lari bilan, mitoxondriy, ribosoma. Goldji apparati va endoplazmatik
turlarini saqlaydi.
Asab hujayralari o'zlariga tushayotgan axborotlarni qabul qiladi
va ularni qayta ishlaydi. Hujayralarning tanasi o'sim talariga nis
batan trofik funksiyani bajaradi. ya'ni ulardagi moddalar almashi-
nuvini boshqarib turadi. Mana shu sababli ham hujayra tanasidan
aksonning ajratilishi (masalan, poliyemilitda) yoki asab hujayrasi
ning o'lishi aksonlarning qavta tiklanishiga olib keladi. Retseptor-
lardan yoki boshqa neyronlardan hujayra tanasi ga qarab q o 'zg 'a-
lish dendritlar bo'ylab tarqalganda aksonlar bo'ylab esa signallar
boshqa neyronlarga yoki ishchi a ’zolarga o'tkaziladi, aniqlanishi-
cha 30 dan 50 % gacha bo'lgan asab tolalaridan axborotlar m arka
ziy asab tizimiga beriladi. Dendritlarda mikroskopik o'lcham larga
ega bo'lgan o'sim talar (shipiklar) bo'lib, ular boshqa nitronlar bi
lan tutashuvchi joyning yuzasini jiddiy darajada oshiradi. Bundan
o'sim talar bosh miya katta yarimsharlari p o 'stlo g 'i hujayralarida
maxsus rivojlanishga ega.
Nerv tolalari.
Asab hujayralarining po'stloq bilan qoplangan
o'sim talari
nerv tolalari
deb ataladi. Nerv tolasining m arkazidan
nerv hujayrasi tanasidan biroz m asofadan m iyelin p o 'stlo g 'i bilan
qoplangan turuvchi (50-100 mk) silindr o'qi o'tadi va bunday nerv
tolasi m ag'izli yoki miyelinlashgan
nerv tolasi
deb yuritiladi.
M iyelin yengil sarg'ish rangga ega bo'lganligi sababli. m ag'izli
tolalar yorug'roq ko'rinadi.
M ag'izsiz nerv tolalari miyelin p o 'stlo g 'ig a ega emas, ammo
ular bir-biridan faqat yupqa aniq tuzilishga ega bo'lm agan endo-
telial po'stloq bilan izolatsiyalangan bo'ladi (Shvann). M ag'izsiz
nerv tolalari ingichka va. odatda. vegetativ asab tizim ining nervlar-
ida uchraydi.
Miyelinli po'stloq m ag'izli nervlarda m a’lum, aniq uzunliklarda
uzilishlar hosil qiladi va silindr o'qini usti ochiq qoladi. Buni Ran-
vye uzilishlari deyiladi.
Dostları ilə paylaş: