He gazlari arlashmasi qo’llaniladigan lazer (1960 y), neodim Nd 3+ ionlari qo’shilgan
silikat shisha qo’llanilgan lazer (1961y), yarimo’tkazgich birikma kalsiy-mishyakli
CaAs kristallari qo’llanilgan lazer (1962 y), anorganik suyuqlikdagi neodim eritmasi
selenoksixlorid SeOCl
2
va organik bo’yoq eritmalari ishlatiladigan lazerlar (1966 y)
yaratildi. 1974 yilga kelib faol moddalar (lazer materiallar) soni 200 ga etgan edi. Har
xil aralashmalar qo’shilgan ion kristallar eng katta lazer materiallari guruhini tashkil
etadi. Tartibsiz ichki tuzilishga ega bo’lgan lazer shishalar shisha hosil qiluvchi
komponentalar va faol aralashmalar sifatida olingan ionlardan iborat bo’ladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1340
yarimo’tkazgichli lazer materiallar A II B VII va A III B V birikmali kristallardan iborat
bo’ladi. Ularda ishchi elementi qalinligi 0,1 mkm bo’lgan p-n o’tish bo’lib, o’lchamlari
1x1x0,2 mm li plastinka ko’rinishda tayyorlanadi (1, 2 - rasm).
Demak, faol muhitga bog’liq holda lazerlarning:
➢
Qattiq jismli
➢
Suyuqlikli (kimyoviy)
➢
Gazli
➢
Yarimo’tkazgichli
➢
Bo’yoq moddali
turlarga ajratish mumkin.
Lazerlarningishlash prinsipida faol moddaning atom tuzili-shi juda muhimdir.
Muhit atomlarining qo’zg’algan (g’alayonlangan) holatida, metastabil holatida yoki
g’alayonlangan holatda “uzoq vaqt turish” hususiyati bo’lishi zarur. Atomlar o’z
tuzilishiga qarab biror “turtki”siz 10 -7 -10 -9 sekund metastabil holatda bo’ladilar. Oddiy
muhitdan yorug’lik o’tsa u yutiladi va intensivligi kamayadi. faol muhitda esa
yorug’lik tarqalishida u kuchayishi va intensivligini ortishi kuzatiladi. Bunday
muhitlarfaol yoki zarralarning energetik sathlar bo’yicha inversli (teskari) muhit
deyiladi. Optik kvant generatori (OKG) yoki lazer faol muhit, qo’zg’atuvchi
(tebrantiruvchi) qurilma va rezonatordan iborat bo’ladi. Faol muhit turiga qarab lazer
qurilmalari qattiq jismli, suyuqlikli, gazli, yarimo’tkazgichli va bo’yoq moddali
lazerlar ko’rinishida bo’ladi. Muhitni g’alayonlangan (uyg’ongan, qo’zg’algan)
holatga keltirish (aktivlashtirish) qo’zg’atuvchi qurilma yordamida “qo’zg’otib”
amalga oshiriladi. Qattiq jismli lazerlarda qo’zg’atish yoki “optik tazyiq” kuchli
yorug’lik yordamida bajariladi. Gazli lazerlar elektr razryadi (uchqun) dan
foydalaniladi. yarimo’tkazgichli lazerlar faol muhit ishchi qismi p-n o’tish orqali
elektronlar oqimi (elektr toki) ni o’tkazishga asoslanib ishlaydi. Invers bandli muhit
nurlanishi intensivligini oshirishda rezonatorlar (ikkita yaqin shaffof ko’zgular) dan
foydalaniladi. Tarqalayotgan fotonlarning faol muhit orqali ko’p marta o’tishi
rezonator yordamida amalga oshiriladi. Lazerlarda ular tutib qoluvchi va
kuchaytiruvchi vazifasini bajaradi. Lazerlarning ish jarayonini 3 yoki 4 sathli modelda
ko’rsatish mumkin. Uch sathli generatorlarda “lazer nurlanish” elektronlarning invers
joylashishi asosida sath bilan “uyg’ongan” sathlarning birortasi orasida, to’rt sathli
generatorlarda esa ikkita “uyg’ongan” sathlar orasida ro’y beradi. Uch sathli sxema
bilan ishlaydigan lazerlarga yoqut (rubin) lazeri.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1341
1-Rasm. Yoqutli lazer.
Optik resonator (impulsli yorug’lik manbai) misol bo’la oladi. Bu guruhga kirgan
xrom Cr