2. “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring
Muammolar
Muammoli
vaziyatning
kelib chiqish sabablari
Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari
1. Insoniyat kelajagiga xavf solayotgan
energetika muammosi va uning yechimi.
2. Energetika muammosi keltirib chiqarishi
mumkin bo’lgan oziq-ovqat muammosi.
3. Energetika muammosi keltirib chiqarishi
mumkin bo’lgan ekologiya muammosi.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
13
3. Keys bilan ishlash qoidalari
Keysda vaziyat tavsifi va axborot ta’minoti har xil hajmda bo’lishi (bir varog’dan bir necha yuz
varog’gacha), tahlil etish uchun taklif etilayotgan vaziyatlar tavsifida detallashtirish darajasi ham
turlicha bo’lishi, axborot ko’pligi darajasi ham o’zgarishi mumkin bo’lgan-tahlilga aloqasi bo’lmagan
ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin. Amaliy vaziyatni tahlil qilish vaqtida:
- taklif etilayotgan axborotlarni ko’rib chiqishda adashmang, ular orasida eng zarurini belgilang;
- vaziyatni tor istiqbolda ko’rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g’oyib
bo’lishi mumkin;
- harakatlar rejasini vaziyatning tahlili tugallangan va muammo aniqlangandan so’ng
shakllantiring
4. Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
Auditoriyadan tashqarida bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
Talabalar
ro’yxati
Asosiy
muammo
ajratib olinib, tadqiqot
ob’ekti aniq-langan
mak.1.5 b.
Muammoli
vaziyatning
kelib
chiqish
sabablari
aniq ko’rsatilgan
mak.1.0 b.
Vaziyatdan
chiqib
ketish
harakatlari
aniq
ko’rsatilgan
mak.2.5 b
Jami
mak. 5 b
1
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
Guruhlar ro’yxati
Guruh faol
mak. 1 b
Ma’lumotlar
ko’rgazmali taqdim
etildi
mak.2 b
Javoblar to’liq va
aniq berildi
mak.3 b
Jami
mak. 5 b
1
Adabiyotlar
1. И.A.Каримов.“Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни
бартараф этишнинг йўллари ва чоралари” "Ўзбекистoн" 2009 й, 48-бет
2. Л.В.Голиш, Д.М.Файзуллаева. «Педагогик технологияларни лойихалаштириш ва
режалаштириш». Т. 2010 й, 149-бет
FIZIKA O’QITISHDA ZAMONAVIY O’ZBEK MILLIY MODELI “DASTPANJA”
USULIDAN FOYDALANISH
Baxtiyor Mislidinov,Namangan muhandislik qurilish instituti
Fizika o’qitishda ta’lim sifatini oshirish uchun ma’ruza, laboratoriya va amaliy dars
jarayonlariga pedagogik texnologiyani qo’llash muhimdir. Pedagogik texnologiyani qo’llash orqali
talabalarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish va ularda ijodkorlik qobiliyatlarini
shakllantirishdan iborat.Buning uchun o’qituvchi tomonidan har bir darsga kreativ(ijodiy) yondashish
talab etiladi. Bunda o’qituvchi talabalarni ijodiy faolligini oshirish uchun dars jarayonlariga mavzuga
mos keladigan pedagogik texnologiyalarni qo’llash talab etiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llash bo’yicha respublikamizning
ko’zga ko’ringan olimlari tomonidan rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib
kelinayotgan pedagogik texnologiyalarni ilmiy asosda qiyosiy tahlil qilib, xalqimizning milliy
pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda
O’zbekistonning milliy pedagogik texnologiyasini yaratishga harakat qilinmoqda va bu sohada ko’zga
ko’rinarli ishlar amalga oshirildi.
Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilarimizning bugungi kundagi
asosiy vazifasi bu texnologiyani chuqur o’rganib, o’zining kundalik pedagogik amaliyotida
qo’llashdir. O’quv mashg’ulotlarini pedagogik texnologiya yordamida amalga oshirishda ularda
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
14
ishtirok etadigan elementlarni o’zaro funksional bog’liqlikda ekanligini ko’rsatuvchi ramziy
ko’rinishni ,,dastpanja’’ deb atadik.(1-rasm)
Ko’rib turganingizdek, «dastpanja»ning butunlik holati muayyan bir fanning bitta o’quv
mashg’uloti, ya’ni bitta darsni, PT tili bilan aytganda, bitta o’rta modulini ifoda etgan. Uning birinchi
raqamli elementida, ya’ni «dastpanja»ning kaftida, shu mashg’ulotda beriladigan materiallarni, hajmi
va mazmuniga qarab, kichik modullarga ajratib, ularning maqsadlari va ularga ajratilgan vaqt aniqlab
olinishi ko’rsatilgan. Ikkinchi raqamli elementi orqali,ya’ni «dastpanja»ning «boshmaldog’i»da, har
bir kichik modulda beriladigan bilimlar tizimi ichidan tayanch tushunchalar ajratib olinib, shu
tushunchalar asosida nazorat savollari va bu savollar asosida test yoki boshqa nazorat shakllari tuzilishi
lozimligi ko’rinib turibdi.
1-rasm. Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy «Dastpanja» modeli.
Uchunchi raqamli elementidan,har bir kichik modulida qo’llaniladigan dars turi va tipining
belgilanishi ko’rinib turibdi. To’rtinchi elementi, «dastpanja»ning «o’rta terak» barmog’ida, har bir
kichik modulida qo’llaniladigan pedagogik uslublar ko’rsatiladi. Beshinchi raqamli elementi, «kichik
terak»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan axborot texnologiyalari ifoda etiladi. Oltinchi
raqamli elementi, «dastpanja»ning «jimjilog’i»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan didaktik
materiallarning turi va joylari ko’rsatilishi ifodalangan.«Dastpanja»ning yettinchi raqamli elementi,
ya’ni «bilagi»da, pedagogik texnologiyaning boshqa beshta elementida rejalashtirilgan harakatlar
«kaft», ya’ni maqsadlar orqali birikib,ularda ko’rsatilgan narsalarni, ya’ni muayyan o’quv
mashg’ulotida beriladigan materiallarni, qaysi kichik modullarda, qaysi tayanch tushunchalarni
qanday dars turi va tipi yordamida, qanday uslublar qo’llab turib, qaysi axborot texnologiyalar va
didaktik materiallardan qanday qilib foydalanish yo’llari yozilgan dars ssenariysi ifodalangan
bo’ladi.Bunda,o’quv jarayonida ishtirok etadigan barcha kuch va vositalar o’zaro sintezlashib bir
butunlikni, ya’ni dars degan majmuni tashkil qiladi.
Fizika o`qitishga ham ushbu usulni qo`llash mumkin.Masalan elektrodinamika asoslari
bo’limidan «Elektrolitlarda elektr toki. Elektrolitik dissotsiatsiya Elektroliz» mavzusini oqitishda:
1. DTS, o’quv rejava fan dasturi hamda integralashgan ta’lim texnologiyalari,Integralashgan
kursni tashkillashtirish va amalga oshirish yo’llari. Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy
«Dastpanja» modeli usuli.
2. Elektrolitlarda elektr toki, elektrolitik dissotsiatsiya, dissotsiatsiyalanish darajasi, kation va
anionlar, elektr tokining zichligi, elektrolitning solishtirma qarshiligi, elektroliz, Faradeyning 1-
qonuni, 1-qonunining fizik ma’nosi, Faradeyning 2-qonuni, elektr okimyoviy ekvivalent. 1.
Elektrolitlar deb nimaga aytiladi? 2. Elektrolitik dissotsiatsiya deb nimaga aytiladi? 3.
Dissotsiatsiyalanish darajasi deb nimaga aytiladi? 4. Kationlar va anionlar nimalar? 5. Elektr tokining
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
15
zichligi nima? 6. Elektrolitning solishtirma qarshiligi temperaturaga bog’liqmi? 7. Elektroliz deb
qanday jarayonga aytiladi ? 8. Faradeyning 1-qonuni nima? 9. 1-qonunining fizik ma’nosi. 10.
Faradeyning 2-qonuni. 11.Elektrokimyoviy ekvivalent nimani ko’rsatadi? 3.Integrallashgan ta’lim
texnologiyalari, modulli ta’lim, qiyosiy tahlil, guruhiy, yakka tartibda, juftlikda 4. Og’zaki bayon
qilish, muammo qo’yish, muammoni yechish usullari, suhbat, debat turi, aqliy hujum, BBB,
chalkashgan mantiqiy zanjir, Venn diagrammasi, FSMU, keys-stadi, klaster,
5. Mavzuning nomi, maqsad kutilayotgan natijalar e’lon qilinadi, mashg’ulot modulli ta’lim
texnologiyasi asosida o’tkazilishini tushuntiriladi. Talabalarning mustaqil faoliyatini kuzatib boriladi.
Videoproyektor, kompyuter yoki kodoskop, animatsion materiallar.
6. Mavzuga oid test, masala, nazorat savollari, tarqatma materiallar, muammoli savollar, rolikli
savollar.
7. Tahsil oluvchilarga taqdim etiladigan materiallar; tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun
beriladigan vazifalar; tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ma’lumot o’z aksini topadi.
Ta’lim mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini to’ldirishi, o’quv jarayoniga ajratilgan
vaqtga muvofiq tashkil etilishi,ta’lim mazmuni va uning ta’hsil oluvchilar tomonidan qabul qilinish
darajasining o’zaro mosligi inobatga olinadi.
Ushbu modelni fizika o’qitishda qo’llash davomida darsda barcha talabalar faol
qatnashadi,ularda fanga ijodiy yondashish shakllanadi, muammolarni fan nuqtai nazaridan yechish
ko’nikmalari va mustaqil fikrini bayon qilish shakllanadi. O’qituvchi dars jarayonlarida nazariy
bilimlarni bugungi kun muammolari va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’lash muhimdir. Bunda
o’qituvchi dunyoning rivojlangan davlatlar kompaniyalarining ishlab chiqarish korxonalaridagi
jarayonlarni qisqa ko’rinishdagi roliklarini talabalarga taqdim etishi kerak. Bu esa talabalarda
fizikadan nazariy tushunchalar va amaliy ko’nikmalarni shaklanishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. M.Tojiyev, B.Ziyamuxamedov, M.O’ralova. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanining
o’quv mashg’ulotlarini loyihalash (o’quv qo’llanma) –T.: «Tafakkur- Bo’stoni», 2012.
2. A.G.G’aniyev, A.K.Avliyoqulov, G.A.Almardonova.Fizika(1-qism)-T.: «O’qituvchi nashriyot -
matbaa iojodiy uyi », 2006.
Ядро емирилиш конуниятларини ўқитишда
умумлаштириш методидан фойдаланиш
А.К. Кутбеддинов
1
, А.М. Музафаров
2
, М.Т. Турсунов.
1
НДПИ
1
, НДКИ
2
Ядро физика фанини ўқитишда ядро емирилиш конуниятлари радиоактивлик мавзусини
тушунишда энг мухим тушунча булиб хисобланади. Чунки табиий емирилиш занжиридаги
жараёнлар - элементлар хосил булиши ва радиоактивлик натижасида бир-бирига айланиши
ходисасини илмий тушуниш имкониятини яратади. Табиатдаги мавжуд барча табиий
радиоактив элементлар оилалари α ва β - емирилиш асосида қўрғошиннинг стабиль
изотопларига айланади.
Табиий радиоактив элементлар оилаларидан бири хисобланган - уран оиласи уз
емирилиши натижасида 15 та радинуклид хосил килиши илмий манбаларда келтирилган.
Лекин бу радионуклидлар хосил булиши жараёнида радиоактив мувозанат булиши етарли
даражада тадкик килинмаган.(1-2)
Радиоактив мувозанатнинг уран радионуклидлари ўртасида бузилиш сабабларини
тушуниш ядро-физикаси, радиацион физика, радиоэкология, аналитик кимё ва бир қатор ядро-
физик жараёнларнинг илмий моҳиятини очиб беради. Юқорида келтирилган фикрларни
долзарблигини ҳисобга олиб уран радионуклидлари ва улар ўртасидаги радиоактив
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
16
мувозанатнинг бузилиш сабабларини тадқиқ қилишни ядро физикаси бўлимини ўқитишда ядро
емирилиш қонунларини умумлаштиришни методидан фойдаланишни мақсад қилдик.
Юкоридаги мақсадни амалга ошириш учун аналитик формулалар ва экспериментал
тажриба асосида олинган натижалар ёрдамида гистограмма ясалди. Бу гистограмма 1-расмда
келтирилган.
1-расм.
234
U изопи миқдорининг йил давомида ўзгариши
- Ураннинг ер ости сувидан олинган наъмунадаги микдори,
-
234
U нинг (доимий)
мувозанатлашган миқдори, -
234
U нинг (норматив) талаб қилинадиган миқдори.
Шундай қилиб табиий фанларни ўқитишда ядро емирилиш конуниятларини
умумийлаштириш асосида бир канча тушунчалар илмий мохияти очилди ва уларни фанлар
интерациясидаги урни белгиланди.
Ядро емирилиш конуниятлари асосида радиоактив элементлар хосил булиш механизми,
уларнинг бир-бирига айланиши, емирилишда тепки энергия олиш, бу энергия натижасида
кристалл панжарадаги радинуклидлар химиявий боганишининг узгариши, аллоген ва аутоген
жараёнлар илмий жихатдан тушунтирилди.
Бу тушунчаларни биз таклиф килган усулда умумлаштирилиб укитилиши эса талабаларга
бир канча кулайлик яратади ва уларни инновацион фикларлашга ундайди.
Фойдаланилган адабиётлар
1. Бекман И. Радиоактивность, радионуклиды и радиация. – М.: PALMARIUM, 2014. – 498
с.
2. Пивоваров Ю.П., Михалев В.П. Радиационная экология. – М.: Академия, 2004. – 240 с.
FIZIKA VA ASTRANOMIYANI O’QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION
TEXNOLOGIYA “PHET SIMULATIONS” DASTURIDAN FOYDALANIB VIRTUAL
LABORATORIYALAR YARATISH.
assistent S.S.Xalilov
1
, yetakchi o’qituvchi G.R.Xasanova
2
, yetakchi o’qituvchi R.I.Boltaboyeva
3
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasiga qarashli
Toshkent “Temurbeklar maktabi”.
Ma’lumki, fan va texnika ja’dal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy
bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning
yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differentsiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa,
ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda,
yuqori malakali pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida
shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning
fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy
tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
17
doimiy o’quv xonasida qo’lda bajarildigan laboratoriya mashg’ulotini emas, zamonaviy innovatsion
virtual labaratoriya mashg’ulotini qo’shimcha qilib (Masalan “PHET simulations” dasturidan)
amaliyotda qo’llash talabalar uchun qulay hamda qiziqarli bo’ladi. Davlat ta’lim standartlari doirasida
fizika fanini o’qitish jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanib, darsni
kutaringki ruhda va mazmunli o’tishini yanada takomillashtirish hozirda dolzarb hisoblanadi. Fizika
fanida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan (elektron darslik,o’quv filmi, virtual laboratoriya
ishlari) foydalanish dars samaradorligini oshishiga zamin yaratadi. O’quv filmlari ko’gazmaliligi bilan
ajralib turadi. Unda auditoriyada ko’rsatishning iloji bo’lmagan fizik va astranomik hodisa va
jarayonlarni fizik va astranomik qonunlar asosida yaratilgan hayolan tasavurimizdagi planitalarni
Quyosh atrofida yoki har bir planitani o’z oqi atrofidagi harakatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega
bo’la oladi.
“Fizika va astranomiyani o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiya “Phet simulations”
dasturidan foydalanib virtual laboratoriyalar yaratish” mavzusini o’qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanishda astranomiya faning planitalar aro buladigan jarayonlarni tajribada
namoyishini ko’rib chiqamiz.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
18
Demak, innovatsion texnologiyalardan foydalanib fizika va astranomiya fanlarini laboratoriya
mashg’ulotlarini olib boorish, virtual laboratoriya eng samarali natijalarni beradi. Talaba ko’rish va
tushunish orqali amaliy bilimga ega bo’ladi. Bu albatta o’qituvchi va talabalarni noananaviy o’qitish
metodiga juda qo’l keladi.
Foydalngan adabiyotlar:
1.
https://phet.simulation/bending-light
2.
https://phet.colorado.edu/en/simulation/bending-light
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
19
ФИЗИКА ТАЪЛИМИ МАЗМУНИНИ НОАНЪАНАВИЙ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ДИДАКТИК ОМИЛЛАРИ
Хушвақтов Бекмурод Нормуродович
НавДПИ физика ва астрономия ўқитиш методикаси кафедраси катта ўқитувчиси
Олий таълим тизимида сезиларли ривожланиш, ўзгариш, янгиланишлар
кузатилаётган бир вақтда, бу тизимдаги ўқитиш усулларини янгилаш, анъанавий усуллар
ўрнига, ноанъанавий таълимни жорий этиш муаммоси долзарб бўлиб тўрибди.
Таълим жараёнида ноанъанавий таълимга асосланган ижодий фаолиятни ташкил
этиш учун ахборотли маҳсулотларни тайёрлаш ва улардан фойдаланиш муҳим аҳамиятга
эга. Мазкур жараёнда моделлаштириш ёки мантиқий физика моделидан унумли
фойдаланиш мумкин. Билимларни моделлаштириш турли илмий йўналишлар, турли
мақсадларда амалга оширилади. Ўқув муҳитида ўқитувчи ҳам жисмоний, ҳам виртуал
эксперт модел сифатида намоён бўлади. Аниқ бир мавзу мазмунини ноанъанавий
такомиллаштириш янги билимларни ўзлаштириш муҳим аҳамият касб этади. Бунда:
1) талабаларни аниқ илмий, амалий муаммоларни ечишга жалб этиш, бу жараёнда
уларда муайян қизиқишларни ҳосил қилиш;
2) талабаларнинг ижодий, креатив қобилиятларини ривожлантирувчи ностандарт
топшириқларни бажариш ва уларнинг ечимларини текшириш имкониятини яратиш;
3) қўлга киритилган натижаларни аксарият ҳолларда баҳолаш мезонларини
ифодалаш.
Бунинг натижасида талабаларда мавзуга оид мотивация дастлабки кўникмалар
таркиб топади. Шунда ҳар бир талабада ўзлари учун зарур бўлган ҳоҳиш, истаклар
базасини яратишга бўлган интилиш вужудга келади. Бу жараёнда гуруҳ аъзолари
биргаликда ҳаракат қила бошлайдилар. Ҳар бир талаба ўз билим заҳирасини гуруҳдошлари
эгаллаган билимлар ёрдамида бойитиш имкониятини қўлга киритади. Бунда уларга янги
билимлар билан бойитилган ўқув материаллари яқиндан ёрдам беради. Бунинг учун,
ўқитувчи интеллектуал характердаги ўқув топшириқларидан кенгроқ фойдаланган ҳолда
ҳамкорликка асосланган ўқув муҳитини вужудга келтиришга муваффақ бўлади.
Таълим-тарбия тизимига бундай ёдашувни тадбиқ қилиш натижасида олий таълим
тизимида таълим мазмунини ноанъанавий такомиллаштириш ўзида қуйидагиларни
мужассамлаштириши керак: 1) физиканинг маълум бир дарс мавзусини ноанъанавий
такомиллашган натижани қўлга киритишга асосланган гуруҳ меҳнатини ташкил этиш
технологияси; 2) вертуал лабораторияга ва технологияларга асосланган ахборотларга
ишлов бериш усулларини; 3)ноанъанавий такомиллашган таълим методикасини.
Бундай ёндашув натижасида талабаларда билимлар тўрт кўринишда намоён бўлади:
1) фундаментал билимларнинг вужудга келишига асос бўладиган, умумий
қарашлар, илмий дунёқараш асоси, ғоялар, тамойиллар, тимсоллар, тасаввурлар
тизимидан иборат мотивацион парадигма;
2) номунтазамлик, очиқлик, ўтиш характеридаги, жараёнларнинг тенгсизлигига
асосланган ғоя атрофида бирлашадиган муайян ноанъанавий хусусий қарашлар;
3) ноанъанавий методик тизимларнинг ўз-ўзини ташкил этиш ёки ўтиш
жараёнларига оид умумий ёндашувлар;
4) барқарор тафаккурнинг шаклланиши, ўтиш характеридаги далилий шакллар ва
образлар, янгича дунёқараш асосини ташкил қилади.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
20
Бугунги кунда физикани ўқитишни такомиллаштириш билан боғлиқ бўлган
масалалар Е.В.Конрад Е.В., И.А.Веселов
1
, Б.Б.Кадомцев, Е.Н.Князева
2
, И.Стенгерс
3
ишларида ўз ифодасини топган. Мазкур ишларда таркиблашмаган ва муайян тартибга
солинмаган муносабатларнинг мавжуд эмаслиги таъкидланади. Муайян ҳолатларда
тасодифийлик ҳам яратувчилик характерига эга бўлиши педагогик нуқтаи назардан
асосланган.
Физиканинг бирор бир мавзу мазмунини ноанъанавий такомиллаштиришнинг назарий ва
амалий асосларини ёритишдан олдин «ноанъанавий такомиллаштириш» тушунчасини
қискача изохлашни мақсадга мувофиқ деб ҳисоблаймиз.
Бизнинг фикримизча ноанъанавий такомиллаштириш- бу ўқув жараёни билан
боғлиқ фаолият бўлиб, шахснинг индивидуал-психологик хусусиятлари, мотивациясини,
интеллектуал ривожланиш ва қобилиятлари, гуруҳ ва ўқув муассасасидаги педагогик -
психологик муҳитни яратиш омилидир.
Тадқиқот доирасида ноанъанавий такомиллаштириш методикасини ишлаб чиқишга
ҳаракат қилдик:
1. Талабаларнинг
индивидуал-психологик
хусусиятлари,
мотивациясини,
интеллектуал ривожланиш ва қобилиятлари, гуруҳ ва ўқув муассасасидаги педагогик -
психологик муҳитни атрофлича ўрганиш;
2. Фаннинг наъмунавий фан дастурини чуқур таҳлил этиш ва улардан татбиқий
тизим ишлаб чиқиш;
3. Физиканинг
оптика
бўлими
мавзулари
мазмунини
ноанъанавий
такомиллаштириш мазмуни, шакли, восита ва методларини яратиш;
4. Таълим
мазмунини ноанъанавий такомиллаштиришни тадқиқ қилишга
йўналтирилган топшириқлар, илмий-методик тавсиялар ишлаб чиқиш, дидактикани
бойитувчи материаллар такдим этиш ва улар асосида методик мажмуалар тайёрлаш ҳамда
методиканинг самарадорлик даражасини аниқлаш.
Тадқиқот мобайнида таълим мазмунини ноанъанавий такомиллаштиришга имкон
берувчи асосий омил – бу дидактик омиллар эканлиги аниқланди(1-расм.)
1
Стенгерс И. Мониторинг эффективности инновационной экспериментальной деятельности/
Стенгерс И. // Педдиагностика, 2007. – №2. – С.140-160.
2
Кадомцев Б.Б., Князева Е.Н. Методика преподавания физики. Учебное пособие для учителя. – М.:
Знание, 2007. -124 б.
3
Стенгерс И. Мониторинг эффективности инновационной экспериментальной деятельности/
Стенгерс И. // Педдиагностика, 2007. – №2. – С.140-160.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
21
1-расм. Таълим мазмунини ноанъанавий такомиллаштиришга таъсир этувчи дидактик
омиллар.
Тадқиқ қилиш натижалари, назарий қоидалар, хулосалар, умумлашмалар, уларга мос
равишда талабаларнинг ўқув ишлари усуллари физика ўқув предметини ўқитишнинг
мазмунини ўзида акс эттиради. Талабаларнинг физикавий билимларни эгаллаш жараёни
фикрлаш, тасаввур ва бошқа билиш жараёнлари, мотивацион-иродавий ва ҳиссий (эмоционал)
фаолият соҳаларининг ривожланганлик даражаси билан боғлиқ ҳолда қаралади. Физика ўқув
предметини ўқитишнинг шакл, метод, методик усул ва воситаларини танлаш асосида таълим
мазмунини ноанъанавий такомиллаштириш таълим мақсадларидан келиб чиққан ҳолда
белгиланади. Демак, физика дарслари мазмунини ноанъанавий такомиллаштириш – физик
ҳодиса, қонун ва формулаларнинг ўзаро муносабати ва алоқадорлиги моҳиятини
умумлаштириш йўли билан борлиқ жараёнларини талабалар онгида ҳаётий акс эттиришнинг
олий шакли сифатида дидактик омиллар орқали билим, малака ва кўникмани ривожлантиришга
қаратилган фаолият ҳисобланади.
Dostları ilə paylaş: |