Yosh kattalashgan sari kallaning o’sishi sekinlashadi, oyoq- qo’llarning o’sishi esa
kuchayadi. Jinsiy yetilish davrining boshlanishiga qadar tana proporsiyalaridagi farq
bo’lmaydi va ular pubertat davrida yuzaga chiqadi.
Tananing bo’yi va eni o’rtasidagi proporsiyalarni turlicha bo’lishini uchta bosqichini
ajratish mumkin:
-4 yoshdan 6
yoshgacha;
-6 yoshdan 15 yoshgacha;
-15 yoshdan
to voyaga
yetguncha qadar
Tananing bo’yiga o’sishining notekisligi quyidagicha namoyon bo’ladi:
- yangi tug’ilgan bolaning bo’yi 48-52 sm bo’ladi;
- bola hayotining birinchi yilida uning bo’yi 25 sm o’sadi va 75 sm ni tashkil etadi;
- ikkinchi yilida 10 sm o’sadi;
- kichik maktab yoshida bola bo’yi 6-10 sm;
- bola 8-10 yoshga yetganda 3-5 smga o’sadi.
Tana o’sishining eng ko’p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa
15 yoshda kuzatiladi. Bo’yning o’sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o’g’il
bolalarda esa 20 yoshga kelib tugallanadi. Yangi tug’ilgan
davrdan to voyaga
yetgunga qadar insonning bo’yi- 3 marotoba, tanasi- 3,5 marotoba, qo’llari- 4,
oyoqlari- 5 marotoba uzunlashadi.
Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o’zgaradi:
- yangi tug’ilgan qiz bolalarning o’rtacha vazni 3,0 kg, o’g’il bolalarniki esa 3,4 kg
bo’ladi;
- bolaning vazni tug’ilgandan keyin birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr
ortadi;
- bir yashar bolaning vazni tug’ilganidagi vaznidan 3 marta ortib 9-10 kg ga yetadi;
- 2 yoshli bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo’shiladi;
- 4,5,6 yoshli bola vazniga har yili 1,5-2,0 kg vazn qo’shilib boradi.
7 yoshdan boshlab ularning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o’g’il bolalar bilan
qiz bolalar vazni bir xil o’zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni
4,5-5,0 kg dan 14-15 yoshda har yili 5- 8 kg ortadi. O’g’il bolalarda esa 13-14