Pul Qiymat nazariyasi A.Smit qiymatni tahlil qilishda ikki xil konsepsiyadan foydalanadi:
tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnati bilan. Bu qoida, uningcha, faqat dastlabki bosqichlarda, “qoloq jamiyatlarda” amal qiladi;
tovar qiymati barcha ishlab chiqarish omillari, ya’ni mehnat, kapital, yer ishtirokida yaratiladi, shunga muvofiq, tovar qiymati mehnat xarajatlaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi, bu konsepsiya mehnat qiymatning yagona manbai bo‘lishidan to‘xtagan, kapitalistik tovar ishlab chiqarish sharoitida amal qiladi.
(Birinchi konsepsiyaga ko‘ra, qiymat mehnat bilan aniqlanadi, tovarlarni ayirboshlash unda mujassamlashgan mehnatga muvofiq amalga oshiriladi. Ikkinchi konsepsiya bo‘yicha, “masalan, bahoning bir qismi yer egasiga renta to‘lovlariga ketadi, ikkinchisi – ish haqiga va uchinchi qismi fermerning foydasi hisoblanadi”).
A.Smitning qiymat nazariyasi:
Kapital
Mehnat
Yer
Qiymat
ish haqi
ishlab chiqarish
foyda
renta
taqsimot
Dastlabki daromadlar
A.Smitda tovarning iste’mol va almashuv qiymati ajratib ko‘rsatib beriladi: iste’mol qiymat – bu tovarning foydaliligi, almashuv qiymat – bu bir tovarning boshqa tovarga ayirboshlanish qobiliyati, boshqa narsalarni sotib olish mumkinligi;
A.Smit katta iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlarning ba’zida, almashuv qiymati past bo‘lishi va aksincha, juda katta almashuv qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar unchalik katta iste’mol qiymatiga ega bo‘lmasligini qayd qilib o‘tadi (A.Smit bunday vaziyatni suv va olmos misolida tahlil qilgan).)
Jamiyat uch sinfga ajratib ko‘rsatiladi: yer egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar;
yer egalari qo‘lida asosiy ishlab chiqarish vositasi – yer bo‘ladi, ular ijaraga bergan yeri uchun ijara to‘lovlari sifatida ushbu yerdan olingan daromadningbir qismini renta ko‘rinishida oladi;
tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xom ashyo zaxiralariga) egalik qiladi, ishchilar yollaydi va foyda ko‘rinishida daromad oladi;
yollanma ishchilar – eng ko‘p, kambag‘al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular oz mehnatlarni sotib, daromad ko‘rinishida ish haqi oladi;
Smit bo‘yicha, jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va qatlamlarni ham o‘z ichiga oladi.Asosiy sinflar shu bilan ajralib turadiki, ularning daromadlari birlamchi hisoblanadi, boshqa guruhlarning daromadlari esa – ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi.