Fizikadan laboratoriya ishlarini kompyuter texnalogiyalari yordami tashkil qilish



Yüklə 141,81 Kb.
tarix26.04.2023
ölçüsü141,81 Kb.
#103089
Fizikadan laboratoriya ishlarini kompyuter texnalogiyalari yordami


FIZIKADAN LABORATORIYA ISHLARINI KOMPYUTER TEXNALOGIYALARI YORDAMI TASHKIL QILISH.
Nurmatova Minavvar Musinovna
Farg’ona viloyati PYMO’MM o’qituvchisi
Xozirgi kunda dunyoda barcha soxalarida axborotlar o’sib, ularni taxlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda. Axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida, ayniqsa fizika fanini o’qitishda foydalanish - darsliklarning elektron versiyalari, elektron darsliklar, elektron plakatlar, xodisa va jarayonlarning virtual modellari, test dasturlari va laboratoriyalarning virtual stendlari yaratilmoqda, bu esa yoshlarning fizika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda, xodisa va qonuniyatlarni chuqurroq anglab yetishlarida, masofoviy va mustaqil ta’lim olishlarida muxim axamiyatga egadir. Bular orasida fizika ta’limini asosiy muammolaridan biri laboratoriyalarning virtual stendlarini yaratish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.
O’quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadimqadimdan o’quv-o’rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o’quv jarayonini qariyb barcha jabhalarida: boshlang’ich ta’limdan boshlab oliy o’quv yurtlarigacha qo’llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki tibbiyot sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon muqobil ekanligidadir. Simulyatorlar esa haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror-bir fizikaviy jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o’tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o’z-o’zidan nafaqat katta miqdorda mablag’lar tejalishiga olib keladi, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug’dirmaydi.
Ta’lim tizimda mult’imediali elektron o’quv adabiyotlar, ma’ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, xar hil animatsion dasturlar va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo’ladigan maxsus dasturlar mavjud.
Bu dasturlar juda ko’p bulib, misol uchun:Animatsion roliklar yaratish uchun Macromedia Flash MX dasturidan foydalaniladi. Mult’imediali taqdimot ma’ruzalarini yartishda hammamizga ma’lum bo’lgan Power Point va Macromedia Authorware dasturidan foydalaniladi. Elektron o’quv adabiyotlarni yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrirlovchi dasturlar xam mavjud bo’lib ularga misol uchun, Adobe Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi. Shuningdek, CorelDraw dasturi orqali har xil grafiklarni yaratish mumkin. Tovush va videolarni tahrirlash uchun esa mos ravishda SoundForge va Adobe Premier dasturlaridan keng foydalaniladi.
2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo’lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan. PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo’lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo’lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o’tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega.[2]

PhET dasturi O’zbekiston davlat ta’lim standartlariga va o’quv muassasalarida qo’llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi. PhET dasturini http://phet.colorado.edu saytidan ko’chirib olishingiz mumkin.
Crocodile Clips Ltd. dasturlar paketi fizikaning barcha bo’limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratadi. Shuni ta’kidlab o’tamizki, hozirda Crocodile kompaniyasi dasturiy ta’minotlarini Yenka nomi bilan takomillashtirib kelmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi
Fizik jarayonlarni komp’yuterda modellashtirish uchun informatsion texnologiyada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Komp’yuter darslari an’anaviy darslarga qaraganda yengillik tug’diradi. Shuningdek, modellashtirishning o’ziga xos muhim tomonlari shundaki, unda turli xil fizik qurilma va asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko’rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istalgan marta takrorlash, kuzatish qiyin bo’lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo’lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega.
O’qituvchiga komp’yuter monitorida, shuningdek, mul’timedia proektori yordamida ko’pgina fizik effektlarni namoyish etishni hamda yangi noan’anaviy o’qitish turini takomillashtirish imkonini beradi. Bugungi kunga kelib informatsion texnologiyalardan foydalanish ko’zga ko’rinmas, tez yoki sekin o’tuvchi jarayonlarning, murakkab hodisalarning fizik mexanizmlarini animatsiya qilish imkonini yaratadi. Bu animatsion modelni mul’timedia–proektori tizimidan foydalanib imitatsiya qilish mumkin.
Virtual ta’limiy dasturlarni qo’llash bilan komp’yuterda o’tilgan darslar oddiy darsdan ko’ra yaxshiroq samara beradi. Bu esa o’quv rejasini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Ikromova H.Z. Inson. Komp’yuter. Kelajak. –T.: O’zbekiston, 1991.

  2. R. X. Ayupov, SH.SH. Shayaqubov “Elektron pedagogika va mul’timedia vositalari”135-140

3. Hayitov A.G’. Dars jarayonini komp’yuterlashtirish xususida //J. Uzluksiz ta’lim, 2004, 3-son. –B. 46—52.
Yüklə 141,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin