Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

shaklli elementlar
deyi­
ladi. C ho'km a plazm a bilan birga shaklli elementlardan - eritrot- 
sitlar. leykotsitlar. trom bositlardan hosil b o ia d i. Qonning barcha 
hujayralari m a iu m muddat yashaydi va so'ngra parchalanadi. Qon 
hosil qilu\ chi a'zolarda (qizil ilik. limfa tuguni va taloq) qonning 
yangi hujayralari tinim siz ravishda hosil bo'ladi.
Sog'lom odam larda plazma va shaklli elementlar orasidagi nis- 
bat uncha katta b o im ag an chegarada (55 % i plazma va 45 % i 
shaklli elementlar) b o ia d i. Yangi tug'ilgan va yosh bolalarda 
shaklli elementlarning foyizli miqdori bir muncha yuqori b o ia d i.
9. 2. Qon plazm asi
Qon plazm asining tarkibi. 
Sog'lom odamning 100 ml qon
plazm asida 93 g ga yaqin suv saqlanadi. Plazmaning qolgan qismini 
mineral moddalar oqsillar (shu jum ladan. fermentlar) uglevodlar, 
yog'lar, gormonlar, darmon-dorilar, am inokislotalar tashkil qiladi.
Plazm aning osm otik bosimi. 
Tuzlar. oqsillar. glukoza. m o­
chevina va boshqa m oddalarning plazmada erigan umumiy konsen- 
tratsiyasining yig'indisi osmotik bosimni tashkil etadi. Plazmaning 
osmotik bosimi. asosan. anorganik tuzlar bilan hosil qilinadi, chun-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ki qand, oqsillar, mochevina va boshqa moddalarning konsentrat- 
siyasi unchalik katta emas. Osmotik bosim organizmda qon bilan 
to'qim alar orasidagi suv almashinuvining ta'm inlaydi.
Qonning osmotik bosimining doimiyligi organizmdagi hu- 
jayralarning hayot faoliyati uchun ju d a muhim ahamiyatga ega. 
K o'plab hujayralar, shu jum ladan, qon hujayralarining membra- 
nalari tanlab o'tkazish xususiyatiga ega. Shu sababli qon hu- 
jayralarini turli tuz konsentratsiyalariga ega bo'lgan eritmalarga, 
y a ’ni turli osmotik bosimga ega bo'lgan eritmalarga solinganida 
qon hujayralarida jiddiy o ‘zgarishlar yuz beradi.
M a’lumki, erituvchi doimo osmotik bosim yuqori tomondan 
past tomonga qarab harakat qilganligi sababli qon tarkibidagi erit- 
rotsitlarning osmotik bosimi plazmadagi bosimdan past bo'lgan 
eritmaga solinganida (gipotonik eritma) osmos qonuniga asosan 
suv jadal ravishda eritrotsitlar ichiga kiradi, eritrotsitlar shishadi va 
ularning po'sti yorilib, uning ichidagi komponentlar suvga chiqadi, 
gemoliz
yuz beradi. Eritrotsitlari gemolizga uchragan qon tiniq yoki 
loklangandek bo’lib qoladi. Odamlarning eritrotsitlari osh tuzining
0,44-0,48 % li eritmasiga solinganida gemolizlanishni boshlaydi. 
Gipotonik eritmalarga solingan eritrotsitlarning parchalanmas- 
lik xususiyatga 

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin