Fiziologiyasi va gigiyenasi


к о ‘zning orqadagi kamerasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

к о ‘zning orqadagi kamerasi
deyiladi.
Har bir ko'rish nervida 1 mln ga yaqin nerv tolalari bor. T o'r 
pardada ko'rish nervining kirish joyi - k o 'r dog’ va narsalarni vax- 
shiroq ko’radigan sariq dog' bor, do g ’ning o'rtasida chuqurcha 
bo'lib, u markaziy chuqurcha deyiladi. K o'zning ayrim qismlari: 
shox parda, gavhar, shishasimon qism o'zidan o'tadigan y o ru g iik
nurlarini sindiradi. K o'zga yorug'lik nurlari ta'sir etganda ro- 
dopsin va iodopsin parchalanib, kimyoviy reaksiya sodir b o ’ladi. 
K o ’zning nur sindiruvchi qismlariga shox parda, suvsimon suyuq­
lik, ko'zning oldingi kamerasi, gavhar va shishasimon tana kiradi. 
K o'zning sindirish kuchi ko'proq shox parda va gavharning nur 
sindirishiga bog'liq b o ’ladi. Nur sindirish dioptriv bilan o ic h an a- 
di. Bir dioptriv deganda, fokus oralig’i 1 m bo'lgan linzaning nur 
sindirish kuchi tushuniladi. Agar nur sindirish kuchi oshsa, fokus 
oralig'i qisqaradi.
Parallel yorug'lik nurlari shox parda va gavharda singandan 
so'ng, markaziy chuqurlikning bir nuqtasida to'planadi va marka­
ziy chuqurchada narsaning fokusi hosil bo'ladi. Shox parda, gavhar 
orqali sariq dog' markaziga o'tgan chiziq ko'rish o 'q i deb ataladi.
Narsalar tasviri to 'r pardaga kichkina va teskari bo'lib tushadi. 
Narsa ko'zdan qancha narida tursa, to 'r pardadagi tasvir shuncha 
kichik bo'ladi va aksincha, narsa ko'zga yaqin tursa, to 'r pardadagi 
tasvir shuncha katta bo'ladi.
K o‘z akkomodatsivasi 
(k o ’zning m oslashishi) turlicha uzoq- 
da turgan narsalarni aniq ajratish qobiliyatidir. K o ’z akkom odat- 
siyasi k o ’z soqqasini harakatga keltiruvchi nervning parasim -
www.ziyouz.com kutubxonasi


patik tolalari bilan ta'm in lan m ag an . kipriksim on m uskullarning 
reflektor qisqarishi natijasida gavhar elastikligi o 'zg arish id an
vujudga keladi. M uskullar qisqarganda. kipriksim on b o g 'lam - 
lar tonusi oshib. gavharning bo'rtiqligi ortadi va nur sindirish ku­
chi ko'payadi. Narsa ko'zg a juda yaqinlashtirilganda kipriksimon 
m uskullar shu xilda qisqaradi. Kipriksimon muskullar bo'shash- 
ganda kipriksimon b o g ia m la r tortiladi va gavharning egriligi. nur 
sindirish kuchi kamayadi. Uzoqdagi narsaga qaraganda shunday 
bo'ladi. Narsa ko'zdan 65 sm uzoqda b o ig a n d a kipriksimon m us­
kullar qisqaradi. Odam yaqindagi narsalarga qaraganda gavhar qa- 
variqroq. uzoqdagi narsalarga qaraganda esa yassiroq bo'ladi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin