Ishning natijalari________________________________________
Laboratoriya ishi-3
Mavzu: Elektr zanjirda tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash
Maqsad: zanjirning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘lchashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar:tok manbai, ampermetr, voltmetr, ikkita lampochka, kalit, ulovchi o̵‘tkazgichlar.
Ishni bajarish tartibi 1.Tok manbai, ampermetr, voltmetr, lampochkalar va kalitdan iborat zanjirni yig‘ing (4.52-rasm). Bunda voltmetr birinchi lampochkaning uchlariga ulanadi.
2.Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beradigan murvatini 4 V holatiga qo‘ying. 3.Kalitni ulang. Zanjirga ulangan ikkala lampochka ham yonadi, ampermetr va voltmetr ko‘rsatishini qayd eting. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing. Izoh: voltmetr birinchi lampochka uchlaridagi kuchlanishni o‘lchaydi.
4.Kalitni uzing. Voltmetr klemmalarini ikkinchi lampochkaning uchlariga ulang.
5.Kalitni ulang. Bunda lampochkalar yonadi, ampermetr va voltmetr ko‘rsatishini qayd qiling. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing. Izoh: voltmetr ikkinchi lampochka uchlaridagi kuchlanishni o‘lchaydi.
6.Kalitni uzing. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beradigan murvatini 6 V holatiga qo‘ying. Tajribani yuqorida 3-, 4-, 5-bandda keltirilgandek takrorlang. 7.Tajriba natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring