Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

gomeo-
staz
deb ataladi. Organizmda qon bosimi, tana harorati, qonning 
osmotik bosimi va to'qim alararo suyuqliklar, ularda saqlanuvchi 
oqsillar va qand, kaliy, natriy, kalsiy va xlor ionlari va boshqalar 
nisbatan o'zgarm as darajada ushlab turiladi.
Gomeostazning taininlanishid a muhim rolni asab tizimi o'ynay- 
di. Ta'm inlash reaksiyasida vegetativ asab tizimining gipofiz 
tizimi - buyrakusti bezlari, gipotalamus va asab hamda endokrin 
tizim larning boshqa hosilalarini ishtirok etishi k o ‘rsatib berilgan. 
Ichki muhitning doimiyligi nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazmi, 
ajratish a ’zolarining tinimsiz ishi bilan ta'm inlanadi.
Buni misollar bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Yuqori dara­
jad a rivojlangan havvonlar va odam lar qonining faol reaksiyasining 
(pH) o ic h am i organizmda pH ko'lam ining o'zgartirishi mumkin 
b o ig a n sut, fosfor, pirouzum va boshqa kislotalar hosil b o iish i- 
ga qaramasdan 7,32-7,35 chegarasidan chiqmaydi. Qonning faol 
reaksiyasining o'lcham i qanday boshqariladi?
Almashinuvning kislotali mahsulotlari katta miqdorda qonga 
tushganida, avvalo, qonning bufer tizimlari (karbonatli tizim, qon 
oqsillari, gemoglobin) q o ’shiladi. pH ning k o isatkichlarini doi­
miyligini ta"minlovchi moddalar aralashmasi 
bufer tizimlar
deb 
ataladi. Bular orasida eng muhimi ko 'm ir kislotasi va gidrokarbo- 
natdan iborat 
karbonatli tizim
hisoblanadi.
Odam jism oniy ish bajarganida hujayralardan qonga jiddiy da­
rajada hosil b o iuv ch i sut kislotasi tushadi va gidrokarbonatdagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


natriy va kaliy ionlarini siqib chiqaradi: natijada sut kislotasining 
tuzlari va erkin k o in ir kislotasi hosil bo'ladi. uning ortiqcha qismi 
esa o'p k a orqali tashqariga chiqariladi.
Xemoretseptorlardan olingan impulslar hisobiga nafas tizimi, 
ayiruv a'zolari faoliyatini o'zgartiradi. qonning oqish tezligi o 'zg a­
radi va h. k. Natijada almashinuvning kislotali mahsulotlari orga- 
nizmdan chiqariladi va amalda pH ning o'lcham i doimiy holda 
qoladi.
Kuchli jism oniy ish bajarganda, ishlavotgan a'zolar tomirlari- 
ning kengayishi yuz beradi, qon oqimiga qon depolaridan qo'shim - 
cha miqdordagi qon tushadi. ishlavotgan a'zolar uchun zarur 
b o ig a n glukozani jigardan chiqarilishi ortadi.
Lekin gomeostatik reaksiyalar m a iu m chegaraga ega. Bu che- 
garadan jiddiy darajada o g 'ish turli o g 'ir kasalliklarga olib keladi, 
ayrim vaqtlarda esa organizmni o iim g a ham olib kelishi mumkin.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin