3. 3. M arkaziy asab tizim idagi torm ozlanishlar Markaziy asab tizim ida faqatgina q o 'zg 'alish jarayonlari kuza-
tilmay, balki uning barcha qismlarini faoliyatida m uhim rol o'ynov-
chi torm ozlanish jaray oni ham kuzatiladi.
Markaziy asab tizim ida torm ozlanish hodisalari kuzatilishi-
ni dastlab I. M. Sechenov ochgan. Baqaning bosh miyasi ko 'rish
do'ngchalari to 'g 'risid a n kesilib katta yarimsharlari olib tashlandi.
So'ngra uning keyingi oyoqlarini kislotaning kuchsiz eritmasiga
solib oyoqni tortib olish refleksini hosil bo'lish vaqtini aniqladi.
Agarda ko'rish do'ngchalari kesilgan joyga osh tuzining kristalla-
ridan qo'yib. oyoqni tortib olish reaksiyasining hosil bo'lish vaqti
o'rganilganida uning ikki m artaga ortishi aniqlandi.
Bunday hodisaning amalga oshishini I. M. Sechenov ko'rish
do'ngchalari joylashgan joydagi nerv markazlari oyoqni tortib
olish refleksiga tormozlovchi ta ’sir ko'rsatadi deb tushuntirdi.
Keyinchalik torm ozlanish markaziy asab tizim ining barcha
qismlari uchun xos xususiyat ekanligi tajribalar asosida ko'rsatil-
di. Tormozlanish liar qanday reflektor aktni bajarilishida ishtirok
etadi. Q o'zg 'alish va torm ozlanish tashqi ko'rinishdan qarama-qar-
shi jarayonlar hisoblanadi. Bu jarayonlarning o'zaro aloqasi odam
tanasidagi a'zolarning faoliyatini kelishilgan holda ishlashi, asab
tizimi faoliyatini bir marom da bajarilishini ta'm inlaydi.
Odatda, birlamchi sinapsoldi va sinapsorti torm ozlanishlari farq
lanadi. Sinapsoldi torm ozlanishlar afferent aksonlarining sinapsol
di shoxlanish joyida rivojlanadi, natijada sinapslarga impulslami
o'tkazilishi to'xtatiladi va javob reaksiyasining tormozlanishi yu
zaga keladi.
Sinapsorti torm ozlanishda. torm ozlovchi sinapslarga kelgan im
pulslar sinapsorti membranasining giperpolarizatsiyasini chaqiradi.
Bu paytda m embrana potensialining ko'lam i ortadi va sinapsorti
potensialining tormozlanishi yuzaga keladi. natijada torm ozlanish
boshlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ikkilamchi torm ozlanishlar maxsus tormozlovchi tuzilm alarning
ishtirokisiz bajariladi va q o ‘zg'atuvchilarning katta kuchi ta'siri os
tida q o'zg'atuvchi sinapslarda rivojlanadi.