6. TOMONLARNING JAVOBGGARLIGI. 6.1. Tomonlar oʼz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Bosh shartnoma va ushbu Shartnomaning shartlarini buzgan tomon Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʼladi.
7. MAXSUS SHARTLAR. 7.1. Bank tomonidan qabul qilingan shahsiy maʼlumotlar qoʼyidagi maqsadlarda foydalaniladi va ulardan foydalanishi mumkin:
7.1.1. Mijoz manfaat oluvchi yoki manfaatdor tomon boʼlgan shartnomalarni tuzishda va bajarishda;
7.1.2. Mijozning huquq va majburiyatlarini lozim darajada bajarilishini taʼminlashda;
7.1.3. Maʼlumotlarni tekshirish, shu jumladan sohta bitimlarning oldini olish maqsadida;
7.1.4. Shartnomalar bajarilishi bilan bogʼliq boʼlgan maʼlumotlarni Mijozga yetqazish, shuningdek uchinchi tomonning qoʼshma dasturlarida (sodiqlik dasturlarida) ishtirok etadigan uchinchi shahslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilish;
7.1.5. Sugʼurta, pochta tashkilotlari, aloqa tashkilotlariga oʼtkazmalarda;
7.1.6. Bank tomonidan statistik va / yoki marketing tadqiqotlarini oʼtkazish va / yoki Mijozga Bank va sheriklarining yangi mahsulotlari/ xizmatlari toʼgʼrisida maʼlumot berishda.
7.2. Hisobdagi pulni Mijoz oʼz xohishiga qoʼra mustaqil ravishda boshqaradi, Bosh shartlar, amaldagi qonun hujjatlari va Shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7.3. Bank Mijozning mablagʼlaridan foydalanish shaklini belgilash va nazorat qilish, shuningdek Mijozning pul mablagʼlarini ishlatish va tasarruf etish huquqlarini cheklash huquqiga ega emas.
7.4. Shartnomada koʼzda tutilmagan Bank va Mijozning oʼrtasidagi munosabatlar, Bosh shartlar va Oʼzbekiston Republikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq tartibga solinadi.
7.5. Tomonlar uchun Mijozning hisob varagʼi boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi va ikkala tomon uchun ham majburiydir.