Fizika va kimyo



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/17
tarix05.02.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#82937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Isroilova Hilola Kurs ishi KMYM 19-33 30-betdan

Kurs ishining maqsadi: Mazkur kurs ishida ko‘zda tutilgan asosiy maqsad O’quvchilar eritmalar mavusini qulay usullar asosida o’rgatish, foiz va molyal konsentratsiyalarning o’zaro bogliqligini tushintirgan holda bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab oldik:
-Erimalar mavzusini yoritish;
- Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash bo’yicha masalalar yechish metodikasini ishlab chiqish;
-molyal konsentratsiya va foiz konsentratsiya o’rtasidagi bog’liklikga oid masalalar yechish metodikasini ishlab chiqish.
Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajm 31 -betni tashkil qiladi.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Hayotning asosi kimyo, Darhaqiqat hozirgi vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘z tashlaydigan bo‘lsak, ijtimoiyiqtisodiy hayoti, ishlab chiqarish sohalari bevosita kimyo fani bilan chambarchas bog‘liq. Har xil ko’rinishdagi masalalar o’quvchini mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi, ayniqsa ularni bir-biri bilan taqqoslash zarur. Masalalar o’quvchilarga kimyoviy tushunchani shakllantirishga, hayotni kimyo bilan bog’lashga kimyoning nazariy asoslarini chuqur o’rganish va uni amalda qo’llashni o’rgatadi. Masalalar darsni turli xil qiziqarli va mazmunli qiladi. Bundan tashqari masalalar o’quvchilar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki ular o’quvchida ijobiy o’zgarishlarni ya’niqat’iylikni, jiddiylikni, erkinlikni, o’z ishida javobgarlikni, tarbiyaviylikni, ozodalikni va har qanday qiyinchiliklarga tayyorligini ta’minlaydi.

I.Kimyo kursida eritmalar mavzusining yoritilishi.
1.1. Eritma haqida umumiy tushuncha
Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Moddalarning agregat holati bir xil bo’lsa, ko’p miqdorda olingan modda ko’pincha erituvchi hisoblanadi. Ikkinchi komponent esa erigan modda deyiladi. Ba’zi moddalar erituvchida hohlagan nisbatda aralashishi mumkin. Masalan, H2SO4 va spirt, suv va spirt.... Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi. Masalan 25°C da osh tuzi eritmasida eng ko’pi bilan 26,5% NaCl erishi mumkin. Eritmalardagi zarrachalar o’lchami va turiga qarab ularni dispers sistema deb qaraladi. Ikki va undan ortiq moddalardan iborat bo’lgan hamda ulardan biri ikkinchisi hajmida bir meyorda taqsimlangan sistema dispers sistema deyiladi. Tabiatda eng ko’p tarqalgan dispers sistemalarda dispersion muhit suyuqlik, dispers faza esa qattiq modda bo’ladi. Dispers sistemaga misol qilib, changli havoni olish mumkin. Unda dispersion muhit havodir, dispersion faza mayda muallaq holdagi tuproq zarrachalaridir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin