Fizikadan qisq



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə13/14
tarix24.09.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#147757
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Fizikadan qisqa savol va javoblar

451)Sferik abberatsiya nima? Optik asboblarda yorug’likni keng dastasidan foydalanilganda yuzaga keladigan nuqsondir.
Yorug’lik nurining keng dastasidan foydalanganda linzani chetlari o’rta qismlariga nisbatan kuchliroq sindiradi. Natijada ekranda yorituvchi nuqtani nuqta ko’rinishidagi emas, yoyilib ketgan tasvirini ko’ramiz. Buni yo’qotish uchun har-xil sindirish ko’rsatkichli yig’uvchi va sochuvchi linzalar sistemasi ishlatiladi.

452)Xromatik abberatsiya nima? Dispersiya tufayli yuzaga keladigan nuqson. Bu hodisa tufayli maarkaziy nurlardan foydalanilgaanda ham linza har xil rangli nurlarni har-xil nuqtalarda yigadi va tasvir bo’yalgan bo’lib chiqadi.
31


453)Yorug’lik interferensiyasini kuzatish usullarini sanang. Frenel ko’zgusi yordamida, Frenel biprizmasi orqali, Yung usuli (yupqa pardalarda interferensiya), Nyuton halqalari.

454)Optik asboblarning ajrata olish qobiliyati nima? Optik asboblarning buyumning bir-biriga yaqin turgan eng kichik nuqtalarning alohida tasvirlarini berish qobiliyatidir. Shuningdek bu qobiliyat ajrata olish kuchi ham deyiladi. U ajrata olish masofasiga teskari kattalik.

455)Optik asboblarning ajrata olish masofasi nima? Buyumning ikki njuqtasini alohida ko’rish mumkin bo’lgan eng kichik masofa.

456)Yorug’lik to’lqin uzunligi kamaysa… Muhit sindirish ko’rsatkichi ortadi. Bu sindirish ko’rsatkichini to’lqin uzunligiga bog’lanish grafigi dispersiya egri chizig’i ham deyiladi. Ayrim adabiyotlarda normal dispersiya ham deyilgan.

457)Spektrlarni bevosita kuzatishga imkon beruvchi asbob? Spektroskop.

458)Spektrlar fotosuratini olishga mo’ljallangan asbob? Spektrograf.

459)Quyosh spektridagi qora chiziqlar… deyiladi? Fraungofer chiziqlari.

460)Elektromagnit to’lqinlar shkalasini tartibini ayting. Ular qanday tartibda joylashtirilgan?
PRIKURG:
1.Past chastotali to’lqinlar 2.Radioto’lqinlar 3.Infraqizil nurlar
4.Ko’zga ko’rinadigan nurlar (yorug’lik nurlari) 5.Ultrabinafsha nurlar
6.Rentgen nurlari 7.Gamma nurlar
Chastotasi oshib boorish, to’lqin uzunligi kamayib boorish tartibida.

461)Absolyut qora jism tushunchasini fanga kim kiritgan? Nemis fizigi G.Kirxgof.

462)Balmer seriyasida qaysi nurlar joylashgan? Ko’zga ko’rinadigan nurlar.

463)Layman seriyasida qaysi nurlar joylashgan? Ultrabinafsha nurlar.

464)Pashen seriyasida qaysi nurlar joylashgan? Infraqizil nurlar. 32

465)de-Broyl to’lqinlari elektromagnit to’lqinmi yoki mexanik to’lqinmi? Ikkovi ham emas. U o’zi o’z nomi bilan ataluvchi modda zarralari harakati bilan bog’liq bo’lgan o’xshashi yo’q kvant tabiatli to’lqindir.

466)Nega zarralarni koordinatasi va tezligini yoki boshqa kattaliklarini bir vaqtda aniq topishni iloji yo’q? Bu zarrani obyektiv xossasi (asboblarni mukammal emasligidan emas). Bu Geyzenbergning noaniqliklar munosabatidan ham ko’rinadi. Ya’ni hazil qilib aytsak ”koordinatasini aniq topaman desak, tezligi bu yoqqa tortib ketadi” va aksincha. Bir vaqtda aniq topish umuman ilojsiz.

467)Kvant mexanikasi nazariyasini kimlar yaratgan? E.Shredinger,V.Geyzenberg, P.Dirak.


468)Kvant bo’ladi?
mexanikada o’rganiluvchi zarralar o’lchami qaysi tartibda 10-8-10-15m tartibida.


469)Bosh kvant soni qanday qiyymatlar oladi? n=1,2,3,4… musbat butun sonlar.

470)Orbital kvant ssonlar qanday qiymatlar oladi? l=0,1,2,3,…,(n-1) hammasi bo’lib n ta. n-bosh kvant son.

471) Magnit kvant ssonlar qanday qiymatlar oladi? ml=-l,…, -l,0,+l,…,+l qiymatlarni. Hammasi bo’lib (2l+1)ta.

472)Atomda elektronlarning energetik sathlar bo’yicha taqsimlanishi qaysi prinsipga bo’ysunadi? Pauli prinsipi (ta’qiqlash prinsipi ham deyiladi). Bu prinsip electron qobiqdagi elektronlar sonini cheklaydi. Hisoblarni ko’rsatishicha, har bir elektron qobiqdagi elektronlarning maksimal soni 2n2 ga teng ekan. Ya’ni:
n=1, K qobiqda 2n2=2·12=2ta elektron, n=2, L qobiqda 2n2=2·22=8ta elektron, n=3, M qobiqda 2n2=2·32=18ta elektron, n=4, N qobiqda 2n2=2·42=32 ta elektron
va h.k. joylashishi mumkin. Bu yerda K,L,M,N,…elektron qobiqlar (ular lotin alfavitini bosh harflari bilan belgilanadi)


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin