Fiziologiyasi va gigiyenasi


Ko‘rish analizatorlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Ko‘rish analizatorlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari.
Bolalarning k o'zi tuzilishiga k o 'ra katta odamning ko'zidan farq 
qiladi. Ularning k o 'z kosasi chuqurligi va k o 'z soqqasi katta yosh­
li odam larnikiga qaraganda kattaroq b o ia d i. K o 'z soqqasi bola 
hayotining birinchi yilida birmuncha tez o'sadi. Yangi tu g ilg a n
bolaning ko'zi qisqa vaqt ochilib, keyin vumilib oladi. Qovoqlari 
birinchi ovdan boshlab uyg'un harakat qila boshlaydi. 2 oylikdan 
k o 'z soqqasi turli narsalarga va v o ru g iik k a nisbatan harakatlanadi. 
K o'zning uyg'un harakati, asosan, mashq qilish tufayli 6 oylikdan 
yoki bir yoshdan boshlanadi. K o'rish analizatorining avval perife- 
rik. so'ngra markaziy qismi rivojlanadi.
Yangi tu g ilg a n bolada ko'rish nervining tolalari kam tabaqa- 
lashgan b o ia d i. Bu nervning miyelinlashuvi bola 1-1,5 yashar 
b o ig u n c h a davom etadi. Yangi tug'ilgan bola ko'zining nur sindi- 
rish qobiliyati katta kishilarnikidan farq qiladi. K o'pincha bog'cha 
va maktab yoshidagi bolalarda ko'zning gavhari nihoyatda elastik 
bo'lganidan akkomodatsiya xususiyati asta-sekin rivojlanib boradi. 
Yosh ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi.
Yaqindan va uzoqdan yaxshi ko'rm aslik har xil sabablarga 
bog'liq b o ia d i. M aktabgacha yoshdagi bolalarda uzoqdan ko'rish 
uchraydi. Odatda, maktab yoshidagi bolalarda yaqindan ko'rish 
uchraydi. Yaqindan ko'rish yotib o 'qish yoki ju d a egilib o'qish tu- 
fayli kelib chiqadi, chunki doim yotib o'qiganda. egilganda ko'zga 
qon to'lishi ortadi, bosimi ko'tariladi, natijada k o 'z soqqasi katta- 
lashadi va fokus oralig'i o'zgaradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yorug'lik yetarli bo'lm aganda ham kipriksimon m uskullar uzoq 
vaqt davomida qisqarib turadi va gavharning nur sindirish xossasi 
ortadi. Partalar. sinf doskasi. ish joyi yetarli darajada yoritilm agan- 
da esa o'quvchilar yaqindan ko'radigan bo'lib qoladi. Ishiab chiqa- 
rishda mayda detallarni uzoq muddat qayta ishlash. mavda harflar- 
ni terish kipriksimon muskullarni qattiq charchatadi va yaqindan 
k o'rishga sabab b o ia d i.
12-rasm.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin