To`yinmagan eritma. Ayni temperaturada ma`lum miqdor erituvchida erish koeffitsientidan kam miqdordagi modda erishidan hosil bo`lgan eritma -to`yinmagan eritma deyiladi. Agar eruvchanlik grafigiga e`tibor berilsa, 200C da 100 ga suvda 36 g. NaCl eriydi. Agar shu sharoitda 15 g. NaCl erisa, to`yinmagan eritma hosil bo`ladi. Bu eritmada yana qo`shimcha 21 g. modda eritib to`yingan eritma hosil qilinadi.
To`yingan eritma - ayni temperaturada ma`lum miqdordagi erituvchida erish koeffitsientiga teng yoki undan ko`proq miqdordagi modda erishidan hosil bo`lgan
eritmadir. To`yingan eritmada doimo erigan modda miqdori kristall (erimay
qolgan) modda miqdori bilan muvozanatda bo`ladi, ya`ni eritmaga o`tayotgan
zarrachalar soni eritmadan kristalga o`tayotgan molekulalar soniga teng bo`ladi.
O`ta to`yingan eritma. Agar to`yingan eritmada erigan modda ustiga yana
shu moddadan qo`shib temperatura oshirilib boraverilsa ortiqcha qo`shilgan modda
erib ketadi. Yana modda qo`shilib temperatura oshirilsa modda yana erib ketadi va
natijada o`ta to`yingan eritma hosil bo`ladi. O`ta to`yingan eritmalar azaldan
(T.E.Lovis, 1794 y) ma`lum bo`lib, ular oddiy sharoitda noturg`u n sistemadir.
Shu tufayli bu eritmaga ozgina mexanik ta`sir (eritma turgan idishga oddiy
zarb) berilsa yoki ozgina qattiq modda zarrachasi qo`shilsa, temperatura
pasaytirilsa eritmani bo`zilishiga - erigan moddaning ortiqcha miqdori qayta
kristallanib ajralib chiqadi. SHu usul (qayta kristallash) bilan ko`pchilik moddalar
tozalanadi. Bunda ko`pincha kristallogidratlar olinadi. Masalan: Na2S2O3*5H2O (natriy tiosulfat kristallogidrati), Na2SO4*10H2O (Glauber tuzi), Na2B4O7*10H2O (bura), CuSO4*5H2O (mis kuporosi).
II. Eritma konsentratsiyalarini ifodalash usullariga oid masalalar yechish metodikasi 2.1. Eritma konsentratsiyalarini ifodalash usullariga oid masalalar yechish metodikasi