“Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida nimalarni
bilasiz?
Uch bosqichli sport o‘yinlari o‘tkazilishidan maqsad nima?
Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlarni sanang.
Tarixiy xotiraning tiklanishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy- siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshir- masdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko‘rdi
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish negizida sodir bo‘ladi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550- yilligi keng nishonlandi. Bu to‘y- ga respublikada katta tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta ma- daniyat bayramiga aylandi
Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi,
Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy
merosi o‘rganilib, ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.