Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

10. 2. Nafas harakatlari
Nafas olish va nafas chiqarish aktlari.
Ritmik ravishda bajari- 
luvchi nafas olish va nafas chiqarish aktlari tufayli atmosfera va 
o ‘pka pufakchalarida boMgan alveolear havolar orasidagi gazlar al­
mashinuvi amalga oshadi.
0 ‘pkada muskul to'qim alari yo ‘q, ana shu sababli ham u faol 
qisqarish xususiyatiga ega emas, nafas olish va nafas chiqarish akt- 
larining bajarilishida faol rolni nafas muskullari o'vnaydi. Nafas 
muskullarining paralichi paytida, nafas a ’zolari shikastlanmagan 
b o ‘lsa ham nafas olish mumkin bo'lm ay qoladi.
Nafas olishda tashqi qovurg'alararo muskullar va diafragma qis- 
qaradi. Qovurg'alararo muskullar qovurg'alarni biroz ko’taradi va 
ularni atrofga kengaytiradi. Bu paytda ko'krak qafasining hajmi 
ortadi. Diafragma qisqarganida uning gumbazi tekislanadi, bu esa 
ko'krak qafasining hajmini kenagyishiga olib keladi. Chuqur nafas 
olinganida ko'krak va bo‘yinning boshqa muskullari ham ishtirok 
etadi.
0 ‘pka germitik holdagi yopiq ko'krak qafasida joylashib, nafas 
olish va chiqarish paytida uning devorlari harakati orqasidan passiv 
ergashib qisqarib kengayadi, chunki bu holat plevraning ko'krak 
qafasiga tutashganligi hisobiga yuz beradi va bu holatga ko 'krak 
b o 'sh lig id ag i manfiy bosim ham yordam beradi. Manfiy bosim -
bu atmosfera bosimidan past bosimdir. Nafas olinayotgan paytda 
u atmosfera bosimidan 9-12 mm sim. ust. past, nafas chiqarishda 
esa 2 -6 mm sim. ust. past b o ia d i. Rivojlanish davom ida ko'krak 
qafasi o'pkaga nisbatan tez o'sadi, shu sababli ham o 'p k a doimiy 
ravishda (hatto nafas chiqarish paytida ham) cho'zilgan. O 'pka- 
ning cho'zilgan elastik to'qim asi qayta qisqarishga harakat qiladi. 
Elastiklik hisobiga qisqarish uchun o 'p k a to'qim asining kuchi at­
mosfera bosimiga qarshilik ko'rsatadi. 0 ‘pka atrofidagi plevralara-
307
www.ziyouz.com kutubxonasi


ro bo'shliqda atmosfera bosimidan o'pkaning elastik tortilishidan 
hosil bo'lgan bosimga teng bo'lgan bosim hosil bo'ladi. Shunday 
qilib, o 'p k a atrofida manfiy bosim yuzaga keladi. Manfiy bosim 
tufayli plevralararo bo'shliqda o'p k a kengayayotgan ko'krak qa- 
fasi orqasidan ergashib kengayadi, bu paytda o'pka cho'ziladi. 
Atmosfera bosimi havo o'tkazuvchi yo 'llar orqali ichkaridan o 'p- 
kaga ta'sir ko'rsatadi. uni ko'krak devorlariga qisadi. Kengaygan 
o'pkadagi bosim atmosfera bosimidan past bo'ladi va bosimlar 
farqi hisobiga atmosfera havosi nafas y o ila ri orqali o'pkaga to- 
mon harakatlanadi. Nafas olinavotgan paytda ko'krak qafasining 
hajmi qancha ortsa, shunchalik o'pka kengayadi. nafas olish shun­
cha chuqur bo'ladi.
N afas muskullarining bo'shashidan keyin qobirg'alar avvalgi 
holatiga qaytib tushadi. diafragmaning gumbazi yuqoriga ko'tarilib 
konus shaklini oladi, oqibatda ko'krak qafasining hajmi va o'pka 
kichiklashadi (qisqaradi) va havo tashqariga chiqariladi. Chuqur 
nafas chiqarishda qorin muskullari. ichki qovurg'alararo tishsimon 
va boshqa muskullar ishtirok etadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin