Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

9. 5. Trombotsitlar
Odamlarning trombositlari plazmatik hosila bo'lib, shakli oval 
yoki yumaloq, diametri 2-5 mkm ni tashkil etadi. Odamlardagi 
trom bositlar yadroga ega emas va qizil ilikning gigant hujayrala- 
rining sitoplazmatik boMaklari hisoblanadi. Elektron mikroskop 
ostida ipsimon o ‘simtalarga ega bo'lgan yulduzli hosilalar singari 
k o ‘rinishga ega bo4adi.
Odamlarning 1 mm 3 qonida 200 mingdan 400 minggacha 
trom bositlar saqlanadi. Qon tarkibidagi trombositlarning miqdori 
o'zgarib turadi. Kunduz kuni ularning miqdori kechasidagidan 
ko'p bo'ladi. O g'ir jism oniy ishdan keyin trombositlarning miqdori 
3-5 martaga ortadi.
Trombositlar ham qizil ilikda va taloqda hosil bo'ladi va ular­
ning hayotining davomiyligi 5 -7 kunni tashkil etib, parchalanishi 
taloqda kechadi.
Trombositlarning asosiy funksiyasi ular qonning ivishida 
ishtirok etishi bilan bog‘liq. Qon tomirlari jarohatlanganda trom ­
bositlar parchalanadi. Bu paytda ulardan plazmaga qon laxtasi 
shakllanishi uchun zarur bo'lgan modda-tromb chiqadi. Trombosit- 
larga xos bo'lgan xususiyatlardan biri, ularning begona va notekis 
yuzalarga yopishishi va qatma-qat bo'lib jovlashish xususiyatidir 
(shish, jarohatlangan qon tomiri). Yorilgan trom bositlarning plas- 
tinkalari bu paytda keskin o 'z o'lcham ida xuddi cho‘ziladigan 
singari (5-10 marta) kattalashadi. Ular aylana yoki doira shaklidan,
277
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'sim talari bilan yulduzsimon shaklni oladi. M aydagina qon tomi- 
rini jarohatlash bilan parchalangan trom bositlarning plastinkalari 
juda tez yopishishida. bir jovga yig'iladi. bir-biriga yopishishadi va 
juda tez oq tromb hosil qiladi. o'ziga xos biologik tiqin qon oqishi- 
ni to'xtashini ta ’minlaydi. So'ngra bu trom b atrofiga fibrin iplari 
o'tiradi. ular bilan birga eritrotsitrotsitlar ham o ‘tiradi. Tromb as- 
ta -se k in o ‘zrangini o ’zgartirib qizaradi. Odatda. trom blarning hosil 
bo'lishi qon tomirlarining toravishi bilan birga kechadi. Bu jara- 
yonni amalga oshishini qon plastinkalarining parchalanishida ajra- 
ladigan tom irlarni toraytiruvchi modda -
serotonin
ta 'm in etadi.
Ikki bosqichli v o i bilan sentrifuga qilingan qon plazmasidan. 
eritrotsitlardan va leykotsitlardan trom bositlarni ajratib olish im- 
koniga ega bo'lindi. Trombositlarni parchalanishining oldini olish 
uchun qonni sentrifuga qilishni sovuq jovda o ‘tkazish maqsadga 
muvofiq. olingan oq plyonka shaklidagi trom bositli massa. plvon- 
kani maxsus konservatsiyalovchi eritmada saqlanadi. Trombositli 
massa tibbivot am aliyotida qon oqishini to'xtatishda q oilan ilad i.
Yangi tug'ilgan bolalarning 1 m m ’’ qon tarkibida 150 000 dan 
350 000 gacha. emadigan bolalarda - 150 000 dan 424 000 gacha 
trom bositlar saqlanadi. 1 yoshdan 16 yoshgacha boTgan bolalarda 
200 mingdan 300 m inggacha trom bositlar boMadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin