1.Elektr sxema asosida zanjirni yig‘ing. Kalitni ochiq qol-diring.
2.Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvati 4 V holatiga qo‘yiladi.
3.Kalit ulanadi. Rezistordan o‘tayotgan tok kuchi milliampermetr va uning uchlaridagi kuchlanish voltmetr yordamida o‘lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd etiladi.
4.Kalit uziladi. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvatini 6 V holatiga qo‘yib, tajriba takrorlanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd etiladi. So‘ngra kalit uziladi.
5.Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvatini 8; 10 V holatiga qo‘yib, tajriba takrorlanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd etiladi.
6.O‘tkazgichning elektr qarshiligini Om qonuniga ko‘ra hisoblang va uni jadvalga qayd eting.
7. 𝑅𝑜‘𝑟𝑡= 𝑅 ifodaga ko‘ra qarshilikning o‘rtacha qiymatini hisoblang.