ximiyasida va lazer nurida 
elementlar izotoplarni ajratishlarda qo’llaniladi. 
❖ Moddalarga energiya kirishtishda energiya kiritilgan joyning aniqligi 
(lokalizatsiya) miqdoriy aniqligi, yorug’lik nurining sof ekanligi lazer nuriga xosdir. 
❖ Lazerlar texnologik jarayonlarda (metallarni kesish, qayta ishlash, 
payvandlash, eritish) da keng qo’llanilmoqda. Bu jarayonlarda katta quvvatli gaz 
lazerlaridan foydalaniladi.
❖ Metallurgiyada vakuumda va boshqariladigan gazli muhitda o’ta toza metallar 
olishga imkon beradi. Nuqtaviy (svarka) payvandlash ishlarida qattiq jismli lazerlar 
qo’llaniladi. 
❖ O’ta qisqa impulsli lazer nurlanishlari tez sodir bo’luvchi o’zgarishlarni 
o’rganishda va tezkor fotografiyada qo’llaniladi.
❖ Lazer meditsinada diagnostikada va davolashda keng qo’llanilmoqda. 
Lazerlardan ko’z va teri kasalliklarida, qonsiz xirurgik jarrohlik ishlarida samarali 
foydalanilmoqda. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1343


O’ta stabil lazerlar chastotalar optik standartining asosidir, lazer seysmografi, 
gravimetrlar, aniq fizik priborlar asosi hisoblanadilar. Chastotasini o’zgartirib 
sozlanadigan lazerlar (bo’yoq moddali lazerlar) spektroskopiyada inqilobiy 
o’zgarishga olib keldi. Ular spektroskopiyada ajrata olish qobiliyatini kuchaytirishga, 
usullar sezgirligini orttirishga asos bo’lib, xatto alohida atom spektrini olishga imkon 
yaratdilar (lazer spektroskopiyasi, nochiziqli spektroskopiya va boshqalar). Lazer 
lokatorlar atmosfera turli qatlamlarida ifloslanishni aniqlash va ularni bartaraf etish va 
boshqarishga yordam beradi, ta’sir tezligini aniqlash, atmosfera harorati va tarkibini 
o’rganish imkonini beradi. Sayyoralarning lazer lokatsiyasi tortishish doimiysi 
ahamiyatini aniqlashtirdi, kosmik navigatsiyani yuqori darajaga olib chiqdi. Merkuriy 
planetalari aylanish tezligini o’lchash va ular sirtini o’rganish imkonini berdi. Lazer 
lokatsiyasi Oy va Venera xarakteristikasini aniqlashtirdi. Ilgari olingan astronomik 
natijalar bilan taqqoslab, natijalarni to’g’riligini ta’minladi. Lazerning paydo bo’lishi 
fizikaning "Chiziqli bo’lmagan optika”, "Golografiya" va boshqa bo’limlarini keltirib 
chiqardi. Boshqariluvchi termoyadro reaksiyasini lazerdan foydalanib amalga oshirish 
ishlari kuchaytirildi. Lazer (kvant) giroskopi amalga oshirildi. Lazer nurlanishi qishloq 
xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishida, geologik izlanishlarda, avtomatik 
boshqaruv ishlarida, sanoatda avtomatik nazorat ishlarida ( detallarni sanash ), jismlar 
sirtini shikastsiz nazorat qilishda keng qo’llanilmoqda. 
Lazer texnikasining O’zbekistonda rivojlanishi Lazer fizikasi va texnikasining 
rivojlanishiga O’zbekiston olimlari ham salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar. Xususan, 
O’zRFA ning" Akademasbob" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida nochiziqli optika 
bo’yicha boshlangan fundamental tadqiqotlar; sobiq Issiqlik fizikasi bo’limida lazer 
sistemalarini va qurilmalarini yaratish uchun zarur bo’lgan yangi materiallarni tadqiq 
qilish; sobiq Elektronika institutida lazer nurlarining qattiq jism sirti bilan ta’sirin 
o’rganish; O’zbekiston Milliy universitetida lazer nurlanishini qayd etish, tasvirlarni 
qayta tiklash, ma’lumotlarni golografik yozishning yangi usullarini ishlab chiqish va 
takomillashtirish; sobiq Yadro fizikasi institutida lazer plazmasi va ko’pzaryadli ionlar 
emissiyasida yuzaga keladigan jarayonlarni o’rganish kabi juda ko’pyo’nalishlar 
bo’yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy texnologik ishlar olib borilmoqda. Olimlar tomonidan 
erishilgan yutuqlar xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga tadbiq etilib, ham moddiy, ham 
ma’naviy foyda keltirmoqda. Jumladan, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik 
zavodi, Toshkent instrumental zavodi, toshkent motor zavodi, toshkent kabel zavodi 
va shu kabi ishlab chiqarish tashkilotlarida lazer texnologiyalari po’lat materiallarni 
kesish va payvandlash, mahsulotni markalash va prezitsion (yuqori darajada aniq) 
ishlov berish, ishlab chiqarishni to’htatmagan holda kabel qobig’iga kerakli 
ma’lumotni qayd etuvchi tamg’a bosish, elektron sanoat korxonalarida elektron 
detallarni me’yoriga etkazish va xokazo maqsadlarda foydalaniladi. "Lidar" deb 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1344


nomlangan maxsus lazer qurilma vositasida bizning mintaqamizda atrof - muhit 
tozaligi nazorat qilinadi; jarroh va jarroh - oftalmolog qo’lida lazerlar.
Xulosa. Lazerlar mavzusini o’qitishda taqdimotlar multimedialar kichikroq lazer 
qurilmalari, lazer ko’rsatgichlari va lazerlarning tuzulishi ishlatish to’g’risidagi 
videoroliklardan foydalanish mumkin. Ularning internetdagi saytlarini tushintirish va 
ko’rsatish imkoni bor. Lazeerlarning qo’llanish sohalari bo’yicha rus nhgliz tillarida 
materiallarni keltirish mumkin. Bu materiallardan ma’ruza davomida o’rinli 
foydalanilsa mashgulotlarning sifati va samaradorligi oshadi. 

Yüklə 348,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin