4.2.1. Omonat hisobvaragʼ shartnomasi, shartlari bilan tanishish;
4.2.2. hisob varaqlar boʼyicha operatsiyalarni Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining va boshqa vakolatli organlarning qarorlariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirish. Mijoz Xisobvaraqlar ochish, hisobvaraqlar boʼyicha operatsiyalarni bajarish uchun taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʼgʼriligi uchun javobgardir;
4.2.3. hisob-kitoblarga notoʼgʼri kirim qilingan va/yoki hisob-kitoblardan notoʼgʼri chiqarib yuborilgan mablagʼlar aniqlangan taqdirda, darhol Bankni bu haqda biron-bir tarzda xabardor qilish;
4.2.4. Bosh shartnomada koʼrsatilgan aloqa kanallari orqali 3 kalendar kuni ichida, ushbu shartnomaning bajarilishiga taʼsir qiladigan, manzili va / yoki telefon raqamining oʼzgarishi, shu jumladan uyali telefon, familiya, ism yoki otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa hujjatlar oʼzgartirilishi toʼgʼrisida Bankni xabardor qilish.