Saylov huquqining demokratik asoslari. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o’z oldiga insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini qo’ydi va bu vazifa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasigada e’lon qilindi. Konstitutsiya O’zbekiston- suveren demokratik respublika ekanligini, O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishini, ularga ko’ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini mustahkamlab qo’ydi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Konstitutsiyada fuqarolarning asosiy siyosiy huquqlaridan biri sifatida fuqorolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi nazarda tutilgan. Chunonchi, Konstitutsiyaning 32-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini- o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashlik etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab aytganidek, “ Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani.Demokratiya- saylov degani”. Shu sababli saylovlarsiz demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tasavvur qilib bo’lmaydi. Saylov-bu fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlarini, shakllantirishdagi ishtirokini ta’minlovchi huquqiy vositadir. Saylov xalqning irodasini ifoda etish shaklidir, uning natijasida davlat hokimiyatining vakillik organlari shakllanadi. Saylov huquqining demokratik ekanligini va erkinligi yangidan shakllantirilgan davlat hokiyati vakillik organlari faoliyati sifatini yaxshilashga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Saylov huquqi har bir davlatda uning tarixiy an’analari, siyosiy tizim xarakteri, elektorat xulqi va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan o’z xususiyatlariga ega. Shu bilan birga, demokratik davlatlarda saylov huquqi xalqaro-huquqiy hujjatlarda ifodalangan va umume’tirof etilgan printsiplarga asoslanadi. Ular qatoriga saylov huquqining umumiyligi va tengligi, yashirin ovoz- berish va boshqalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi saylov huquqining asoslarini belgilab beradi. Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasining o’n sakki yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadir. Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi bo’lish mumkin. Qaraqalpog’iton Republikasi Jo’qorg’i Kengesi deputatlari uchun yigirma besh yoshga to’lganlik , xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashilari deputatlari uchun esa yigirma bir yoshga to’lganlik talab etiladi.
Sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo’l qo’yilmaydi. Saylov umumiy, teng va to’g’ridan –to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida saylovlar ko’p partiviylik qoida amalga oshiriladi.Chunonchi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat bo’ladi.Qonunchilik palatasining bir yuz ellik deputatdan iborat bo’ladi.Qonunchilik palatasining bir yuz o’ttiz besh deputati hududiy bir manfaatli saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida saylanadi.
Qonunchilik palatasining o’n besh deputati O’zbekiston Ekologik harakatidan saylanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’I Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Qaraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda- olti kishidan saylanadi.
Saylov huquqining kafolatlari tizimini yaratish alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda bu kafolatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, konstitutsiyaviy qonunlarda va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, ovoz berish huquqi, o’z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Konstitutsiyaning mazkur normasini tatbiq etish maqsadida 1994-yil 5-mayda “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari haqidagi qoidalari rivojlantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “ Avvolo, fuqarolarimiz va saylovchilarimiz va saylovchilarimizning o’z fikri va e’tiborini, xohish irodasini bildirishlari uchun erkinlik va yana bir bor erkinlik hukmronligini, ommaviy axborot vositalari va kuzatuvchilikga o’z huquq va burchlarini amalga oshirishda zarur imkoniyatlarni, ta’minlash va yashirin ovoz berish sharoitini yaratib berishni, muxtasar aytganda, demokratik norma va andozalarga so’zsiz rioya qilishni hayotining o’zi bizdan talab etmoqda”.
2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “ Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsiplari va normalari asosida inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash hamda siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha javxalarini izchil erkinlashtirishni milliy qonunchilikni takomillashtirishga doir ishlarning asosiga qo’yilgan asosiy printsiplar, deb e’lon qildi. O’zbekiston Respublikasida saylovchilar o’z xohish- irodasini erkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga egadir. Ayrim mamlakatlarda (Avstraliya, Belgiya, Gretiya) saylovlarda ishtirok etish majburiydir, ya’ni fuqarolar saylovda ishtirok etmaganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Mamlakatimizda uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga xohish-irodalarini erkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar. Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 to’ladigan, tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turganO’zbekiston Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro’yxatiga kiritilish huquqiga egadirlar. Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosiga saylovchilar ro’yhati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati ta’minlanadi. Saylovchilar ro’yxatidagi xato va noaniqliklar to’g’risida saylov komissiyalariga arz qilish huquqiga ega. Uchastka saylov komissiyasi yigirma to’rt soat ichida bunday arizani ko’rib chiqishi hamda xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi tarzda rad etilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma berishi shart.Butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik asosida o’tkaziladi. Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastlarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to’g’risidagi, shuningdek, deputatlikka nomzodlarni ro’yhatga olish, ovoz berish, va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda e’lon qilinadi. Saylovchilar saylovda ishtirok etayodgan siyosiy partiyalar va ayrim nomzodlarning kelgusi faoliyat dasturi bilan tanishish huquqiga egadirlar.
Saylov kuni o’z turar joyida bo’lish imkonmiyatiniga ega bo’lmagan saylovchilar oldinroq ovoz berish huquqiga egadirlar. Bunday hollarda tegishli uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga ko’ra, belgilangan shaklda bo’lgan, deputatlikka nomzodlar to’g’risida tegishli ma’lumotlar qayd etilgan saylov varaqlarini beradi. Salomatligining holati yoki boshqa sabablarga ko’ra ovoz berish binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov kommisiyasiga tegishli iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega. Komissiya ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shart.O’zbekston fuqarolar saylov huquqlari kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiqligi ta’minlangan.Bunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro- huquqiy hujjatlari alohida o’rin egallaydi. Masalan, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga muvofiq, xalq irodasi davlat hokimiyatining yashirin ovoz berish yo’li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar voitasida o’tkazilgan saylovlarda o’z shaxsini topishi lozim. Shunday qilib, O’zbekiston Republikasida amal qilayotgan saylov huquqining demokratik asoslari erkin va demokratik saylovlarning mustahkam poydevor bo’lib, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etish huquqini amalga oshirishdag xizmat qildi va mamlakatning asosiy maqsadiga erishish demokratik huquqiy davlat , kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgandir.