4.3.1. Mijozning eʼtirozidan qatʼiy nazar, tegishli davlat organlaridan ijro hujjatlari olingan taqdirda, Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʼrish (mablagʼlarni tortib olish, mablagʼlarni toʼgʼridan-toʼgʼri debetlash, xisobvaraq boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib qoʼyish va boshqalar), shuningdek talab qilib olinguncha hisobvaragʼidagi hisoblangan va toʼlangan foizlarni toʼgʼridan-toʼgʼri hisobdan chiqarish, hisobvaraqlarda pulni notoʼgʼri qabul qilish (hisoblash) fakti aniqlangandan keyin qaytarish;
4.3.2.Bankning yangiliklarini, shuningdek mijozning тalab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʼgʼrisidagi maʼlumotni ushbu shartnoma va arizada koʼrsatilgan mijozning mobil telefon raqamiga SMS xabarlar yoki elektron pochta manziliga xabarlarlar yuborish;
4.3.3. Jinoiy yoʼl bilan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun Bank Mijozdan тalab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼida amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga haqlidir;
4.3.4. Talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼidagi operatsiyalarni Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida va jinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʼxtatib qoʼyish yoki faollashtirishni rad etish.