Buyruqlardan foydalanishni tegishli bo‘limlarda batafsil ko‘rib chiqamiz.
Vaqt diagrammasi
Ish maydoni ustida vaqt diagrammasi (Timeline) paneli joylashgan. Vaqt diagrammasi, filmning aniq sahnalashtirilishiga xizmat qiladi. U yaratilgan qatlamlarni alohida-alohida sahnaga yozib qo‘yishni ta’minlaydi. Sahnada namoyish qilinadigan obyektlarning o‘zgarishi ketma-ketligini ifodalaydi. Vaqt diagrammasi shuningdek animatsiya yaratishda, film interfaol elementlari xatti-harakatini belgilashda asosiy uskuna hisoblanadi. Vaqt diagrammasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ko‘p sonli boshqaruv elementlaridan iborat. Vaqt diagrammasi panelida quyidagi umumiy elementlar berilgan (11.5-rasmda):
filmning mavjud sahnasi uchun qatlamlar ro‘yxati (ustma-ust ustun ko‘rinishida) ko‘rsatilgan. Qatlamlarning nomi va atributlari ko‘rsatilgan;
vaqt diagrammasi har bir qatlam uchun kadrlar shkalasidan iborat;
vaqt diagrammasidagi kadrlarni formatini o‘zgartirishning yig‘ma menyusi;
filmning ayrim parametrlarini ifodalaydigan vaqt diagrammasidagi holat qatori mavjud.
Vaqt diagrammasi.
Vaqt diagrammasining kadrlar shkalasi bilan tanishib chiqamiz. Shkala sahnaning barcha qatlamlari uchun umumiy bo‘lib, ammo har bir qatlam o‘zining kadrlar qatoriga ega. Unda kadrlar o‘sish tartibida nomerlangani tasvirlangan. Nomerlanish har 5 qadamda berilgan bo‘lib, kadrlarning har qanday formatida o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Vaqt diagrammasi ko‘rsatkichi (Play head) animatsiyaning faol kadrini ko‘rsatadi. Qaysi kadr sichqon yordamida tanlansa, o‘sha kadr ustida ko‘rsatkich paydo bo‘ladi. Ko‘rsatkich faol kadrning nomerini ko‘rsatib turadi. Bu esa animatsiyaning tasvirlanayotgan jarayonga sinxronligini ta’minlaydi (11.6-rasm).
Kadrlarni formatlash menyusidagi buyruqlar kadrning katakchasini gorizontal bo‘yicha o‘lchamini belgilaydi:
Tiny(mayda);
Small (kichik);
Normal (odatdagi);
Medium (o‘rta);
Large(katta).
. Kadrlarni formatlash menyusi.
. Ranglarni saralab quyish oynasi.
. Quyiladigan rangni tanlash oynasi.
. Komponentlar.
. Actions paneli.
Boshqaruv elementlari paneli (Properties)
Yuqorida boshqaruv elementlari panelida berilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni aytish mumkin:
matnli maydonda URLish maydoni matnli qismini belgilaymiz va shu maydonda to‘liq Web-manzilni ko‘rsatamiz (URL - Universal Resources Locator). Bog‘langan resurs uchun siz haqiqiy giperhavolaga ega bo‘lasiz;
Boshqa vizual tahrirlagichlardan farqli tomoni, gipermatn namoyish vaqtida ostiga chizilgan shrift bilan emas balki, shtrixli chiziq bilan beriladi. Flash mexanizmida giperhavola hosil qilishning ikkita kamchiligi bor: birinchidan, URLni noavtomatik (qo‘lda) yo‘l bilan kiritiladi va ikkinchidan, Flash URLning xatto lokal fayllar uchun aniqligini tekshirmaydi;
Target (Selevoy) ro‘yxati; u resursni qanday brauzer oynasida namoyish qilinishini (yuklanishini) ko‘rsatishda qo‘llaniladi (ko‘rsatilgan URL bo‘yicha chaqirilgan resursni). URL maydoniga hech bo‘lmaganda bitta simvol kiritilgandan keyin ro‘yxat faollashadi, ya’ni o‘nga murojaat qilish mumkin. Ro‘yxat quyidagi variantlardan iborat (ular HTML tilining TARGET atributi qiymatlari bilan o‘xshash):
o _blank – chaqirilayotgan hujjat har doim yangi oynada yuklanadi (asl oynaning o‘zida emas);
o _self – chaqirilayotgan hujjat xuddi shu oynaning o‘zida yuklanadi (qaysiki bog‘lanish o‘rnatilgan oynaning o‘zida);
o _parent - chaqirilayotgan hujjat bosh oynada yuklanadi; agar bu oyna bosh oynaga ega bo‘lmasa, u holda yuklanish xuddi _self ko‘rsatkichidagidek bo‘ladi;
o _top - chaqirilayotgan hujjat eng yuqori qismdagi oynada yuklanadi (agar ushbu oynaning o‘zi eng yuqori qismda bo‘lsa, u holda _self ko‘rsatkichdagidek yuklanadi);
Selectable(Videlyayemiy) tugmasi; bu tugma xuddi bayroqchadek qo‘llaniladi: tugmani bosish bilan matnga tegishli xususiyatlar panelini o‘rnatish yoki aksincha o‘rnatilgan bo‘lsa uni bekor qiladi;
Change Direction of Text(matn yo‘nalishini o‘zgartirish) foydalanuvchi menyuni ochib matnning yo‘nalishini tanlab olishi mumkin: gorizontal yoki vertikal. Menyu o‘z ichiga quyidagi uchta buyruqni oladi (11.11-rasm):
Horizontal(Gorizontal);
Vertical, Left to Right(Vertikal, chapdan o‘ngga);
Vertical, Right to Left(Vertikal, o‘ngdan chapga);
Matnning vertikal yo‘nalishini o‘rnatishda formatlashning tugmalar tarkibi o‘zgaradi va undan tashqari Rotation faollashadi:
Rotation(burish) tugmasi bayroqcha vazifasini bajaradi va matndagi simvol joylashuv holatini o‘zgartirishni ta’minlaydi (11.12-rasm);
Use Device Fontbelgisi – agar belgi o‘rnatilgan bo‘lsa, Flash –pleyerda filmni namoyish qilish mobaynida o‘quvchining brauzeri uchun o‘rnatilgan shriftlar qo‘llaniladi. Bu film fayli o‘lchamini kichraytiradi va kichik shriftning qulay o‘qilishini ta’minlaydi.
Matnning yo‘nalishini o‘zgartirish menyusi.
.Vertikal matnlar uchun mo‘ljallangan tugmalar variantlari.
Xususiyatlar paneli o‘ng chegarasi yaqinida Format (Format) tugmasi joylashgan. Uni bosish bilan, qo‘shimcha muloqot oynasi ochiladi va undan foydalanib matn maydonini formatlash parametrlarini o‘rnatish mumkin (11.13-rasm).
. Format Option muloqot oynasi.
Bu oyna to‘rtta matnli maydondan tarkib topgan:
Indent- yangi qator uchun abzatsning o‘lchami (pikselda);
Line Spacing - yon atrofdagi qatorlar bilan joylashuvi (satrlar orasidagi interval); vertikal matnlar uchun bu parametr matnning ustunlari orasida beriladi;
Left Margin(chap maydon) — matn maydonining chap chegarasi va qatorning birinchi simvoli orasidagi masofa;
Right Margin(o‘ng maydon) — matn maydonining o‘ng tomon chegerasi va qatorning oxirgi simvoli orasidagi masofa.
Format Optionmuloqot oynasi matn maydonining har qanday ko‘rinishi uchun o‘rinli.
. Properties paneli.
Ish maydonining quyi qismida Properties paneli joylashgan (11.16-rasm).
Dasturning ish maydoni va uning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish Agar ishchi maydonida birorta ham obyekt tanlab olinmagan bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa, u holda boshqaruv paneli xossalari filmning umumiy parametrlarini ko‘rsatadi. Qandaydir obyektni olsangiz uning formati avtomatik ravishda o‘zgaradi. 11.16- rasmda butun film uchun xossalar holati paneli formati ko‘rsatilgan. Bunda Properties paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan bo‘ladi:
Document (Dokument) matn maydoni, tahrirlanadigan fayl nomi tasvirlanadi;
Preview (vverxu) va Preview In Context (vnizu) buyruqlari qo‘llangandan keyingi natija.
Hujjatning xossalar formati holati.
Size (Razmer) tugmasi, ish stoli o‘lchamini tasvirlab beruvchi tugma (11.16- rasm);
Publish(Publikatsiya) tugmasi; uni bosish bilan avval o‘rnatilgan parametrlar asosida film nashrini boshlaydi;
Background(Fon) tugmasi; uni bosish bilan filmning fon rangini tanlash palitra oynasi hosil bo‘ladi. Shu oynadan filmning kerakli foni rangi tanlab olinadi;
Frame Rate(Skorost kadrov) matnli maydon, animatsiyaning kadrlar almashish tezligini belgilaydi;
? (so‘roq) belgisi tasvirlangan tugma HTML-formatidagi kontekstli ma’lumotnomani chaqirib beradi;
Yulduzchalar tasvirlangan tugma. Bu tugmani bosish bilan Accessibility(Dostupnost) panelini ochiladi. Bu panel filmning barcha elementlari uchun qo‘shimcha xususiyatlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Ish maydoni oynaning butun markaziy qismini egallaydi. Ish maydonida obyektlar ustida har qanday tahrirlash ishlarini amalga oshirish mumkin. Faqatgina montaj stolining tegishli kadriga obyektlar mos kelsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ish maydoni keng bo‘lishidan maqsad:
sahnadan tashqari ishlarni bajarish;
obyektni sahnaga kirishidan oldin yoki chiqib ketgandan keyingi holatlarni hosil qilish uchun zarur bo‘ladi;