5 martalik oziqlanishni tashkil qilish zarur. M aktab bolalari uchun
bir kecha-kunduzda 4 marta ovqat yeyish maqsadga muvofiqdir.
Bunday oziqlanish tartibi bo'yicha ovqatlarni iste’mol qilishlar
orasidagi tanaffus 6 soatdan ortiq bo'lm aydi.
Ovqatlarni har kuni bir vaqtda yeyish maqsadga muvofiq, chun
ki bunday hollarda vaqtga shartli retlekslar hosil qilish mumkin,
m e'dada esa ovqat hazmini yaxshi kechishini ta ’minlovchi ishtaha
shirasi ajraladi.
Bolalarning ertalabki nonushtasi to'yim li bo'lishi zarur va bir
kecha-kunduzlik ratsionning 25 % ni tashkil qilishi kerak. Ikkinchi
nonushta maktabda amalga oshiriladi va ratsionning 20 % ni tashkil
qilishi zarur. M aktabdagi issiq nonushtani tarkibida 15-30 g oqsil,
15-20 g yog', 80-100g uglevodlar saqlanishi kerakr. Odatda, tush-
lik bir kecha-kunduzlik ratsionning 35 % ni, kechki ovqatlanish esa
20 % ga yaqinini tashkil qilishi zarur.
G o'shtli va baliqli taomlarni kunning birinchi yarmida qabul qi
lish tavsiya qilinadi, chunki ekstraktiv moddalarga boy va ular asab
tizim iga qo'zg'atuvchi sifatida ta ’sir ko'rsatadi. Kechqurun esa sut-
li-o'sim likli taomlar iste'm ol qilish tavsiya qilinadi.
Iste’mol qilinayotgan ratsion tarkibiga 1/3 qism oqsillar va
yog'larni hayvonot dunyosi mahsulotlari shaklida qo'shish tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: