Fizika-texnika fakulteti


Fizika o‘qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 108,29 Kb.
səhifə6/21
tarix24.02.2022
ölçüsü108,29 Kb.
#53071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
00 20.13 Abdurayimova Madina F.O\'.M dan kurs ishi

Fizika o‘qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish — asosiy tushunchalar, qonunlar va nazariyalar bilan tanishtirish; o‘quvchilar ongida bizni o‘rab turgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; asosiy tabiiy ilmiy qidirish metodlari bilan tanishtirish.

  2. Materialni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning xoli ralarini boyitish bilan birga ularning ijodiy qobiliyallarini ham rivojlantirish.

  3. O‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashlarini shakllanlirish,

  4. Fizika asoslarini o‘qitish jarayonida o'quvchilarni tar biyalab borish: g‘oyaviy-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalmilal, ahloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshi rish.

  5. O‘quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish.

Bulaming birortasini ham bir-biridan ajratgan holda hal qilib bo‘lmaydi. Ular hammasi o‘qitish jarayonida kompleks holda amalga oshiriladi. Fizik bilimlami mustahkamlash orqali o'quvchining dialektik-materialistik tafakkurlari rivojlanadi, ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi, politexnik ta’lim amalga oshadi.

Fizika darslarida o'quvchilar ongida dunyoni bilish mumkinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri; dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi; tabiatdagi hodisalar bir-biriga bog‘langanligi; moddiy dunyo hossalarining bitmas-tuganmasligi, bilish jarayonining chegarasiz ekanligi tushuntirib boriladi. Bu esa ularning dunyoqarashlarini to‘g‘ri shakllantirish demakdir.

O'quvchilar moddalaming atom va molekulalardan tuzilganligini o'rganish bilan birga materiyaning ikkinchi ko‘rinishi — maydon haqidagi tushuncha bilan ham tanishadilar.

Butun fizika kursi davomida materiya o‘zaro bog‘langan ikki ko‘rinishda, ya'ni modda va maydon ko‘rinishida namoyon bo'lishini ko‘rsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilar ongida to‘g‘ri shakllantirishda modda va maydonning umumiy xossalarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga egadir.



  1. Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham, «modda» ham «maydon» zarralarini xarakterlaydi.

  2. Korpuskulyar-to‘lqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taalluqlidir. Korpuskulyar va to‘lqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristikasidir.

  3. Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi maydon zarralari ham modda zarralariga aylanadi.

  4. Har ikkala ko‘rinishdagi zarralar barqaror bo‘lishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bo‘lishlari ham mumkin.

O‘quvchilar diqqatini modda zarralari maydon yordamida turli strukturali sistemalar (M:atom, molekula, makro qism...) hosil qilishiga qaratilmog‘i lozim. Modda strukturasini maydonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zarralar o‘zaro maydon orqali ta'sirlashadi.

O‘qituvchi fizika darslarida turli harakatlarni sekin-asta o‘rgatib borishi orqali o‘quvchilami harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi.

Maktabda avval o‘quvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekular harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektromagnit induksiya hodisasini o‘rganish vaqtida mexanik harakat (o‘tkazgichning magnit maydondagi harakati) bilan elektronlar harakati orasidagi bog‘lanishga va elektromagnit maydonning hosil bo‘lishiga o‘quvchilar diqqatini jalb qilmoq lozim.

Harakatning yo‘qolmasligi energiyaning saqlanish va aylanish qonunida o‘z ifodasini topadi. Energiya haqidagi boshlang‘ich tushunchalar 6-sinfda beriladi. Elektr hodisalarini o'rganish jarayonida o'quvchilar uchun yangi bo‘lgan harakatning va unga mos energiyaning aylanishi to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘rib chiqiladi. Bu yerda harakatning (energiyaning) yangi ko‘rinishlarga o‘tishiga ahamiyat berish lozim.

Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning sodir bo'lish sabablari va rivojlanish qonuniyatlari tushuntirib boriladi. Masalan: deformatsiyaning sababi jismlarning o‘zaro ta'siridir. Elektr zaryadining harakati (sabab) magnit maydonini hosil qiladi (oqibat).

Hodisalar orasidagi bog‘lanishlar haqida o‘quvchilar aniq tasavvur hosil qilishlari uchun ularning diqqati hodisalar orasidagi muhim bog‘lanishlarni qidirib topishga qaratilmog'i lozim. Bunda faqat fizik hodisalargina emas, balki boshqa (biologik, kimyoviy...) hodisalar bilan ham bog'lanishlarni ko‘rsatish imkoniyati ortib boradi. Masalan.: elektr maydonining (sabab) o'simlikning rivojlanishini yaxshilashi (oqibat).

Tabiatda miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelishini o‘quvchilar ongida shakllantirib borish katta ahamiyatga ega. Bu moddaning bir agregat holatdan ikkinchisiga o‘tishini tushuntirishda ko‘rsatib o‘tiladi. U jism ichki energiyasining o‘zgarishi va molekulalaming o‘zaro ta'siriga asosan tushuntiriladi.

Fizika kursini o‘rganib borish davomida qarama-qarshiliklar kurashi, birligi qonuni ham o‘quvchilar ongida shakllanib boradi.

Masalan: yorug‘lik va moddaning korpuskulyar to'lqin tabiati va uning birligini tushuntirish.

llmiy dunyoqarashni shakllantirishda fizika qonunlarining obyektiv xarakterini ochib borish, tabiat hodisalarini bilish mumkinligini ko‘rsatib borish katta ahamiyatga ega. Chunki fan qonunlari tabiat qonunlarining akslanishidir. Shuning uchun har bir qonunni o'tishda uni tajribada ko‘rsatish va qo‘llanilishi bilan tanishtirib borish lozim. Ba’zi hollarda qonunlar tajribaga asosan ta'riflanadi. (Masalan: Arximed kuchi, Om qonuni va h.k.). Ba’zi hollarda xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun tajribadan foydalaniladi.

Butun fizika kursi davomida o‘quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga ishonch hosil qilib borishlari lozim. Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida tabiatning hali o‘rganilmagan va hayolga ham kelmaydigan sirlarining ochib borilishini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Masalan.: atom tuzilishini va koinotni o‘rganishni.

Fizika kursini izchil o‘rganish orqali o‘quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga, dunyoning hozirgi zamon fizik manzarasiga ishonch hosil qilib boradilar. Ular dialektik usuini amaliyotga qo‘llash malakasiga ham ega bo‘lib boradilar, chunki fizika fani rivojlanishining o‘zi dialektik yo‘ldir.




Yüklə 108,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin