Jami yil davomida 1359 (rejada 1303) soat bajarildi. 2. O`quv uslubiy ishlar. 2022-2023 o`quv yilining oktyabr oyida TTA xuzuridagi pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida muvaffaqiyatli malaka oshirish kursini tamomlab 71,8 ball bilan №043840 rakamli malaka attestati olishga erishildi.
OXI yo`nalishi 1-kurs talabalari uchun Klinik epidemiologiya fanidan namunaviy o`quv dasturi asosida ishchi dastur, o`quv uslubiy majmua tayyorlandi. Shuningdek Xalkaro fakulьtet Stomatologiya yo`nalishi talabalari uchun “Testovыye voprosы dlya itogovogo kontrolya” tayyorlanib tasdiqlandi. DI yo`nalishi 5 kurs talabalari uchun Epidemiologiya fanidan yakuniy nazorat savollari tayorlandi. Yakuniy davlat attestatsiyaga tayorgarlik ko`rish uchun 2022-2023o`quv yili yakunidagi davlat imtixonlari uchun rus tilida test savollari, OSKE savollari ko`rib chiqilib, tasdiqlatib topshirildi. 2023 yilning 12-iyunь kuni TPI yo`nalishi 920-gurux talabalariga epidemiologiya fanidan “ Metodы i sredstva dezinfektsii, dezinsektsii i deratizatsii” mavzusida ochiq dars o`tildi va institut telegramm kanalida e’lon qilindi.
3. Ilmiy tadqiqot ishlari
2022-yilning avgust oyida “JOURNAL OF CLINICAL AND PREVENTIVE MEDICINE” jurnalining № 1 sonida “O`tkir ichak infektsiyalari etiologik omilining epidemiologik taxlili” nomli maqola chop ettirildi (49-51 betlar). 2022-yilning noyabr oyida “AKTUALЬNЫYe PROBLEMЫ DIAGNOSTIKI I LEChENIYa KORONOVIRUSNOY INFEKTSII” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman to`plamida “O`tkir ichak infektsiyalari turlari va profilaktikasi mavzusini o`qitishda muammoni yechishga qaratilgan ta’lim usulini qo`llanilishi” nomli tezis chop ettirildi. 2022-yilning noyabr oyida “Ibroxim xakim tabobat” xususiy korxonasi bilan birgalikda №17-xo`jalik shartnomasi bajarilishida shartnoma ishtirokchisi sifatida qatnashildi. 2023-yilning mart oyida O`zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan №23907 rakamli “Ichak infektsiyalari qo`zg`atuvchilari laborator diagnostikasini takomillashtirish” nomli dasturning ro`yxatdan o`tkazilganligi yuzasidan guvoxnoma olindi. 2023-yilning may oyida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomondan tibbiyot yo`nalishlari uchun tayyorlangan “Epidemiologiya” nomli o`quv qo`llanma uchun chop ettirishga mualliflik guvoxnomasi olindi. Bundan tashqari FJSTI 2023-yilning may oyida FJSTI Ilmiy kengashi va uslubiy xay’ati tomnidan “Ichak infektsiyalarida bakteriologik va virusologik tahlilni olib borish” nomli uslubiy ko`rsatma tayyorlandi va tasdiqlandi. Shuningdek “ Ichak infektsiyalarida etiologik omilning epidemiologik tahlili” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi va eksperimental qismi yakunlandi.