3-Rasm.
4-Rasm.
Yarimo’tkazgichli lazerlarda faol muhit p-n o’tishli yarimo’tkaz-gichdir. Yarim
o’tkazgichli lazerlarda faol muhit optiq tazyiq va elektr toki ta’sirida uyg’ongan
holatga keltiriladi. Yarimo’tkazgichli diod qalinligi 0, 1 mm va yuzasi bir necha mm
2
bo’lgan kristall plastinkadan iborat (4-rasm). Plastinkaning ikki tomoniga elektrodlar
ulanadi. Bu lazerlar nurlanish diapazoni infraqizildan ultrabinafshagacha bo’lishi
mumkin.
Bu lazerlar tuzilishi sodda, o’lchamlari kichik va uzoq vaqt davomida
ishlaydi. Ionli va kimyoviy lazerlar ham gazli lazerlar hisoblanadi. Ionli lazerlarda faol
muhit ionlar bo’lsa, kimyoviy lazerlarda esa kimyoviy reaksiya natijasida uyg’ongan
holatga o’tgan atomlar bo’ladi
Lazerlarning boshqa sohalarda qo’llanilishi. Lazer nuri energiyasini fazoda va
vaqt bo’yicha to’plash mumkinligi, maʼlum spektral intervalda yig’ishning mumkinligi
ularni:
❖ Impuls va uzluksiz rejimda turli moddalar bilan o’zaro ta’sirini, amalga
oshirish ( lazer texnologiyasi, lazer termoyadro sintezi, lazer spektroskopiyasi );
❖ Atom, molekula, ionlar va molekulyar sistemalarga tanlab ta’sir etishi
fotoionizatsiya, fotoximik reaksiya, keltirib chiqarish lazer ximiyasida va lazer nurida
elementlar izotoplarni ajratishlarda qo’llaniladi.
❖ Moddalarga energiya kirishtishda energiya
kiritilgan joyning aniqligi
(lokalizatsiya) miqdoriy aniqligi, yorug’lik nurining sof ekanligi lazer nuriga xosdir.
❖ Lazerlar texnologik jarayonlarda (metallarni kesish, qayta ishlash,
payvandlash, eritish) da keng qo’llanilmoqda. Bu jarayonlarda katta quvvatli gaz
lazerlaridan foydalaniladi.
❖ Metallurgiyada vakuumda va boshqariladigan gazli muhitda o’ta toza metallar
olishga imkon beradi. Nuqtaviy (svarka) payvandlash ishlarida qattiq jismli lazerlar
qo’llaniladi.
❖ O’ta qisqa impulsli lazer nurlanishlari tez sodir bo’luvchi o’zgarishlarni
o’rganishda va tezkor fotografiyada qo’llaniladi.
❖ Lazer meditsinada diagnostikada va davolashda keng qo’llanilmoqda.
Lazerlardan ko’z va teri kasalliklarida, qonsiz xirurgik jarrohlik ishlarida samarali
foydalanilmoqda.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1343
O’ta stabil lazerlar chastotalar
optik standartining asosidir, lazer seysmografi,
gravimetrlar, aniq fizik priborlar asosi hisoblanadilar. Chastotasini o’zgartirib
sozlanadigan lazerlar (bo’yoq moddali lazerlar) spektroskopiyada inqilobiy
o’zgarishga olib keldi. Ular spektroskopiyada ajrata olish qobiliyatini kuchaytirishga,
usullar sezgirligini orttirishga asos bo’lib, xatto alohida atom spektrini olishga imkon
yaratdilar (lazer spektroskopiyasi, nochiziqli spektroskopiya va boshqalar). Lazer
lokatorlar atmosfera turli qatlamlarida ifloslanishni aniqlash va ularni bartaraf etish va
boshqarishga yordam beradi, ta’sir
tezligini aniqlash, atmosfera harorati va tarkibini
o’rganish imkonini beradi. Sayyoralarning lazer lokatsiyasi tortishish doimiysi
ahamiyatini aniqlashtirdi, kosmik navigatsiyani yuqori darajaga olib chiqdi. Merkuriy
planetalari aylanish tezligini o’lchash va ular sirtini o’rganish imkonini berdi. Lazer
lokatsiyasi Oy va Venera xarakteristikasini aniqlashtirdi. Ilgari olingan astronomik
natijalar bilan taqqoslab, natijalarni to’g’riligini ta’minladi. Lazerning paydo bo’lishi
fizikaning "Chiziqli bo’lmagan optika”, "Golografiya" va boshqa bo’limlarini keltirib
chiqardi. Boshqariluvchi termoyadro reaksiyasini lazerdan foydalanib amalga oshirish
ishlari kuchaytirildi. Lazer (kvant) giroskopi amalga oshirildi. Lazer nurlanishi qishloq
xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishida,
geologik izlanishlarda, avtomatik
boshqaruv ishlarida, sanoatda avtomatik nazorat ishlarida ( detallarni sanash ), jismlar
sirtini shikastsiz nazorat qilishda keng qo’llanilmoqda.
Lazer texnikasining O’zbekistonda rivojlanishi Lazer fizikasi va texnikasining
rivojlanishiga O’zbekiston olimlari ham salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar. Xususan,
O’zRFA ning" Akademasbob" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida nochiziqli optika
bo’yicha boshlangan fundamental tadqiqotlar; sobiq Issiqlik fizikasi bo’limida lazer
sistemalarini va qurilmalarini yaratish uchun zarur bo’lgan yangi materiallarni tadqiq
qilish; sobiq Elektronika institutida lazer nurlarining qattiq jism sirti bilan ta’sirin
o’rganish; O’zbekiston Milliy universitetida lazer nurlanishini qayd etish,
tasvirlarni
qayta tiklash, ma’lumotlarni golografik yozishning yangi usullarini ishlab chiqish va
takomillashtirish; sobiq Yadro fizikasi institutida lazer plazmasi va ko’pzaryadli ionlar
emissiyasida yuzaga keladigan jarayonlarni o’rganish kabi juda ko’pyo’nalishlar
bo’yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy texnologik ishlar olib borilmoqda. Olimlar tomonidan
erishilgan yutuqlar xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga tadbiq etilib, ham moddiy, ham
ma’naviy foyda keltirmoqda. Jumladan, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik
zavodi, Toshkent instrumental zavodi, toshkent motor zavodi, toshkent kabel zavodi
va shu kabi ishlab chiqarish tashkilotlarida lazer texnologiyalari po’lat
materiallarni
kesish va payvandlash, mahsulotni markalash va prezitsion (yuqori darajada aniq)
ishlov berish, ishlab chiqarishni to’htatmagan holda kabel qobig’iga kerakli
ma’lumotni qayd etuvchi tamg’a bosish, elektron sanoat korxonalarida elektron
detallarni me’yoriga etkazish va xokazo maqsadlarda foydalaniladi. "Lidar" deb
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1344
nomlangan maxsus lazer qurilma vositasida bizning mintaqamizda atrof - muhit
tozaligi nazorat qilinadi; jarroh va jarroh - oftalmolog qo’lida lazerlar.
Xulosa. Lazerlar mavzusini o’qitishda taqdimotlar multimedialar kichikroq lazer
qurilmalari, lazer ko’rsatgichlari va lazerlarning tuzulishi ishlatish to’g’risidagi
videoroliklardan foydalanish mumkin. Ularning internetdagi saytlarini tushintirish va
ko’rsatish imkoni bor. Lazeerlarning qo’llanish sohalari bo’yicha rus nhgliz tillarida
materiallarni keltirish mumkin. Bu materiallardan ma’ruza davomida o’rinli
foydalanilsa mashgulotlarning sifati va samaradorligi oshadi.
Dostları ilə paylaş: